Arifmetikaga doir og’zaki (yarim og’zaki) viktorinalar o’tkazish uchun savol va masalalar
Bizning matematika bilan tanishuvimiz son haqidagi fan-arifmetikadan boshlanadi. Arifmetikadan birinchi rus tilida 1703 yil yozilgan A.F. Magniskiy darsligi quyidagi so’zlar bilan boshlanadi: “Arifmetika yokii son haqidagi fan-halol,toza, hamma uchun tushunish qulay, ko’p foydali va maqtovga sazovor, eng yangi davrgacha yashagan mashhur arifmetikachilar kashf qilgan va bayon etgan san’at”. M. V. Lomonosov aytganidek , “biz olimlik darvozasiga” arifmetika orqali kiramiz va o’zimizning uzoq hamda og’ir, ammo dunyoni anglashdagi qiziqarli yo’limizni shu fandan boshlaymiz.
“Arifmetika” yunonlarning “son”ni anglatuvchi arithmos so’zidan hosil bo’lgan. Bu fan sonlar ustidagi amallarni, ular bilan bajariladigan turli qoidalarni o’rganadi, qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishga olib keladigan masalalarni yechishni o’rgatadi. Ko’pincha, arifmetika matematikaning qandaydir birinchi bosqichi, unga asoslanib matematikaning murakkabroq bo’limlari –algebra, matematik analiz va b. ni o’rganish mumkin deb tasavvur qilishadi. Hatto arifmetikaning asosiy ob’ekti –butun sonlarni, ularning umumiy xossalari va qonuniyatlarini o’rganishni, oliy arifmetika yoki sonlar nazariyasiga kiritishadi. Albatta, arifmetikaga bunday qarshning asosi bor, u haqiqatan ham “hisobning alifbosi”, ammo “ko’p foydali” va “tushunish qulay” alifbosi bo’lib qoladi.
Arifmetika va geometriya insonning eng qadimgi yo’ldoshi. Bu fan predmetlarni sanash, yer maydonlarini o’lchash, boylikni bo’lish, vaqtni hisoblashga zarurat tug’ilgan vaqtda vujudga kelgan.
Quyida matematikadan viktorinalarni o’tkazishda foyalanadigan savol va masalalardan namunalar keltiramiz. Quyidagi savol va masalalarga o’xshash savol va masalalarni o’quvchilarning o’zlari o’qituvchilar bilan birgalikda tuzishlari mumkin
1. Yuzni yarimga bo’lsak, natija necha bo’ladi? (Javob: 200).
2. Men bir son o’yladim. Uning yarmiga choragini qo’shsak, 18 hosil bo’ladi. Men qanday son o’yladim. (Javob: 24).
3. Beshta bir yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin? (Javob: 111 – 11).
4. Uchi chiqarilmagan qirrali qalamning necha yog’I bor? (Javob: 8 ta).
5. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin? (Javob: 8 sonini).
6. Bir sutkada soatning minut strelkasi nech marta ustma-ust tushadi? (Javob: 22).
7. Ko’pburchakning tomonlari soni bilan diagonallari soni bir-biriga teng bo’lishi mumkinmi? (Javob: mumkin, beshburchaklda).
8. 10 sonini shunday ikkita songa ajratingki, ularning ayirmasi 5 bo’lsin? (Javob: 7,5 va 2,5).
9. Qanday uchta sonning yig’indisi ularning ko’paytmasiga teng? (Javob: 1,2,3 va – 1, – 2, –3).
10. Stol atrofida ikki ota va ikki bola o’tiribdi. Ularga uchta tuxum berishdi. Ular tuxumni qanday qilib butundan bo’lishadilar? (Javob: stol atrofida 3 kishi – og’il, ota, bobo bo’lgan)
11. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko’rsatadi? (Javob:to’xtab turgan soat).
12. Ikki sonning eng kichik umumiy bo’linuvchisiularning ko’paytmasiga tng bo’lsa, ularning eng katta umumiy bo’luvchisi nechaga teng bo’ladi? (Javob:1)
Do'stlaringiz bilan baham: |