Zaynabidin Abdirashidov
20
tashlashga qaratilgan, degan xulosaga keldi. Gasprinskiga ko‘ra, musulmonlar
aslida bir millat bo‘lib, faqat etnik kelib chiqishiga qarab bir-biridan ajralib
turadi. Ichki Rossiyadan kelgan tatarlarning Turkistonda har qanday mulk sotib
olishga haqqi yo‘qligi, Turkistonning o‘troq aholisi, ya’ni sartlar
90
shariat
mahkamasiga, ko‘chmanchi aholisi esa urf va odat qoidalariga bo‘ysundirilishi
ruslar tarafidan tashkillashtirilgan va ajratib yuborish siyosati amalda joriy
qilingan edi.
91
Gasprinskiy dindosh va millatdosh turkistonliklarni himoya qilar
ekan, ularni turmush sharoitiga qarab, birini shariatga, ikkinchisini urfga ko‘ra
ish ko‘rishni ro‘kach qilib ularni bir-biridan ajratmaslikka chaqiradi. Unga
ko‘ra, Turkiston aholisining ildizi va dini birdir.
92
Gasprinskiyning ruslar
siyosatiga qarshi keskin fikrlari “Tarjimon”da ochiq tarzda faqatgina 1905 yil
Oktyabr Manifestidan keyin ko‘rina boshladi. Undan oldingi davrda
Gasprinskiy rus siyosatini bu qadar teran va keng qamrovda tahlil qila olmas
edi. Chunki davlat olib borayotgan siyosat bunga yo‘l qo‘ymas edi. Turkiston
ma’muriyatining belgilagan tartibiga ko‘ra ichki Rossiyadan kelgan tatarlar
mahalliy millat vakillari tarafidan tashkil etilgan xayriya jamiyatiga ham a’zo
bo‘lish huquqidan mahrum edi. Rossiya ichki ishlar vazirligi tarafidan
tasdiqlangan va joriy etilgan “Xayriya jamiyatlarining Namunaviy Nizomi” 5-
bandiga muvofiq Turkiston hududida mulk sotib olishga haqqi yo‘q shaxslar bu
jamiyaning a’zosi bo‘la olmasligi alohida ta’kidlanganligi Toshkentda ochilgan
birinchi xayriya jamiyati Nizomida ham o‘z aksini topdi.
93
Gasprinskiy bu
qoidalardan o‘z nafratini ochiq ko‘rsatib, Turkiston rus ma’murlarining ajratib
tashlash siyosatini to‘xtatishlari talabi bilan chiqdi.
94
Rossiyada musulmon millatlarni bir-biridan ajratib tashlash siyosatiga
asos solganlardan biri N.Il’minskiy edi. 1884-yilda u mahalliy millat bolalarini
etnik kelib chiqishiga qarab, bir-biridan ajratgan holda o‘qitish taklifi bilan
chiqdi. Unga ko‘ra, “jiddiy musulmon” bo‘lgan sartlar “u qadar
musulmonchilikka rioya qilmaydigan va odat qonunlari bilan yashovchi”
ko‘chmanchi qozoqlarni o‘z taraflariga tortib ketishi mumkin edi. Bundan
tashqari, Il’minskiy sart va qozoqlarni rus gimnaziya va oliy o‘quv yurtlariga
qabul qilmaslikni taklif qildi. Uningcha, gimnaziya va universitetlarni
tamomlagan g‘ayridinlar hech qachon rus bo‘lmaydi, aksincha “evropalik”ka
aylanib, qolgan millatdoshlari ko‘zini ochadi.
95
90
“Sart” so‘zi ruslar tomonidan Turkistonning o‘troq aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
Bu atamani ovtroq aholiga nisbata ishlatilishi nomunosibligi o‘sha davr matbuotida
juda katta bahsga sabab bo‘lgan.
91
Maktubati hufya // Tarjimon, 1905,
№
108.
92
Ismoil
. Hurriyat ve janibi Türkistan // Tarjimon, 1905,
№
91.
93
Ustav musul’manskogo obshhestva «Pomoshh’» v Tashkente. – Tashkent, 1909, – S.
2.
94
[Tashkentde...] // Tarjimon, 1909,
№
34.
95
Do'stlaringiz bilan baham: