Rezinali yelimlar,
asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali
aralashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar
vulkanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan ara
lashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140–150°C harorat ta’sirida)
va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga
bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarga kiruvchi yelimlarga, aso
-
san, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil qilingan
birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikma
-
larga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88N markali rezinali
yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, rezinali aralashma
-
larni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatsetat va benzinda eri-
tish orqali hosil qilinadi.
Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar,
shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi.
Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va
nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish
uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat bo‘lgan
yelimlar (BF–2, BF–4, VC–10T VK–32–200, VK–3, VK–4, K–153)
va epoksidli yelimlar (Pr va PVK–1, VK–7, PU–2, VK–5) ham keng
ishlatiladi.
Elastiklik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar zamonaviy texni-
kada muhim rol o‘ynaydi. Ulardan mexanik yuklamalarni yumshatadi-
gan va so‘ndiradigan, uskuna va konstruksiyalarni jipslab, kimyoviy
134
ta’sirlardan himoya qiladigan buyumlar tayyorlanadi. Elastikligi
yuqori materiallarga tabiiy va sintetik polimerlar kiradi, ular katta
miqyoslarda deformatsiyalansa ham o‘z holiga qaytish xususiyatiga
ega. Shunday tabiiy materiallardan biri natural kauchuk hisoblanadi,
lekin hozirgi vaqtda yuqori molekular birikmalarni sun’iy sintezlash
orqali kauchukning turli ko‘rinishlari ishlab chiqarilayapti (sintetik
kauchuklar). Kauchuklar rezina ishlab chiqarish uchun asosiy xom
ashyo vazifasini o‘taydi.
Rezina buyumlar (rezina – texnik buyumlar) mashinasozlikning
hamma tarmoqlarida qo‘llanadi. Ulardan eng muhimlari avtomobil
shinalari, kontakt zichlamalar, amortizatorlar, egiluvchan uzatmalar
tasmasi, shuningdek, yonilg‘ilar, gidravlik sistema suyuqliklari, siqil-
gan havo hamda boshqa texnik suyuqliklar va gazlarni so‘rib, boshqa
joyga o‘tkazish shlanglari hisoblanadi. Tog‘ qazish uskunalarining
metall ishchi organlarining yeyilishdan saqlash uchun ularga rezina
qoplama beriladi.
Rezina – texnik buyumlarni olish texnologiyasi kauchukni
qo‘shilmalar va to‘ldiruvchilar bilan aralashmasini vulkanizatsiya
qilishga asoslanadi. Turli rezina aralashmalaridan ekspluatatsiya
tavsiflari har xil, atrofmuhit omillari ta’siriga bardoshli rezina ma
-
teriallari olinadi. Yorug‘likka, ozonga, radiatsiya nurlariga chidamli
va boshqa maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar ana shunday
materiallardir.
Rezina iste’molchilarga yarim mahsulot – rezina aralashmalari
(qoliplash, armaturalash va vulkanlash yo‘li bilan buyum yasashga
tayyor), vulkanlangan plastinalar, shnurlar ko‘rinishida yoki tayyor
mahsulotlar (tasmalar, lentalar, yenglar, shinalar va b.) ko‘rinishida
yetkazib beriladi. Rezina aralashmasining marka ifodasida, mexanik
xususiyatlari, issiqlikdan eskirish, sovuqqa va moylarga chidamliligi
va boshqa belgilari bo‘yicha rezina turi kodlar bilan ko‘rsatiladi.
Rezina (vulkanizat), qo‘llanish sohasiga qarab, ikki asosiy guruh-
ga bo‘linadi: umumiy ishlar va maxsus vazifalarga mo‘ljallangan.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezina natural kauchuk, butadien
-
li, izop renli, butadienstirolli, xlorprenli, kauchuklar, butilkauchuk
-
lar va ularning kombi natsiyasidan tayyorlanadi. Bu rezinalar minus
135
50
0
C dan 150
0
C gacha haroratlarda ishlay oladi, shinalar konveyer
tasmalari, yuritish kamarlari va boshqa rezinatexnik buyumlar uchun
ishlatiladi; plastinalar, listlar, rulonlar va shnurlar ko‘ri nishida, GOST
7338–90, GOST 6467–79 larga muvofiq ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar alohida sharoitlarda
qo‘llana digan bir necha turga ajratiladi.
Etilenpropilenli va butilkauchuklar asosida tayyorlangan is
-
siqbardosh rezinalar 150...200
0
C haroratlarda ishlay oladi. Element-
organik kauchuklar (dioksid kremniy bilan to‘ldirilgan bo‘lsa) asosi
-
da tayyorlangan rezinalar, shuningdek, polifosfonitril xlorid turidagi
noorganik polimerlardan tayyorlangan rezinalarning ishchi harorat
-
lari yanada yuqoriroq.
Minus 50
0
C va undan past haroratlarda uzoq vaqt ishlatiladigan
sovuqbardosh rezinalar, shishalanish harorati past kauchuklar (krem
-
niy-organikali, stereo-muntazam butadienli) asosida yoki shishala-
nish harorati odatiy (masalan butadiennitrilli), lekin maxsus plas
-
tifikatorlar (sebatsinatlar va b.) qo‘shilgan kauchuklar asosida tayy
-
orlanadi.
Butadien nitrilli, polisulfidli, uretanli, xlorprenli, vinilpiridinli va
tarkibida ftor bor kauchuklar asosida tayyorlangan, moy va tenzinga
chidamli rezinalar neft mahsulotlari va o‘simlik moylari bilan uzoq
vaqt kontaktda ishlay oladi.
Agressiv muhitlar (kislotalar, ishqorlar, ozon va b.) ta’siriga chi
-
damli rezinalar butilkauchuk, butadiennitrill, kremniyorganikali,
ftorli, xloroprenli, kauchuklar, akrilatkauchuklar va xlorsulfidlan
-
gan polietilendan tayyorlanadi.
Elektr o‘tkazadigan va magnitli rezinalar qutbli butadien-nitril
kauchuk lardan va shunday xususiyatli to‘ldiruvchilari bor boshqa
kauchuklardan olinadi.
Dielektrik (kabel) rezinalari kremniyorganikali, etilenpropilenli,
izoprenli va noorganik to‘ldiruvchilari bor boshqa kauchuklardan ish
-
lab chiqariladi.
Qo‘rg‘oshin va bariy oksidlari bilan to‘ldirilgan ftorli, butadien-
nitrilli va butadienstirolli kauchuklardan tayyorlangan, radiatsiyaga
chidamli rezinalardan rentgen apparatlari detallari, radioaktiv izotop
136
lar va boshqa zaryadlangan zarralar bilan ishlaydiganlar uchun hi
-
moya kiyimlari tayyorlanadi.
Rezinaning yuqorida aytilgan turlaridan tashqari, yana, vakuumli,
titrash. suv, olov va yorug‘likbardoshli, optik aktiv, friksion, tib
-
biy, oziq-ovqat bilan kontaktda ishlaydigan va boshqa turlari ham bor.
Tayyor rezinatexnik buyumlar rezina asosidagi kompozitlar va
armaturalovchi sinch (karkas)dan tayyorlanadi. Ulardan ko‘p tar
-
qalgani: amortizatorlar, podshipniklar, metall kord yoki sim bilan
armaturalangan shinalar (DS 7199–77, DS 4754–97); armaturalan
-
magan to‘qima va metall karkasli yenglar va quvurlar (DS 5398–76,
DS 18698–79); zichlovchi manjetalar (DS 14896–84) va boshqa qa
-
tor buyumlar.
Rezinalarning fizikmexanik, himoyaviy va boshqa xususiyatlarini
kauchuk asos belgilaydi. Shunga qaramay, mexanik omillar ta’sir qil
-
ganda hamma rezinalar uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlar bor
ki, bular, rezinalar deformatsiyadan chiqib, avvalgi holatiga kirish
xususiyati bilan bog‘liq. Metallardan farqli o‘laroq, rezinalar uchun
“kuchlanishdeformatsiya” diagrammasining shakli Ssimon bo‘lishi,
xona haroratlarida yuqori sudraluvchanlik va qoldiq deformatsiyalar,
mexanik xususiyatlarning yuklanish va harorat rejimlariga bog‘liqligi,
deformatsiyalanganda hajm o‘zgarmasligi xos.
Rezinalarning elastiklik moduli (0,5...8,0 MPa), cho‘zish darajasi
o‘rtacha bo‘lganda, po‘lat uchun Yung moduli qiymatidan o‘nyuz
ming marta kichkina. Kichik deformatsiyalar miqyosida, siljish mo
duli elastiklik modulining 1/3 qismiga teng.
Yuqori elastiklik holatidagi rezinaga mexanik yuklama beril-
ganda relaksatsiya hodisasi kuzatiladi, ya’ni materialning mexanik
ta’sirlarga reaksiyasi vaqt mobaynida kechikadi. Rezinalarning re
-
laksiyali xususiyatlari nomuvozanatli holatdan muvozanatga o‘tish
davomiyligini ko‘rsatadi. Bunda kuchlanish σ bilan, deformatsiya ε
o‘rtasidagi nisbat vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, muvozanatning elastik-
lik moduli bir xilligicha saqlanadi.
Umumiy holda σ/ε nisbati yuklamaning, ya’ni deformatsiyaning
ortish tezligi yoki kuchlanish relaksatsiyasining funksiyasidir. Biroq,
rezinaning deformatsiyalanish xususiyati shundaki, σ/ε nisbat na
137
faqat mexanik yuklanish rejimiga, balki σ yoki ε ning absolyut qiy
matiga ham bog‘liq (xususiyatlarning egri chiziqli qonuniyat bilan
o‘zgarishi). Bunday bog‘lanish ham muvozanatli, ham muvozanatsiz
yuklanish uchun xos. σ yoki ε ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, xu
-
susiyatlarning egri chiziq bilan o‘zgarishi shunchalik kuchli bo‘ladi.
Muhandislik amaliyotida rezinalar statik yuklangandagi mexanik
xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan teztez foydalaniladi:
– cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi – σ
r
(haqiqiy mustah-
kamlik);
– mustahkamlikning shartli chegarasi – σ
u
(namunani uzgan
kuchning dastlabki ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbati);
– uzilishdagi nisbiy cho‘zilish – ε
r
;
– nisbiy qoldiq cho‘zilish – ε
ost
;
– namunaning berilgan cho‘zilishiga mos shartli kuchlanish – σ
ε
;
– tirnalishga qarshilik –
B
(uzuvchi yuklamaning namunada
qirqib qo‘yilgan joy qalinligiga nisbati; ma’lum tezlik bilan tirnaladi);
– Sho‘r bo‘yicha qattiqlik –
H
.
Rezinalarni fizikmexanik sinash uchun qo‘yilgan umumiy talablar
GOST 269–66da keltiriladi.
Ekspluatatsiya jarayonida rezinalar turli ko‘rinishda eskirishga
duch keladi (issiqlikdan, yorug‘likdan, ozon radiatsiya va vakuum
ta’siridan eskirish) va ishlash qobiliyati yo‘qoladi. Rezinaning es-
kirishga qarshiligi kauchuk bilan to‘yinish darajasiga monomoleku
-
lalarining egiluvchanligiga, zanjirdagi kimyoviy bog‘lanishlarning
mustahkamlik darajasiga, yo‘nalish (orientatsiya) va kristallanishga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |