Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/273
Sana14.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#364606
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik

Yog‘och materiallar.
Yog‘och  konstruksion  material  sifatida 
sanoatning turli sohalarida (avtomobilsozlikda, mebel sanoatida, 
qishloq xo‘jalik mashinasozligida va boshqa joylarda) ishlatiladi. 
Yog‘ochning afzalligi quyidagilardan iborat: solishtirma mustahkam
-
ligi yuqori, zarbiy va titrash nagruzkalariga qarshiligi yaxshi, issiqlik 
o‘tkazuvchanligi  kam,  chiziqli  kengayish  temperatura  koeffitsiyent 
past (po‘latnikiga qaraganda 2–3­marta kam). Yog‘och kislota, tuz, 
moy ta’siriga chidamli. Yog‘och kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 
yog‘och gigroskopik bo‘lganligidan buyum shaklining stabilligi bu­


138
ziladi;  yaxshi  yonadi,  mexanik  xossalari  anizotropik.  Yog‘ochning 
mexanik xossalari uning namligi va tolalarining yo‘nalishiga bog‘liq. 
Yog‘och xossalarini solishtirish uchun 15% ga teng standart namlik 
belgilangan.
Eng ko‘p tarqalgan yog‘och turlari tolalari bo‘ylab statik egilganda 
quyidagicha mustahkamlik chegaralariga (MPa) ega bo‘ladi: zarang 
– 105, tilog‘och­98, qayin­96, qoraqayin­95, qarag‘ay ­76, archa ­72.
Tabiiy  yog‘och  tilingan  binokorlik  materiallari  ko‘rinishida  ish
-
latiladi. Ko‘ndalang kesim o‘lchamlariga qarab yog‘och materiallar 
to‘sinlar (100x100 mm dan katta); brusoklar ko‘pi bilan (eni qalin
-
ligidan ikki marta katta) taxtalar (eni qalinligidan kamida ikki marta 
katta) kabi xillarga bo‘linadi.
Nina bargli daraxtlardan tilingan yog‘och materiallar ko‘proq ish
-
latiladi, chunki ularning mustahkamligi katta, kamroq, chiriydi. Nina 
bargli va yaproqli qattiq daraxt (dub, shumtol) dan olingan yog‘och 
materiallar kuch tushadigan detallarda ishlatiladi.
Faner – qatlamli yog‘och material bo‘lib, tilib olingan shponlarni 
yoqoch tolalarini bir­biriga ko‘ndalang joylashtirib, uch va undan or
-
tiq qatlam qilib yopishtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shilingan shpon 
deb, yog‘och g‘o‘lani aylantirib, undan 0,3–3 mm qalinlikda yo‘nib 
olinadigan yupqa yog‘och listlarga aytiladi. Shponlarni yopishtirish 
uchun  fenol­formaldegidli,  karbamidli  va  boshqa  yelimlardan  foy
-
dalaniladi. Yelim turi fanerning suvga chidamliligiga, mustahkamli
-
giga ta’sir qiladi. Oq qayin shponidan fenol­formaldegidli yelim bilan 
yopishtirib tayyorlangan, bakelizatsiya qilingan faner nisbatan ancha 
mustahkam va suv ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
Oq qayindan yasalgan fanerning tolalari bo‘ylab mustahkamligi 
65–80 MPa. Presslangan yog‘och suv bug‘larida oldindan 100–105°C 
temperaturagacha bug‘langan yoki issiq gazlar bilan qizdirilgan bru
-
sok va taxtalarni metall qoliplarda presslash yo‘li bilan olinadi. Hosil 
bo‘lgan yog‘och shaklini qotirib qo‘yish uchun uni bosim ostida 100–
120°C temperaturagacha 5–8% namlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi. 
Zarbiy nagruzkalar ostida ishlaydigan mashina detallarini (kulachok
-
lar,  vtulkalar,  podshipniklar  va  hokazolar  tayyorlashda  presslangan 
yog‘och, rangli metallar, plastmassalar) o‘rnini bosa oladi.


139
Yog‘och  payraxalaridan  yasalgan  plita  yog‘och  payraxalarini 
bog‘lovchi modda bilan birga issiqlayin presslash yo‘li bilan olinadi. 
Bir qatlamli, uch qatlamli va faner yoki qog‘oz bilan qoplangan plita
-
lar ishlab chiqariladi. Bunday plitalar qurilishda, mebel ishlab chiqa
-
rishda  qo‘llaniladi.Yog‘och  tolali  plitalar  maydalangan  yog‘ochga 
bog‘lovchi  moddalar  qo‘shib  tayyorlanadi.  Temperatura  va  bosim 
ostida yog‘och tolalari bir­biriga presslanadi va hamma yo‘nalishlari 
bo‘yicha mustahkamligi bir xil bo‘lgan materialga aylanadi. Yog‘och 
tolali plitalar qurilishda, avtobus hamda vagon ichlarini bezashda va 
hokazolarda ishlatiladi.
Yog‘och  materiallar  qimmatli  xususiyatlarga  ega:  solishtirma 
mustahkamligi  yuqori,  dekorativ,  zichligi  kam,  ishlov  berish  oson, 
issiqlik­  va  elektr  o‘tkazuvchanligi  kam.  Shu  xususiyatlari  sabab­
li  yog‘och  materiallar  sanoatning  ko‘p  tarmoqlarida  ishlatiladi. 
Yog‘ochning konstruksion material sifatida afzalligi shuki, u tabiiy 
ravishda ko‘payadi, tabiatdagi miqdori sanoatda qo‘llanish hajmi bi
-
lan tenglashtirib bo‘lmaydigan darajada ko‘p.
Yog‘och  materiallarning  kamchiliklari  ham  ko‘p.  Bulardan  aso­
siysi mexanik xususiyatlarning bir xil emasligi (anizotropiya), yonuv­
chanlik, chirish, zamburug‘ bosishga moyillik. Shu kamchiliklar tu
-
fayli modifikatsiyalanmagan yog‘och materiallardan mashinasozlik
-
dagi mas’uliyatli konstruksiyalarni, yuklama ko‘taradigan detallarni 
tayyorlab bo‘lmaydi.
Yog‘och materialni modifikatsiyalashning fizik va kimyoviy usul
-
lari mavjud. Yog‘och kapillar­g‘ovak tuzilishga ega bo‘lgani uchun 
uni to‘ldirish imkoniyatlari beqiyos. Bu komponentlar sintetik smo
-
lalarning, yengil eriydigan metallar va qotishmalarning, tuzlar va 
monomerlarning eritmalari va suyuqlanmalari ko‘rinishida kiritiladi. 
Modifikatsiyalash natijasida yog‘och material umuman yog‘ochlarga 
xos bo‘lmagan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bular – yuqori mus
-
tahkamlik, yeyilishga chidamlilik, namga bardoshlilik, yonmaslik.
Yog‘och  asosida  tayyorlangan  konstruksion  materiallar  mashi
-
nasozlikda  qo‘llanadi.  Bular  yog‘och­plastiklar,  yog‘och­qatlamli 
plastiklar,  armaturalangan  yog‘och  plastiklar.  Ularni  olish  uchun 
yog‘ochga  turli  modifikatorlar  beriladi,  maxsus  texnologiyalardan, 


140
bog‘lovchi moddalardan foydalaniladi. Yog‘och kompozit material
-
lar nomenklaturasi muttasil kengayib bormoqda.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish