Matematik qiziqarli masalalar
1. Uzunligi 3 m va 4 m bo’lgan bir xil qalinlikdagi ikki xil yog’ochlardan 1 m li 12 ta g’o’la arralash kerak. Ayting-chi, g’o’lalar qaysi bir yog’ochdan tayyorlanganda kam mehnat sarflanadi? (Javob: 3 m li yog’ochlardan arralangani ma’qul, chunki 12 ta g’ola tayyorlash uchun 3 m li yog’ochlardan 4 tasini olib, har birini 2 joydan arralab, hammasi bo’lib, 8 marta arralash zarur bo’ladi. 4 m li yog’ochdan tayyorlaganda esa 3 tasini olib, har birini 3 joyidan, hammasi bo’lib 9 marta arralash zarur bo’ladi.
2. Uyning zinapoya bo’ylab 16 – qavatigacha bo’lgan yo’l 4-qavatigacha bo’lgan yo’ldan necha marta uzun? (Javob: 16-qavatga ko’tarilish uchun birinchi qavat bilan ikkinchi qavat orasidagi masofalardan 15 tasini, 4-qavatga chiqish uchun esa 3 tasini bosib o’tish kerak. Demak, birinchi yo’l ikkinchisidan 5 marta uzun ekan)
3. Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 so’m pulga ko’pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin? (Javob: 8 ta, oxorida 20 tiyin ortib qoladi)
4. Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6 ta bo’lakka bo’lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo’ylab berish mumkin? (Javob:3 tasini teng ikkiga, qolgan 2 tasini teng uchga bo’lish kerak. Shunda 6 ta yarimtalik va 6 ta choraktalik olma hosil bo’ladi.)
5. Qanday qilib tortni pichoq bilan 3 marta kesib, 8 kishiga teng taqsimlash mumkin? (Javob:Tortni dastlab 2 marta bo’yiga kesib, to’rtga bo’lamiz. So’ngra eniga kesib, 8 ga bo’lamiz)
6. Uyungizdagi osma soat to’xtab qoldi va siz soatingizni aniq vaqtga to’g’irlamoqchisiz. Qo’shningiznikidan aniq vaqtni bilib chiqqunigizga qadar vaqt kutib turmaydi. Osma soatni ko’tarib borish va qo’shnining soatini uyga olib kelishning imkoniyati yo’q. Nima qilish kerak? (Javob: Osma soatdagi vaqtni eslab qolib, uni yurgizib yuboring. Qo’shnidan aniq vaqtni bilib chiqing. Qaytib kelib soatingizdan borib kelishga ketgan vaqtni bilib olasiz. Agar bu vaqtga qo’shsangiz hozirgi aniq vaqtni bilib olasiz va soatni shu vaqtga to’g’rilaysiz.)
7. To’rtburchak shaklidagi xonaning har bir burhcagida bittadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushukning qarshisidan uchtadan mushuk o’tiribdi. Xonada hammasi bo’lib nechta mushuk bor? (Javob: xonada hammasi bo’lib to’rtta mushuk bor)
8. Bog’da buvi, uch ona, ikki xola, ikki o’g’il, besh qiz, ikki aka-uka, besh opa-singil, uchtasi qiz, ikkiasi o’gil bo’lgan jiyanlar yig’ilishib dam olishmoqda. Bog’da hammasi bo’lib necha kishi yig’ilishgan? (Javob:Bog’da hammasi bo’lib 8 kishi yig’ilishgan: buvi, uning ikki qizi, bir qizining to’ng’ich farzandi – og’il va bir qizi, ikkinchi qizining tong’ich farzandi o’gil va ikki qizi yig’ilishgan)
9. 12 litrli idishdagi 12 lirt sutni qanday qilib, 7 va 5 litrli idishlar yordamida teng ikkiga bo’lish mumkin?
(Javob:
Do'stlaringiz bilan baham: |