Lentalar - eni har xil bo‘lgan uzunchoq gazlama bo‘laklari bo‘lib, lenta to‘qish stanogida to‘qiladi (8.5-rasm).
8.5-rasm. Bezak lentalari.
Lentalar paxta kalava ip, viskoza, atsetat va kaprondan qilingan silliq va hajmdor iplardan, shtapel, lavsan va jun kalava ipdan polotno, sarja, reps, atlas, tukli hamda har xil mayda gulli va yirik gulli o‘rilishda to‘qiladi. Elastik lentalar ishlab chiqarishda rezina tolalar va spandeks iplari bejirim lentalar ishlab chiqarishda metall iplar ishlatiladi.
Lentalar sidirg‘a va guldor qilib ishlab chiqariladi. Monokaprondan to‘qilgan lentalarda yopishtirish yo‘li bilan hosil qilingan tukli naqshlar bo‘lishi mumkin.
Tikuvchilikda ishlatiladigan lentalar nimaga ishlatilishiga qarab, quyma, bezak-quyma va bezak lentalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |