Hujum xarakatlarining yetakchi axamiyati Sport amaliyoti texnik-taktik xarakatlarning hujum, ximoya va karshi hujum tuzilmalarini ishlab chikdi. Yirik musobaqalarda 400 ga yakin usullar variantlari kayd kilingan. Sport kurashining xozirgi zamonda rivojlanish darajasi kurashchidan xamma turdagi texnik-taktik xarakatlarni egallashni, ularni ko‘llashni va maksadga muvofik ravishda o‘zaro uyјunlashtirishni bilishni takazo etadi. Birok hujum texnik-taktik xarakatlar eng asosiysi xisoblanadi, chunki ular sport kurashi tabiati bilan boјlik.
Hujumkor taktika - јalabaga bo‘lgan eng to‘јri yo‘l, chunki u zamonaviy qoidalar xamda yirik musobaqalardagi xakamlik qilish uslubiga ko‘prok mos keladi. Jaxonning eng yaxshi kurashchilari - yorkin ifodalangan hujumkor uslubdagi sportchilardir.
Hujumkor taktika kurashchidan yukori faollikni talab kiladi. Bunday faollik a’lo darajadagi funksional va ruxiy tayyorgarlika, kombinatsion usuldagi texnik-taktik xarakatlarning turli variantlarini ko‘llash malakasi, to‘xtovsiz aldamchi va hujum xarakatlarini laxzali spurt hujumlari bilan almashtirib turilishiga boјlik.
Hujum xarakatlarining yetakchi axamiyati tamoyili yukori malakali kurashchilar texnik-taktik tayyorgarligining muxim tarkibiy kismi xisoblandi.
Hujum xarakatlarining oqilona tuzilmasini egallash Texnik-taktik xarakatlarni bo‘sh egallagan kurashchilar odatda, asosan o‘z rakibini karshiligini yengib o‘tishga mo‘ljallangan foydasiz, nooqilona usullarni bajaradilar. Bunday xarakatlar fakat hujum kilayotgan kurashchi kuch jixatdan ustunlikka ega bo‘lgan xollardagina muvaffakiyat keltirishi mumkin.
Yukori malakali kurashchilar oqilona texnik-taktik xarakatlarni ko‘llab (bunday xarakatlar ular tuzilmasini “biomexanik andoza”ga yakinlashtiradi), xattoki jismonan kuchli bo‘lgan rakibni yengadilar. Ichki va tashki kuchlar to‘јri uyјunlashtirilganda xamda ishga solinganda hujum texnik-taktik xarakatlari tuzilmasi tashkil kilinadi. Ushbu tuzilma yoki kuchdan, yoki vaktdan yutishni ta’minlaydi. Kurashchilar hujum xarakatlari tuzilmasining taxlili rakibni uning gavdasining turli o‘ki atrofida 90 dan 270 gacha burchak ostida 8 ta yo‘nalishda orkasi bilan pastga aјdarish uchun kuchlar juftligini keltirib chikaruvchi xarakat mexanizmi birligini ko‘rsatdi. Tashlash bilan hujum qilishda turli tomonga yo‘naltirilgan va gavdaning umumiy oјirlik markazi yukorisiga xamda pastiga burilgan (shu sababli rakib gavdasi laxzali aylanish markazlari atrofida buriladi) ikkita faol xarakatlar bilan kuchlar juftligi tashkil kilinadi.
Aјdarish va o‘girish bilan hujum qilishda kuchlar juftligi tayanch reaksiyasi va ishkalanish kuchi bilan xosil bo‘ladigan bir faol, boshka sust kuch bilan yaratiladi, rakibgilamga tegib turgan nuktalarida joylashgan o‘klar atrofida uning gavdasi o‘giriladi.
Kuch berish joyi va yo‘nalishi (rakib gavdasining yukori kismini ushlab olish va ushlab turish yoki uning oyoјidan kokish) katta axamiyatga ega. Muximi shundaki, aynan shu joylar aylanish o‘kidan uzok turishi va to‘јri burchak ostida turishi lozim. Parterdagi o‘girishlarni uzunasiga o‘k atrofida bajarish maksadga muvofikdir. Hujum xarakatlari tuzilmasini kurishda maksimal amplitudali xaraktlar ajralib turadigan elementlar xarakatlar o‘rtasida boјlanishlarni yaratish lozim (biomexanikaviy andoza). Ko‘llaniladigan hujum xarakatlari tuzilmasining maksadga muvofikligi hujum kilingan rakib gavdasining aylanish tezligi bilan aniklanadi.
Hujum xarakatlarining oqilona tuzilmasini egallash tamoyili - yukori malakali kurashchilar texnik-taktik maxoratining muxim tomonidir.