Matematik o’yinlar. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini va diqqatini o’stirishga yordam beradigan o’yinlarning bir nechasini keltiramiz.
“Ayt va esingda saqla” o’yini. Bu o’yin ma’lum mavzu ustida o’tkaziladi. O’yinda ikki va undan ortiq o’quvchi qatnashish mumkin. O’yinda ishtirok etmayotgan bir o’quvchi natijani yozib boradi.
Bunda bir o’quvchi “uchburchak” desa, ikkinchi o’quvchi uni takrorlab aytib yana bitta so’z qo’shib qo’yadi.Masalan. birinchi o’quvchi “uchburchak” desa, 2-o’quvchi “Uchburchak, mediana” deb aytadi. 1-o’quvchi 2-o’quvchining aytganini takrorlab, yana bir so’z (masalan, “bissektrisa”) ni qo’shib aytadi. Yani birinchi o’quvchi “Uchburchak, mediana, bissektrisa” deb aytadi. 2-o;quvchi unga yana bir so’z qo’shib, “Uchburchak, mediana, bissektrisa, aylana” deydi va hokazo. Qaysi o’quvchi so’zlarning tartibida yanglishsa, ayrim so’zlarni tashlab ketsa yoki qo’shimcha so’z topolmasa, o’sha o’quvchi yengilgan bo’ladi.
Matematik konkurslar.
Odatda, metematik konkurslar ma’lum vaqtga mo’ljallangan bo’lib, shu davr ichida o’quvchilar matematikdan ma’lium topshiriqlarni bajaradilar. Bajarilgan ishning soni, sifatiga qarab, birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo o’yinlar belgilanib ularni bajargan o’quvchilarga tegishli mukofotlar beriladi.
Matematik konkurslar masalalar yechish, ko’rgazma qurollar, turli xil maketlar yasash, grafiklar chizish ishlari bo’yicha o’tkaziladi.
Matematik konkursni o’tkazish uchun oldin matematik o’qituvchilar orasidan hakamlar hay’ati tayinlanadi. Bu hakamlar hay’ati konkursga beriladigan topshiriqlarni tayyorlaydilar. Tegishli ballarni belgilaydilar, ularni o’quvchilarga taqdim etadilar, bajarish muddatini aniqlab, konkurs tartibi va shartlari bilan tanishtiradilar. So’ngra konkurs davomida taqdim qilingan materiallar, ko’rgazmali qurollarni ko’rib chiqib tegishli o’rinlarni belgilaydilar, g’oliblariga tantanali ravishda mukofotlar topshiradilar.
Konkurs natijasini e’lon qilishdan oldin, hakamlar hay’ati a’zolaridan biri yechish uchun taqdim qilingan misol-masalalar, yasashga doir berilgan ko’rgazma qurollar va boshqalarning o’quvchilar tomonidan qanday bajarilganligining hisobotini berib, qatnashchilar erishgan muvaffaqiyatlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar, tipik xatolarni, ayrim misol va masalalarning qanday yechilishini, ba’zi maketlarning yasalishini namunalarini ko’rsatadilar.
O’quvchilar o’rtasida o’tkaziladigan matematik musobaqa o’yinlarida buyuk matematik olimlar hayoti ham o’rganilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |