3-Mavzu: Sportchilarni tayyorlashda yuklamalarga umumiy tavsif.
Reja:
1. Yuklamaning ixtisoslashganligi.
2. Yuklamaning yo’nalishi.
3.Yuklamaning koordinatsion murakkabligi.
4. Yuklama hajmi.
Trenirovka jarayonini boshqarishda trenirovka yuklamalarini nazorat qilish va taxlil etish katta axamiyatga ega.
M.A.Godik tadqiqotiga ko`ra trenirovka jarayonini boshqarish uchta boskichni o‘z ichiga oladi:
- boshqarish ob’ekti va ob’ekt shakllanadigan tashqi muxit to‘g‘risida axborot yig‘ish;
- olingan ma’lumotlarni taxlil qilish;
- qaror qabul qilish va rejalashtirish.
Zamonaviy kurash treneri trenirovka yuklamasi darajasini muntazam taxlil kilib borishi va musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari bilan uni takkoslab turishi lozim. Shu orkali yuklamaning kanday turi sportchi texnikasini takomillashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi, yuklama xajmi yetarlichami, xar xil yuklama turlarining xajmi va yo‘nalishi o‘rtasidagi nisbat optimal kanchalik ekanligi aniklanadi (Yu.M.Arestov, M.A.Godik).
M.A.Godik tomonidan ishlab chikilgan trenirovka yuklamalarining tasnifiga muvofik yuklamalarni nazorat qilish xamda taxlil etish kuyidagi tavsiflarning son kiymatlarini aniklash zarur:
-ixtisoslashganlik, ya’ni ushbu trenirovka vositasining musobaqa mashqi bilan o‘xshashlik darajasi;
-u yoki bu harakat sifatini rivojlantirishga karatilgan trenirovka mashqlarining ta’sir etish yo‘nalishi;
-trenirovka samarasi xajmiga ta’sir etuvchi koordinatsion murakkablik;
- mashqning sportchi organizmiga ta’sir etishining son darajasi sifatidagi xajmi.
Ushbu tavsiflarni sport kurashiga taalluqli xolda ko‘rib chikamiz.
Yuklamaning ixtisoslashganligi. Sport kurashida xamma trenirovka mashqlari kurashchining ixtisoslashgan maxsus mashqlari, texnika va taktikani takomillashtirish mashqlari, sherik bilan mashqlar, bellashuvlardagi maxoratni takomillashtirish mashqlari xamda ixtisoslashmagan mashqlarga (sport o‘yinlari, og‘ir va yengil atletika, akrobatika va gimnastika, kross tayyorgarligi) bo‘linadi. Trenirovkani rejalashtirishda ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan mashqlar nisbatini xisobga olish zarur. Ko‘p sonli ixtisoslashmagan mashqlarni rejalashtirish o‘smir kurashchilarning xar tomonlama tayyorgarligiga yordam beradi. Ixtisoslashgan mashqlar ulushi sportchining ko‘p yillik trenirovka jarayonida asta-sekin oshib boradi.
Ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan yuklamalar sonining trener tomonidan doimo kayd kilib borilishi trenirovka jarayonini maksadli tashqil etishga yordam beradi.
Yuklama yo‘nalishi. Ma’lumki, sport kurashida musobaqa faoliyatining o‘ziga xos xususiyati tezkor-kuch tayyorgarligi va maxsus chidamlilikka katta talablar ko‘yishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun trenirovka yuklamalari kurashchining shu harakat sifatlarini tarbiyalashga karatilishi lozim. Trenirovka mashqlarida yuklamani to‘rtta guruxga bo‘lish qabul kilingan: anaerob-alaktat (tezkor-kuch); anaerob-glikolitik (tezkorlik chidamliligi); aralash; aerob (umumiy chidamlilik yuklamasi).
Trenirovka jarayonida turli yo‘nalishdagi mashqlarni bajarish ketma-ketligini xisobga olib borish zarur. N.I.Volkov trenirovka mashg‘ulotida mashqlarni kuyidagi ketma-ketlikda bajarishni okilona xisoblaydi:
-avval alaktat-anaerob (tezkor-kuch), so‘ngra anaerob-glikolitik mashqlar (tezkorlik chidamliligiga karatilgan mashqlar);
-avval alaktat-anaerob, so‘ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilikka karatilgan mashqlar);
-avval anaerob-glikolitik (kichik xajmda), so‘ngra aerob mashqlar.
Muallifning fikricha, mashqlar boshkacha uyg‘unlashtirilsa, ijobiy o‘zaro ta’sirga erishish juda kiyin, kolaversa, mumkin xam emas.
Trener amaliy faoliyatda trenirovka jarayoni yo‘nalishini kuyidagi tavsiflar: davomiylik va shiddat, mashqlar o‘rtasidagi dam olish oraliklari va xususiyati, takrorlashlar soni va bajarilayotgan mashqning koordinatsion murakkabligi bo‘yicha o‘zi baxolay olishi lozim.
Trener, mashg‘ulotlarda yuklamani kayd kilayotib, uni yuklamalar tasnifi bilan takkoslashi zarur (jadval).
Trenirovka mashqlarini uning yo‘nalishi bo‘yicha guruxlarga taksimlashda yuklama tarkibining axamiyati
(N.I.Volkov bo‘yicha)
9-jadval
Yuklama tarkibi
|
Yuklama yo‘nalishi
|
Mashqlar davomiyligi
|
Mashqlar shiddati
|
Dam olish vakti
|
Takrorlashlar soni
|
Anaerob-alaktat (tezkor-kuch)
|
6 s. gacha
|
Maksimal
|
Mashqlar o‘r-tasida 1-2min seriyalar ora-sida 3-5 min.
|
Bitta seriyada 6-7 takror-lash, 5-6 seriya
|
Anaerob glikolitik (tezkorlik
|
Bir martalik ishda 0,3-3 min.
|
Submaksimal
|
-
|
-
|
chidamliligi)
|
Takroriy ish-da 0,3-2 min.
|
Submaksimal yoki katta
|
3-10 min
|
3-6
|
Aerob-anaerob (harakat sifatlari-ning xamma turi)
|
02 min
|
Katta
|
Mashqlar o‘r-tasida 0,2-0,5 min., seriya-lar orasida 3 min gacha
|
Seriyada 2-4 takrorlash, 5-6 seriya
|
|
05,-1,5 min.
|
Katta
|
Mashqlar o‘r-tasida 0,5-1,5 min., seri-lar orasida 6 min gacha
|
Bir martalik takroriy ish-da 10 va undan ortik 2-4 seriyada 5-6 takrorlash
|
|
3-10 min.
|
Katta
|
Cheklanmagan, to‘lik tikla-nishgacha
|
2-6
|
|
30 min.
|
Sustdan maksimalgacha
|
-
|
-
|
Aerob (umumiy chidamlilik)
|
1-3 min
|
sust
|
0,5-1,5 min.
|
Takroriy ish-da 10 va undan ortik, 2-8 seriyada 5-8
|
|
3-10 min
|
sust
|
Cheklanmagan, kayfiyatiga karab takro-riy ish
|
6-8
|
|
30 min. va ortik
|
O‘zgaruvchan ish da kichikdan kattagacha
|
-
|
-
|
Anabolik (kuch va chidamlilik)
|
1,5-2 min.
|
Kattadan sub-maksimalgacha
|
1,5-2 min.
|
5-6 mashqdan iborat seriya, 3-4 marta tak-rorlanadi
|
|
oxirgi nafasgacha
|
Katta
|
3-4 min.
|
4-6
|
Trenirovka mashqlari yo‘nalishini yurak kiskarish tezligi (YuKT) bo‘yicha nazorat kilib borish mumkin. Maksimal shiddatda va kichik xajmda bajariladigan mashqlar, oddatda, tezkor-kuch sifatlarining rivojlanishiga ta’sir etadi.
Bunday mashqlarda ichki zaxiraning erib ketishi sodir bo‘ladi, yurak-kon tomir tizimiga tushadigan yuk uncha katta emas, shuning uchun YuKT ni nazorat kilmaslik xam mumkin. {uddi shunday, lekin katta xajmdagi mashqlar yoki katta shiddat bilan 30-120 atrofida bajariladigan mashqlar tezkorlik chidamliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni bajarish paytida YuKT 160-190 ur/min. gacha yetadi. Uzok vakt davom etadigan kam shiddatli mashqlar umumyi chidamlilikning takomillashishiga ta’sir etadi, YukT- 130-160 ur/min. (M.A.Godik, 1987).
M.A.Godik (1987) ma’lumotlariga ko‘ra, mashqlarning YuKT bo‘yicha yo‘nalishini kayd qilishda ularning ketma-ketligini xisobga olish lozim. Bu ketma-ketlik mashg‘ulot boshidagi xuddi shu mashq bilan solishtirganda uning yakunida YuKT ning nisbatan 20-30%ga oshishiga imkon beradi. Birinchi xolda yuklama umumiy chidamlilikning, ikkinchi xolda tezkorlik chidamliligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yuklamaning koordinatsion murakkabligi. Bu tavsif trenirovka yuklamalarini kamida ikkita: oddiy (rakib karshiligisiz, kam tezlikda va x.k.) va murakkab (musobaqa sharoitlariga yakinlashtirilgan xolda) guruxlarga taksimlashni nazarda tutadi. Trenirovka mashg‘ulotlarida oddiy va murakkab texnik harakatlarni nazorat kilib borish zarur.
Oddiy texnik harakatlarga dast ko‘tarishlar, siltab ko‘tarishlar, ushlab olishlar, ushlab olishlardan chikib ketish, oddiy hujum harakatalari kiradi (XX, ya’ni hujum darxol usul tarkibidan boshlanadi).
Murakkab texnik harakatlarga murakkab hujum harakatlari (MXX, ya’ni taktik tayyorgarlik usullari bilan hujum harakatlari va usullar kombinatsiyalarini ko‘llab hujum qilish), ximoyalanishlar, karshi usullar, usullar bog‘lanishlari, ya’ni ikki usul birikmasidan (birinchisi tik turishda (parterda) boshlanadi, ikkinchisi parterda (tik turishda) yakunalanadi) iborat usullar kiradi.
Sport kurashi bo‘yicha yirik musobaqalarning taxlili shuni aniklashga imkon beradiki, MXX ni tez-tez ko‘llab turadigan kurashchilar katta muvaffakiyatlarga erishar ekan. Demak, trenirovka mashg‘ulotlarida murakkab texnik harakatlarni rejalashtirish kurashchining jismoniy imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
Yuklama hajmi. Yuklama xajmi deganda sportchi bajarayotgan mashqlarning uning organizmiga ta’sir etish darajasi (maksimal, katta, o‘rta, kichik) tushuniladi. Yuklama xajmi odatda xajm va shiddat ko‘rsatkichlari bilan aniklanadi.
Kurashchilar trenirovkasida yuklama xajmini nazorat kilayotib, kuyidagilarni kayd etiish zarur: trenirovka va musobaqa faoliyatiga sarflangan vakt (soatlar, kunlar, xaftalar, oylar), trenirovka mashg‘ulotlari soni (sikllar, boskichlar, davrlar).
Sport kurashida V.A.Sorvanov tomonidan taklif etilgan yuklamalar shiddatining tasnifi ko‘llaniladi.
Yuklamalar shiddatini tasniflash
(V.A.Sarvanov bo‘yicha)
10- jadval
Trenirovka ta’siri yo‘nalishi
|
YuKT
|
Baxo, ballar
|
|
10 sek.
|
1 min.
|
|
|
ichida
|
|
Ko‘prok aerob
|
19
|
144
|
1
|
|
20
|
120
|
2
|
|
21
|
126
|
3
|
|
22
|
132
|
4
|
|
23
|
138
|
5
|
|
24
|
144
|
6
|
|
25
|
150
|
7
|
Aralash aerob-anaerob
|
26
|
156
|
8
|
|
27
|
162
|
10
|
|
28
|
168
|
12
|
|
29
|
174
|
14
|
|
30
|
180
|
17
|
Anaerob-glikolitik
|
31
|
188
|
21
|
|
32
|
192
|
25
|
|
33
|
198
|
35
|
Trenirovka mashg‘ulotidagi yuklama xajmini aniklash uchun mashqdan keyin YuKT ning o‘rtacha xisobi topiladi, so‘ngra jadvaldan shiddat kiymati topiladi, uni shu mashqni bajarish vaktiga ko‘paytiriladi. Yuklama xajmini trenirovkaning ta’sir etish yo‘nalishi bo‘yicha kayd etish maksadga muvofikdir.
Trenirovka dasturini tuzuvchi trener sportchi tomonidan bajarilgan ishlar to‘grisida anik xamda ishonchli ma’lumotga ega bo‘lishi lozim, trener uning tayyorgarligidagi ijobiy xamda salbiy tomonlarni bila turib, trenirovka jarayonini maksadga muvofik xolda amalga oshirishi mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Yuklamaning ixtisoslashganligi nimaga bog’liq?
2. Yuklamaning yo’nalishi deganda nimani tushunasiz?
3.Yuklamaning koordinatsion murakkabligi tushuntirib bering?
4.Yuklama hajmini qanday bilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |