Tola hosil bo‘lish jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillar. Tola hosil qilishning uchta asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagilarga asoslangan:
suyultmadan hosil qilinayotgan tolani sovutish bilan, ya’ni suyultmadan tola olish;
eritmadan hosil qilinayotgan toladagi eritgichni bug‘latish bilan, ya’ni eritmadan quruq usulda tola olish;
eritmadagi polimerni tola ko‘rinishida cho‘ktirish orqali, ya’ni eritmadan xo‘l usul bilan tola olish.
Bulardan tashqari suyuklanmaydigap va erimaydigan polimerlar-ning dispersiyalaridan hamda yumshoq holatga keltirilgan polimsrlardan tola olish usullari ham mavjud.
Polimer etitmasi yoki suyultmasiga filyera (1.28-rasmga qarang) kanalida tola shakli beriladi, ya’ni eritma yoki suyultma bosim ostida filyera teshiklari orqali o‘tayotganda shakllanadi koliplanadi (1.29-rasm).
1.29-rasm. Kimyoviy tolalarning kundalang kesimligi.
Polimer eritmasi va suyultmasi polimer eritmisi yoki oddiy qilib «eritma» deb ataldi. Agar ta’sir etuvchi kuch yetarlicha katta bo‘lsa, juda kichik teshikchada eritmaning struktura elementlari ko‘p yoki kamroq oriyentatsiyalanadi. Eritma strukturasi qanchalik ko‘p destruksiyalangan (buzilgan) bo‘lsa, struktura elementlari shunchalik ko‘p oriyentatsiyalanadi. Tola olish chog‘ida teshikdan chiqayotgan ipsimon eritma cho‘ziladi, agap cho‘zilmasa eritma yana qaytadan yig‘ilib qoladi. Chunki, molekulalararo bog‘lar bo‘shashib qolishi oqibatida relaksatsiyalanish jarayoni tezlashadi. Shu sababdan filyeradan chiqayotgan eritmaning struktura elementlari oriyentatsiyalangan holatdan avvalgi holatiga to‘liq, o‘tadi va eritmaning avvalgi strukturasi tiklanadi.
Filyera teshiklaridan chiqayotgan eritmalardan ip olish uchun, uning strukturasini saqlab qolish kerak. Buning uchun suyultirilgan polimerdan tola olishda filyeradan so‘ng, u sovitiladi, eritmadan quruq, usul bilan tola olishda erituvchi bug‘latiladi (tola quritiladi) yoki eritmadan suv yoki kimyoviy modda (moddalar)ning suvli eritmalari yordamida polimer tola shaklida cho‘ktiriladi (xo‘l usul bilan tola olish).
Tolalar polimer eritmalaridan yoki ularning suyultmalaridan hosil qilinganligi uchun, olinadigan iplarning xossalari ana shu eritma yoki suyultmalarning strukturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Suyultmaning strukturasi ancha murakkab. Molekulyar vazni uncha katta bo‘lmagan, regulyar tuzilgan polimerlar yaxshi suyuladi.
Eritmadan polimerii uzluksiz ko‘rinishda cho‘kishi yoki ajralib chiqishi hamda suyultirilgan polimerdan (harorat ta’sirida) hosil qilingan uzluksiz ipni sovutib tola olish jarayonlarini tola hosil qilishning texnologik jarayonlari deyiladi. Viskoza, nitron, xlorin, vinol, mis-ammak va boshqa tolalar xo‘l usul bilan olinadi. Bu usulning mohiyati shundaki cho‘ktirish vannasiga tushayotgan tola shaklidagi polimer eritmasidagi eritkich (neytrallanish, suyulish, desolvatlanish, sovish va x.k. jarayonlar ta’sirida) 0‘zining aynan shu polimerni eritish qobiliyatini yo‘qotadi. Tola olish shart-sharoiti, tola hosil qiluvchi eritma va cho‘ktirish vanna tarkibini o‘zgartirish bilan, turli xossalarga (fizika-mexanikaviy) ega bo‘lgan tola
va iplar hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |