Математика фанини ўҚитишда замонавий ёндашувлар ва инновациялар модули бўйича


Hujum qilish uchun qo`lay dinamik vaziyatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish



Download 2,74 Mb.
bet19/120
Sana26.02.2022
Hajmi2,74 Mb.
#468748
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
Bog'liq
Tayyor JMN O\'UM 4 kurs 2021-2022

Hujum qilish uchun qo`lay dinamik vaziyatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish
Yukori malakali kurashchilar kurashda mustaxkamlikni moxirlik bilan saklab turadilar, shuning uchun usulni bajarish uchun qo`lay dinamik vaziyat paytini tutib olish kiyin. Ular yo‘kotilgan muvozanatni tez tiklab oladilar va fakat ikkita xoldagina: o‘z hujumi boshida, ya’ni tik turish xolatidan kandaydir usulni bajarishga o‘tayotgan paytda xamda muvaffakiyatsiz hujumdan so‘ng, ya’ni dastlabki xolatga (tik turishga) kaytayotgan paytda o‘z tashabbuslari bilan nomustaxkam xolatga tushib koladilar. Rakibni qo`lay dinamik vaziyat paytida tutib olish maksadida o‘ziga hujum qilish uchun unga imkon berish juda xatarli va maksadga muvofik emas. Shuningdek rakibning o‘zi o‘ylagan usul uchun qo`lay bo‘lgan xolatni egallashga umid kilmaslik lozim. Buning ustiga, moxir va tajribali kurashchi tomonidan xatoli xarakatlarni xamda muvozanat yo‘kotilishini kutish samarasizdir. Demak, yukori malakali kurashchi tik turishda parterda kurash olib borish davomida o‘zining texnik-taktik xarakatlari bilan qo`lay dinamik vaziyat paytini tayyorlay olishi lozim.
Xozirgi zamonda kurashda oddiy hujum xarakatlari (OXX) emas, balki murakkab hujum xarakatlari (MXX) ko‘pincha muvaffakiyat keltiradi. Zamonaviy kurash texnikasini o‘rganish shuni aniklashga yordam berdiki, usul tuzilmasidan darxol boshlanadigan to‘јridan-to‘јri hujum kamdan-kam maksadga erishadi. Odatda, qo`lay dinamik vaziyatni tayyorlashda va hujum usuli tuzilmalari bitta xarakatga, ya’ni - “xarakat ansambliga” birlashtirilgan paytda bunday hujum xarakatlari muvaffakiyat keltiradi. Murakkab hujum xarakatlari (“xarakat ansambllari”) hujum xarakatlarining maxsus tuzilma guruxlaridan iborat. Hujum xarakatlari eng oddiy tuzilma guruxlariga kiradi. Bunday xarakatlarda kurashchi rakib gavdasiga kuch bilan ta’sir ko‘rsatish orkali uni qo`lay dinamik vaziyat xolatiga tushiradi xamda natijaga erishish maksadida bitta xarakat bilan undan foydalanib koladi. Ushbu xolda murakaab hujum xarakati tayyorlov kuch ta’siri xamda hujum usuli tuzilmasidan tashkil topadi.
Yanada murakab tuzilma guruxlari hujum kiluvchining ma’lum bir xarakatlariga javoban qo`lay dinamik vaziyatni yaratadigan rakib reaksiyasidan foydalanishni ko‘zda tutuvchi hujum xarakatlaridan tashkil topadi. Demak, kurashda usullarni, ayniksa, murakkab hujum xarakatlarini muvaffakiyatli ko‘llash uchun kurashchi qo`lay dinamik vaziyatlarni tayyorlash usullarini egallashi va maxsus hujum xamda “xarakatlar ansamblini” yarata olishi lozim.
Bellashuv jarayonida qo`lay dinamik vaziyatlarni tayyorlash uchun manevrlar, aldamchi xarakatlar va kombinatsiyalar ko‘llaniladi.
Manevrlar - bu hujum qilish uchun qo`lay xolatni egallash va usulni amlaga oshirishga (qo`lay dinamik vaziyatni yaratishga) yordam beradigan xarakatni bajarishga rakibni majbur qilish maksadida ko‘llaniladigan turli xildagi xarakatlanishdir. Birok rakib qo`lay dinamik vaziyatni yaratmasligi xam mumkin. Bunday xollarda uni aldamchi xarakatlar bilan tayyorlash mumkin.
Aldamchi xarakatlar, hujum xarakatlariga o‘xshash bo‘lib, rakibni ximoyalanishga va aldamchi xarakat yo‘nalishiga karab mustaxkamlik burchagini oshirish maksadida o‘z gavda xolatini o‘zgartirishga majbur qilish lozim. Agar aldamchi xarakatni bajarishda rakibning, ximoyalanib, egallashi mumkin bo‘lgan xolatiga eng munosib bo‘lgan usulni bajarish oson bo‘lishi uchun bir vaktning o‘zida o‘z gavdasi xolatini tayyorlasa va ushbu usulni darxol amalga oshirsa, bunday xarakatlar birikmasi kombinatsiya deb ataladi. Kombinatsiyalar ko‘pincha ikkita ketma-ket bajariladigan usullardan tashkil topadi, ulardan birinchisi aldamchi, ikkinchisi xakikiysi (yakunlovchi ) bo‘ladi.
Yukori malakali kurashchilar ma’lum bir tuzilmadan iborat kombinatsiyalarni - murakkab hujum xarakatlarini ko‘llaydilar. Birinchi (aldamchi) xarakat shu kadar anik hujum qilish xavfi bo‘lib ko‘rinadiki, deyarli xar doim rakibning ma’lum bir ximoyalanish reaksiyasini keltirib chikaradi, hujum kiluvchi bunday reaksiyadan foydalanadi.
Usullar kombinatsiyalariga asoslangan tuzilma guruxlaridan tashqari, taktik tayyorgarlikning bitta yoki bir nechta usullari bilan asosiy usulning boshka murakkab hujum xarakatlarini xam ko‘llash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, tayyorlov xarakatlari (aldamchi usullar va boshk.) MXX lar samaradorligida katta axamiyatga ega. Boshlanјich xarakatlar va hujum xarakatining asosiy tuzilmasi turlicha uyјunlashganda xarakat malakasining butunlay yangi tuzilmasi xarakat ansambli yaratiladi. Bunda eskisi ancha o‘zgaradi. Bunday texnik-taktik xarakatning asosiy kiyinchiligi dastlabki xarakatdan asosiysiga o‘tish joyida xarakatlar o‘rtasidagi boјliklikni o‘rnatishdan va kuch berish yo‘nalishi xamda xajmiga ko‘ra xarakatlarni unisidan bunisiga o‘tkazishni bilishdan iborat. Shuning uchun xarakat yo‘nalishini tez o‘zgartirish malakasi, uning kat’iy izchilligi, uzluksizligi xamda aynan xarakatning bir turidan ikkinchisiga o‘tish paytida kuchning shunga karatilishga e’tibor berish lozim.
Tadkikotlar natijalari shunga asos bo‘la oladiki, MXX ni muvaffakiyatli bajarishning nazariy asosi shundan iboratki, rakib hujum kiluvchi tomonidan rejalashtirilgan kuch berish yo‘nalishini o‘zgartirgan xolda bajariladigan bitta murakkab xarakatiga ikki marta reaksiya bilan javob kaytarishga majbur bo‘ladi. Shu orkali javob reaksiyasi vakti bo‘yicha unga yutkazib kuyadi. Avval MXX ning boshlanјich xarakatiga birinchi, yashirin reaksiya davri, so‘nga motor reaksiya davri va uning to‘xtashi, ikkinchi, latent, MXX ga kuch berishning yangi yo‘nalishini bilib olish davri, va, nixoyat, MXX ning yakunlovchi xarakatiga reaksiya qilishning ikkinchi motor davri keladi.
Shunday kilib MXX ning ikkinchi xarakati yoki hujum kiluvchi xarakatining birinchi kismiga rakib reaksiyasining motor kismi bilan (yo‘nalishga ko‘ra hujumning ikkinchi kismiga mos keladigan) yoki MXX ning ikkinchi kismiga latent reaksiya davri bilan ( xal kiluvchi xarakat uchun qo`lay bo‘lgan hujum kilingan kurashchining gavda xolati) mos keladi.

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish