qaytarish yoki bo‘shatish deyiladi.
Harorat yanada ko‘tarilganda atomlarning harakatchanligi
ortadi va cho‘zilgan donlar orasida yangi zarralar ko‘plab hosil
bo‘ladi va o‘sadi, ular teng o‘qli zo‘riqishlardan xoli bo‘ladi.
Yangi donlar zarralarining kristall panjaralari ko‘proq buziladi,
36
erkin energiyaning darajasi esa yuqori, termodinamik jihatdan
eng beqaror qismlarda paydo bo‘ladi. Yangi donlar eski,
cho‘zilgan donlar to‘liq yo‘qolgunga qadar o‘sadi. Bu hodisa
(birlamchi) rekristallanish deyiladi.Rekristallanish singish (diffuzion) jarayoni bo‘lib, notekis
kechadi, ayrim donlar oldinroq, boshqalari keyinroq paydo
bo‘ladi va o‘sadi. Rekristallanishdan keyin metall yangi teng
o‘qli donlardan iborat bo‘lib qoladi. Yanada yuqori haroratda
qizdirish yig‘ma rekristallanishning avj olishiga, ya’ni ayrim
rekristallangan donlarning boshqa maydaroq donlar hisobiga
o‘sishiga olib keladi. Qizdirish harorati qancha yuqori bo‘lsa,
yig‘ma rekristallanish shuncha shiddatli ketadi, chunki harorat
ko‘tarilishi bilan singish jarayonlari tezroq boradi va yirik donli
metall hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.
Yig‘ma rekristallanish ham notekis ketadi va amalda ishlov
berishdagi rekristallanish tugashidan ancha oldin boshlanadi.
Rekristallangan donning o‘lchami metallning xossalariga kuchli
ta’sir etadi. Mayda donli po‘latlarda puxtalik bilan plastiklik eng
yaxshi bo‘lishi kuzatiladi. Rekristallangan donning katta-kichik-
ligiga rekristallizatsion yumshatish harorati, jarayonning mud-
dati, oldindan deformatsiyalash darajasi va metallning kimyoviy
tarkibi ta’sir ko‘rsatadi.
Yumshatish harorati qancha yuqori va jarayon uzoqroq
davom etadigan bo‘lsa, rekristallangan donning o‘lchami shun-
cha katta bo‘ladi.
Deformatsiyaning kritik darajasida (3—15 %) yumshatish-
dan keyin donning o‘lchami keskin kattalashadi va boshlang‘ich
donning o‘lchamidan bir necha marta katta bo‘lishi mumkin.
Shu sababli deformatsiya darajalari kichik bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak. Kritik deformatsiya qiymati metallga bog‘liq
bo‘ladi. Umuman, deformatsiyalanish darajasi qancha katta
bo‘lsa, rekristallangan donning o‘lchamlari shuncha kichik
bo‘ladi. Bunga sabab shuki, deformatsiya darajasi ortishi bilan
keyingi rekristallanishda zarralar hosil bo‘lish tezligi ularning
o‘sish tezligidan katta bo‘ladi.
3.2. Po‘latni to‘la yumshatishTo‘la yumshatishda evtektoiddan oldingi po‘lat A
s3dan
30—50 °C yuqori haroratda qizdiriladi, shu haroratda to‘la qi-
ziguncha tutib turiladi va sekin sovitiladi. Bu holda ferrit perlitli
37tuzilishi qizdirilganda austenitli tuzilishga aylanadi, so‘ngra sekin
sovitilganda qaytadan ferrit va perlitga aylanadi. To‘la qayta
kristallanish sodir bo‘ladi.
Amalda qizdirish tezligi odatda 100 grad/soatga yaqin
bo‘ladi, shu haroratda tutib turish vaqti esa 1 t qizdiriladigan
metallga 0,5 dan 1 soatgacha bo‘ladi. A
s3 nuqta tepasida qiz-
dirish haroratini haddan tashqari oshirib yuborish austenit
donlarning o‘sishiga olib keladi, bu esa po‘latning xossalarini
yomonlashtiradi. Sekin sovitish austenitning parchalanishini
ta’minlashi kerak. Legirlangan po‘latlar uglerodli po‘latlarga
(150—200 grad/soat) qaraganda ancha sekin (10—100 grad/soat)
sovitiladi.
To‘la yumshatishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad: metall-
ga oldindan ishlov berishda (quyish, qizdirib deformatsiyalash,
payvandlash va termik ishlov berish) paydo bo‘lgan nuqson-
larni yo‘qotish, metallarga kesib ishlov berishdan oldin po‘latni
yumshatish va ichki zo‘riqishlarni yo‘qotishdan iborat.
3.3. Po‘latni chala yumshatish
Chala yumshatish evtektoidda A
s1dan yuqori haroratda
qizdirish va sekin sovitishdan iborat. Bunda perlitni tashkil etuv-
chi donlar qisman qayta kristallanadi.
Agar dastlabki qizdirib ishlov berishda yirik donlar yuzaga
kelmagan bo‘lsa, evtektoiddan oldingi po‘latlar ichki zo‘riqish-
larni yo‘qotish va kesib ishlanuvchanligini yaxshilash maqsadida
chala yumshatiladi. Evtektoiddan keyingi po‘latlarni chala yum-
shatish
Do'stlaringiz bilan baham: |