«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet24/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
Bog'liq
Oy

Yangi iboralar: Fibroin, seritsin, pilla, chuvash, ipak kurti.

Takrorlash savollari:



  1. T abiiy ipakning olinishi.

  2. Asosiy moddalari va tuzilishi.

  3. Tabiiy ipakning axamiyati.

  4. Pila tayyorlash va uni dastlabki ishlash.

  5. Tabiiy ipakdan ishlab chiqariladigan gazlamalar assortimenti.

  6. Tabiiy ipakning tolali chiqindilarini qayta ishlash.

  1. Asbest tolasining olinishi va ishlatilishi

Asbest - tabiiy mineral tola. U silikatlar guruxiga kiradi. Kimyoviy tarkibi: magniy, temir, kisman kalsiy va natriydan iborat. Tolalar bir-biriga zich joylashadi va mustaxkam ixcham buladi. Asosan sanoatda xrizolit-asbest ishlatiladi (xrizo - yashil ). Asbest tolasi ochik usul bilan olinadi. Tozalangan tolalar uzunligi buyicha maxsus elaklar yordamida ajratiladi. Asbest maxsus qog‘oz va djut koplarga 25-50 kilolab joylashtiriladi. Uzunligi 10 mm dan kuprok bulgan tolalar paxta, viskoza va boshka kimyoviy tolalar bilan kalava ip olish uchun ishlatiladi. Ulardan o‘t uchiruvchilar va kimyo sanoatida ishlaydigan ishchilari uchun maxsus gazlamalar: kombinizon, kurtkalar tikish uchun ishlatiladi. Kalta tolalardan karton, filtrlar, tormoz kolodkalari, trubalar, shifr va boshqalar (1.26-rasm)10.


a)








b)

1.26-rasm. Asbest. a) yaxlit bulak , b) tolalar.
Yangi iboralar: asbest, yaxli t bulak, mineral tola

Takrorlash savollari:



  1. Asbest va uning asosiy turlari.

  2. Asbestning asosiy xossalari.

  3. Asbest tola va chiqindilarni sanoatda ishlatilishi.

  4. Asbest va uning axamiyati.

Kimyoviy tolalar, iplarni yaratilishi va ularning xalq xojaligidagi ahamiyati. Kimyoviy tolalar XVIII asming oxirlarida yaratilgan bo‘lib, XIX asr boshlaridan boshlab asta-sekin ko‘pgina rivojlangan davlatlarda bu turdagi tolalar sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlandi. Masalan nitrat sellyulozadan 1891 yili ipaksimon tola (Fransiya), 1905 yili selyuloza ksantogenatidan viskoza ipi (Angliya), birinchi jahon urishidan so‘ng, 1919 - 1922 yillar, atsetat iplari (Angliya, Fransiya, AQSH) sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlandi va 1920 yillardan boshlab, sun’iy tola ishlab chikarish juda tez o‘sib ketdi. 1930 yillarga kelib birin-ketin sintetik tolalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshlandi va 1968 yilga kelib dunyo bo‘yicha ishlab chikarilayotgan sintetik tolalar miqdori sun’iy tolalar miqdoridan oshib ketdi. Sintetik tolalarni yaratgan davlatlar va ularni sanoatda ishlab chiqarilishining boshlanishi, nomi va hokazolar to‘g‘risidan to‘lik ma’lumotlar kimyoviy tolalar xaqidagi darsliklarda batafsil yoritib berilgan.

Kimyoviy tolalar tabiiy tolalardan ko‘pgina afzalliklari bilan farq qiladi. Kimyoviy tola ishlab chiqarish uchun ancha kam mehnat sarf qilinadi. Masalan, g‘o‘zaning ishlovidan tortib, chigitdan bir tonna paxta tolasini ajratib olishga 200 ish kuni; bir tonna savalgan jun tola olish uchun 350-400 ish kuni sarf bo‘ladi. Vaxolanki, bir tonna viskoza shtapel tolalarni olish uchun, sellyuloza va boshqa xom ashyolarning olinishiga ketgan mehnatni qo‘shib hisoblanganda, ko‘pi bilan 50 ish kuni sarf bo‘ladi. yoki kimyoviy tola ishlab chiqarishga, paxta va jun tola ishlab chiqarishga qaraganda, 6 marta kam ishchi talab etiladi. Kimyoviy tola ishlab chiqarishda bir tomondan, mehnat kam sarflansa, ikkinchi tomondan, oz vaqt ichida ko‘p mahsulot tayyorlash mumkin. Kimyoviy tolalar hosil kilish uchun unchalik ko‘p mablag sarflanmaydi va bunday tola ishlab chiqarishni tez yuksaltirish mumkin.

Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish iqlim, ob-havoning noqulay kelishi va mavsumga bog‘lik emas. Ularni yil bo‘yi ishlab chiqarish mumkin. Kimyoviy tolalar tabiiy tolalarga nisbatan ancha arzonga tushadi. Shu sababli kimyoviy

tolalardan tayyorlangan mahsulotlar arzon bo‘ladi.

Tabiiy tolalarning xususiyati uziga xos bo‘lib, ularni faqat bir oz o‘zgartirish mumkin, chunki bu tolalarning asosi bo‘lmish yuqori molskulyar birikma sellyuloza na oksildan iborat. Aksincha, kimyoviy tolalarni xilma -xil xususiyatli qilib olish mumkin. Xalq xo‘jaligining talabiga muvofiq, ularning xossalarini tez va osonlik bilan o‘zgartirish, tolalarning eng qimmatli afzalliklari hisoblanadi. Kimyoviy tolalar olishda turli-tuman sintetik polimerlardan foydalaniladi, tolalarning xossalarini o‘zgartirish esa polimerlarning fizika va kimyoviy o‘zgarishiga bog‘lik bo‘ladi. Monomerlarni qayta ishlash orqali olingan polimerdan sintetik tolalar ishlab chiqarish texnologiyasi asosida xilma-xil xususiyatli tola olish imkoni tug‘iladi. Masalan, monomsrlardan juda pishiq, turli transport vositalarining g‘ildiraklar uchun pokrishkalar tayyorlashda ishlatiladigan kord ipdan tortib, ko‘rkam va nafis to‘qimachilik mahsulotlar ishlab chiqarishga yaroqli, nihoyatda mayin tola va iplar olish mumkim. Kimyoviy tolalarning mikroskop ostida kurinishi 1.27- rasmda berilgan.








1.27-rasm.Kimyoviy tolalarning mikroskop ostida kurinishi.




Kimyogarlami ilmiy - tadqiqot ishlari natijasida paxta va junga nisbatan ancha pishik va turli xoccara ega bo‘lgan ip va tolalar yaratildi. Ayniqsa kimyoviy va tabiiy tolalar aralashmasidan to‘qilgan to‘qimachilik mahsulotlari sof toladan to‘qilgan mahsulotlardan o‘zlarining ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Agar jun tolaga 20-30 % kimyoviy tola qo‘shilsa, undan to‘qilgan trikotaj pishiqligi ikki marta ortadi, paxta tolasiga 40-45 % lavsan tola qo‘shilsa olingan gazlama yengil, g‘ijimlanmaydigan, pishik, ishqalanishga chidamli va hokazo ijobiy xossalarni namoyon etadi.

Sintetik tolalarning ko‘pchiligi nihoyatda mayin va pishiq bo‘ladi. Bunday tolalardan tayyorlangan buyumlar g‘ijimlanmaydi, ularni dazmollamasa ham bo‘ladi. burmalari va taxtlari yuvilgandan keyin ham saqlanib qoladi, kam kirlanadi, bo‘yalgan buyumlarni rangi mustahkam bo‘ladi, kuyosh nuri va namlik ta’sirida (yuvilganda) aynimaydi, ob-havo, kuyosh ta’siriga chidamli, chirimaydi. Kimyoviy tolalarni xoxlagan yo‘g‘onlikda suv shimadigan va shimmaydigan qilib tayyorlash mumkin.

