Ishlatilishiga ko‘ra tugmalar palto, kostyum, ko‘ylak, shim, ich kiyim, forma va bolalar kiyimlari uchun mo‘ljallangan xillarga bo‘linadi.
Materialga qarab tugmalarning akrelat, selyuloid, metall, shisha, shox yoki suyak, sadaf, yog‘och, press kukundan qilingan va boshqa xillari bo‘ladi.
Tashqi ko'rinishiga, ya’ni shakliga ko‘ra dumaloq, sharsimon, oval, yarimsharsimon tugmalar; sirtining harakatiga ko‘ra silliq va relyefli; rangiga ko‘ra qora, oq, rangli, guldor va boshqa rangli, yoqut rangli, qahrabo rangli va boshqa rangli tugmalar bo‘ladi.
Kiyimga qadalish usuliga ko'ra tugmalar ikki yoki to‘rt teshikli va yo‘nib ochilgan ko‘rinadigan yoki sim quloqli, yarimi ko‘rinib turadigan o‘simtali xillarga bo‘linadi.
Tugmalarning oTchamlarini millimetrda ifodalanadigan diametri bilan belgilash qabul qilingan. Paltolik tugmalarning oTchami 26 mm va undan katta, kostyumlik tugmalarniki 20-25 mm, ko‘ylakliklarniki 12 mm va undan katta, shimlarniki 14-17 mm, ichki kiyimlarniki 10-19 mm, formaliklarniki 14, 18, 22, 24 mm bo‘ladi.
Erkaklar tugmalari shakli jihatidan ancha oddiy, dumaloq, yassi, bir oz chuqurchali yoki qavariq bo‘ladi.
Ayollar tugmalari shakli va rangi jihatidan turli tuman: dumaloq, yassi, oval, shar, gul, yulduzcha va hokazo shaklda bo‘ladi.
Bolalar tugmalari futbol koptogi shaklida, gullar tushurilgan yassi shaklida, hayvonlar ko‘rinishi shaklida va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Formalik tugmalarga turli emblemalar tushuriladi29.
8.2.Ignalar, petlyalar, tukalar va pistonlar
To‘quvchilik ishlab chiqarishda qo‘llanadigan ignalar va petlyalar vazifasi va o‘lchamlari jihatidan har xil bo‘ladi.
Ustki kiyimlar va ko‘ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va petlyalar kam uglerodli po‘lat simdan yoki mis, ruh qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi.
Korroziyadan saqlash uchun po‘lat va petlyalar laklanadi, oksidlanadi (ximiyaviy bo‘yaladi) yoki fosfatlanadi (sirtiga temir yoki marganets birikmalaridan iborat parda hosil qilinadi).
0‘lchamlari jihatidan ko‘ylakli ilgak va petlyalar nomerlar bo‘yicha quyidagi xillarga bo‘linadi. №2 ilgakning uzunigi 24 mm, №3 - 20 mm, №5 - 16mm, №6 -11mm, №7 - 9mm. №6 va №7 ilgaklarda ilgakning o‘z o‘zidan yeshilib ketilishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus tutkichi bo‘ladi.
Nomeriga qarab ilgaklar mo‘yna shubalarga (№2), palto va shinellarga (№3), kitel va gimnastyorkalarga (№5), ayollar va bolalar ko‘ylaklariga (№6 va №7) qadash uchun ishlatiladi.
Shimlik ilgaklar kam uglerodli po‘lat simda yoki po‘lat listdan tayyorlanadi. Ko‘ylakli ilgaklarga o‘xshab shimlik ilgaklarda ham zanglashga qarshi qoplama bo‘ladi.
Ilgak va petlyalarning sifatini baholashda ular ko‘zda kechiriladi, mexanik xossalari sinaladi va korroziyaga chidamliligi tekshiriladi. Ilgak va petlyalarning sirti tekis hamda silliq bo‘lishi, g‘adir-budir va zanglangan bo‘lmasligi kerak.(8.2- rasm).
8.2-rasm. Ilgaklar.
Shimlik va jiletlik to‘qalar kam uglerodli po‘latdan shtamplab tayyorlanadi va korroziyadan saqlash uchun loklanadi yoki oksidlanadi. Shakli jihatidan to‘qalarnmg bir tomonidan tishlari va o‘rtasida ikkita qashagi bo‘lgan to‘rtburchak shaklli yoki o‘rtasida ikkita tili bo‘lgan to‘rt burchak shaklli xillari bo‘ladi.
Palto, kostyum ko‘ylak-kostyumlar uchun turli tus, shakl va o‘lchamlarda plastmassa to‘qalar ishlab chiqariladi.
Ko‘ylakli pistonlar nikkellanib kumush yugirtirilib yoki loklanib ishlab chiqariladi va ko‘ylaklar, bluzkalar, halatlar, bolalar buyumlari va bosh kiyimlariga qadash uchun ishlatiladi.
Piston chiqiqli (shtiftli) asos va kallak (nakladka) dan iborat. Kallakda shtiftni mahkamlash uchun prujina va chuqurcha bo‘ladi. Pistonlarning o‘lchami millimetrda ifodalanadigan diametri bilan belgilanadi; diametri 7 va 9 mm li pistonlar ishlab chiqariladi.
Pistonlarning sifati prujinaga bog‘liq. Prujina silliq va elastik bo‘lishi lozim (8.3-rasm).
8.3-rasm. Kiyim furniturasi.
Molniya ilgagi gazlamadan qilingan ikkita bort lentalardan iborat bo‘lib, lentalarda metall yoki plastmassa tishlar va qulflar qatori bo‘ladi. Molniya ilgagining po‘lat detallari nikellanadi, xromlanadi, rangli metallardan qilingan detallari bo‘yaladi yoki laklanadi (8.4-rasm).
8.4-rasm. Molniy.
Ilgaklar ikki tomonga ajraladigan va ajralmaydigan ( cheklagichll) qilib ishlab chiqariladi.
Tortib qadalgan molniya zvenolarning eni 3 mm va undan katta bo‘lishi mumkin.
Ilgaklarning uzunligi 120, 150, 180, 200, 250, 300 mm va undan uzun. Ilgaklarga qo‘yiladigan asosiy talablar: metall detallari silliq, yaltiroq, dog‘siz va zangsiz bo‘lishi, zvenolari puxta mahkamlangan va surilib ketmaydigan bo‘lishi, qulfi ravon surilishi va ilgakni istalgan joyga berkitishi, bort lentalari pishiq bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |