-
temir
deb yuritiladi. 900—910 °C
da temirda kristall panjara o‘zgarib, tomonlari markazlashgan
kub shaklini oladi.
Temir va uglerod qotishmalarida 910 °C da sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlar, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Temirni rentgen
nurlari bilan tekshirganda, kristall panjaralarining o‘zgargan-
ligini ko‘rish mumkin, bunda temirga berilgan issiqlik ana shu
o‘zgarishga sarf bo‘lib, egri chiziq to‘xtab, pog‘ona hosil qiladi
va
γ
-temirga aylanadi. Tomonlari markazlashgan panjara temirni
1400°C gacha qizdirgungacha o‘zgarmaydi va harorat 1401°C da
temirda kristall panjara yana o‘zgaradi va markazlashgan kub
holiga o‘tadi (
γ
-temir). Metall suyuq holga kelganda kristall
panjara buziladi va atomlar tartibsiz harakatda bo‘ladi.
Suyuq temir sovitilgan vaqtda hamma o‘zgarishlar teskari
tartibda takrorlanadi.
Temirning qattiqlik holati ikki xil fazoviy kristall panjaraga
ega bo‘lgan uch xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Uglerod atomlari temir panjarasida joylashganda uglerod
temir bilan qattiq eritma hosil qiladi. Bu eritma
Do'stlaringiz bilan baham: |