Shuningdek sintetik tolalar rangi, xossalari jihatidan xalq iste’mol mollari ishlab chikarish uchun kerakli xom ashyo bo‘lib, ba’zi xossalari bilan tabiiy tolalardan ustunlik qiladi. Bunday tolalar asosida to‘qilgan va tayyorlangan materiallardan tikilgan mo‘yna buyumlar, ust kiyimlar, trikotaj, kiyim-kschaklar, poyabzal va hokazolar aholiga manzur bo‘lishda tabiiy xom ashyolardan tayyorlangan buyumlardan sira qolishmaydi. Shu bilan birga, bunday materiallardan tayyorlangan buyumlar tabiiy xom ashyodan tayyorlangan buyumlarga qaraganda arzon bo‘ladi.

Kimyoviy tolalarning ayrim kamchiliklari, masalan kam nam yutishi (gidrofobligi), elektrostatik zaryad yigishi, yomon bo‘yalishi kimyoviy usullar bilan modifikatsiyalash yoki ularni boshqa tolalar (tabiiy va kimyoviy) bilan aralashtirish, sopolimerlash yoki sopolikondensatsiyalash orkali bartaraf etilmoqda hamda yangi turdagi tola hosil qiluvchi polimer va sopolimerlar yaratish bo‘yicha ilmiy ish va izlanishlar olib borilmoqda. Yuqori sifatli gazlama va trikotaj buyumlar fakat tabiiy tolalardan (paxta, tabiiy ipak) tayyorlanmay, balki sof kimyoviy tolalardan va ulami tabiiy yoki boshqa turdagi kimyoviy tolalar bilan hosil qilgan aralashmalaridan tayyorlash mo‘rjallanmoqda. Shuningdek jun va jun bilan tabiiy yoki kimyoviy tolalar aralashmalaridan tayyorlanadigan hamda zig‘ir, kanop, jut va kanoplarning poya po‘stloqlaridan olinadigan tolalar asosidagi matolarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shu sababdan Respublikamizda turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy tolalarni ishlab chikqarish tez sur’at bilan amalga oshishi lozim11.

0‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik va yengil sanoatlarida paxta tolasi va tabiiy ipak bilan bir qatorda ko‘p miqdorda kimyoviy ip va tolalar ham sof holda va tabiiy tolalar bilan aralashtirilgan holda kimyoviy ip na tolalarni ishlatish natijasida bu sohalarda ishlab chikariladigan mahsulotlar turi yildan yilga ko‘payib bormokda.

Respublikamiz to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarining kimyoviy ip va tolalarga bo‘lgan ehtiyojini Farg‘ona atsetat iplari va kapron iplari hamda Navoiy (nitron tola) kimyoviy tola ishlab chiqarayotgan korxonalar va xorijdan olib kelinayotgan kimyoviy ip va tolalar (viskoza, lavsan, kapron) qondiradi.



Dunyo bo‘yicha kimyoviy tolalar ulushi, 2020 - 2030 yillarga borib, to‘qimachilikda ishlatiladigan barcha tolalarning 90-92 foizni, ya’ni maksimum miqdorini egallashi lozim.

  1. Kimyoviy tola olishda ishlatiladigan xom ashyolar

Viskoza tola va iplari, mis-ammiak tolasi hamda atsetat iplarni olishda paxta, yog‘och, qamish va boshqa, o‘simliklar sellyulozasidan foydalanish mumkin. Viskoza tola va iplari asosan yog‘och sellyulozasidan hosil qilinadi. Mis- ammiak tolasi va atsetat iplarni olishda xom ashyo sanalmish atsetilsellyuloza paxta sellyulozasidan yoki tarkibida a-sellyuloziyasi 96 foizdan kam bo‘lmagan yog‘och sellyulozasidan foydalaniladi. Shuningdek xom ashyo sifatida paxta tozalash zavodlari va to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida paxta tolasidan hosil bo‘ladigan chiqindilardan ham foydalanish mumkin (1.8 - jadval).


1.8-jadval

Dunyo miqyosida iste’mol qilinayotgan to‘qimachilik tolalar ulushi, foizda


Yillar

Tolalar

Paxta

Jun va tabiiy ipak

Kimyoviy tola

1950

71

11

18

1960

68

9

23

1970

53

8

39

1980

35

5

60

2000

12

2

86

2020-2030*

6-7

-2

90-92

*) Butun dunyo axborot berish idorasining ma’lumoti.



Oqsil tolalari o‘simlik yoki hayvonlar oksilidan olinadi. Oqsillar eng murakkab yuqori molekulali birikma bo‘lib, ular biokimyoviy sintez natijasida hosil bo‘ladigan aminokislatalardan tarkib topgan polimerlardir. Oqsil tolalar ichida kazein tolasi ko‘proq ishlab chiqriladi. Bu tola uchun xom ashyo sifatida sutdan olnadigan kazein oqosili qo‘llaniladi. Makkajo‘xori va yer yong‘oq oqsilidan, go‘sht, xayvonlar terisi konserva, baliq sanoati chiqindilaridan ham tola olish usullari ishlab chiqilgan.

Poliamidlarning xom ashyosi D-kaprolaktam.

Poliefir tolalar (masalan lavsan tolasi) uchun xom ashyo sifatida dimetiltereftalat, (DMTF), tereftal kislota, etilenglikol va etilen oksid ishlatilali. Tereftal kislota va uning xosilasi DMTF neft va toshko‘mir smolalari mahsulotlarini kayta ishlab olinadi.

Poliakrilonitril asosidagi polimer va sopolimerlardan olinadigan tolalar masalan nitron, orlon, akrilan va hokazolar uchun ishlatiladigan asosiy manomer akrilonitril etilen oksid, atsetilen, atsetaldegid, npopilen, ammiaklardan olinadi.

Polivinilspirt tola asosi polivinilspirt o‘z monomeri - vinilsp-irtdan emas, balki polivinilatsetatni parchalab olinadi. Vinilatsetat esa atseton va sirka kislotadan hosil qilinadi.

Polivinilxlorid va xlorin tolalar uchun polimerlar va sopolimerlar (polivinilxlorid, xlorlangan polivinillxlorid) vinilxlorid va uning akrilonitril, vinilatsetat, vinilidenxloridlar bilan hosil qilngan aralashmasini sintezlab olinadi. Bu monomerlar o‘z navbatida atsetilen va etilendan hosil qilinadi.

Shuningdek, teflon (polifen) tolasi politetraftoretilendan, ftorlon - modifikatsiyalangan politetraftoretilen, triftorxloretilen va tarkibida ftor bo‘lgan polimer va sopolimerlardan, poliolefip - polietilen va polipropilendan olinadi. Ularni sintezlashda etilen, propilen, atsetilen, vodorod ftorid, xlorofon va hokazolardan foydalanildinadi.

Kimyoviy tola olish korxonalariga sellyuloza, uning efirlari, sintetik polimer keltirilishi yoki tola sellyuloza efirlari va sintetik polimerlar shu korxonaning o‘zida sintezlanishi mumkin. Shu sababli ayrim korxonalar uchun tabiiy polimerlar va ularning xosilalari, sintetik polimerlar xom ashyo bo‘lsa, ayrimlariga - monomerlar xom ashyo hisoblanadi. Monomerlar esa maxsus kimyoviy korxonalarda tayyorlanadi.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish