Математика фанини ўҚитишда замонавий ёндашувлар ва инновациялар модули бўйича


Mashg‘ulot jarayonining siklligi -



Download 2,74 Mb.
bet14/120
Sana26.02.2022
Hajmi2,74 Mb.
#468748
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
Bog'liq
Tayyor JMN O\'UM 4 kurs 2021-2022

Mashg‘ulot jarayonining siklligi - Sikllilik, ya’ni ma’lum mashg‘ulotlarning, bosqichlarning, nisbatan to‘la takrorlanib turishi mashg‘ulot jarayonining butun strukturasi uchun xarakterlidir. Mashg‘ulotning katta (jumla-dan, yillik va yarim yillik) hamda kichik (mikrosikl) sikllari bo‘ladi.
Mikrosikllar bir necha kun, ko‘pincha bir hafta davom etadi. Ularning strukturasiga ta’sir etadigan juda ko‘p shart-sharoitlardan eng muhimlarini ko‘rsatib o‘tamiz. Bulardan birinchisi yuklamalar dinamikasining kichik «to‘lqin» larini. hosil qiladigan omillarning o‘zidir.
Ikkinchidan, o‘zaro optimal aloqada bo‘lgan turli yo‘na-lishdagi mashqlarni takror tadbiq etish zaruriyatidir. Mashg‘u-lotda nimagadir ortiqroq qaratilgan turli mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning mashg‘ulotlarda qanday to‘plangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashi­nib turishiga ham aslo befarq qarab bo‘lmaydi. Masalan, tezkorlik mashqlarini ko‘p hollarda chidamlilik mashqlari bilan bir mashg‘ulotda bajarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular turli mashg‘ulotlarda to‘plangan bo‘lsa, tezkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar bajariladigan mashg‘ulotlar asosan chidamlilikka ahamiyat beriladigan mashg‘ulotlardan oldin bo‘lsa, eng yaxshi samara beradi. Boshqa mashg‘ulotlarga nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari mik­ro-sikllar strukturasida o‘z ifodasini topadi.
Uchinchidan, mehnat va o‘quv faoliyatining umumiy rejimi g‘oyat muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mashg‘ulot mikro-sikllarining ko‘pincha bir haftalik bo‘lishi ham tasodifiy emas. Bu mashg‘ulot jarayonini optimal tashkil etish talablariga hamisha ham javob bermasada, mehnat va o‘quv haftasining ritmiga osonroq mos tushadi.
Nihoyat, mashg‘ulotning struktura va mazmuni umuman muntazam suratda o‘zgarib turgani uchun, mikrosikllar mashg‘ulot jarayonining bosqich va davrlari xususiyatlariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrosikllar, aslini olganda, mashg‘ulot struk-turasining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi mikrosikllarning mazmuni va strukturasiga zarur o‘zgarishlar kiritish bilan (ya’ni mashqlar kompleksini, mashg‘ulotlarni hamda dam olish kunlari miqdorini, ularni almashtirib turish tartibini, yuklamalar kattaligini, ular hajmi hamda inten-sivligining dinamikasini va xokazolarni o‘zgartirish bilan) mashq ko‘rganlikni taraqqiy ettirishga halaqit berishi mumkin bo‘lgan xilma-xil tashqi ta’sirlarga barham beradi va shu yo‘l bilan mashg‘ulot jarayonining umumiy tendensiyasini ta’min etadi.
Sport mashg‘ulotining katta sikllari mazkur bobning ke-yingi bo‘limida qarab chiqiladi. Bu yerda esa, faqat ularning sport formasini rivojlantirishning sikllari bilan bog‘liq ekanli-gini hamda mazkur jarayonning turli bosqichlarida sport formasi taraqqiyotini boshqarish xususiyatlarini ifoda etuvchi davrlar-dan tashkil topishini aytib o‘tamiz. Navbatdagi har bir sikl o‘zidan oldingisini shunchaki takrorlab qolmay, balki yangi asosga, shu jumladan, mashg‘ulot vosita va metodlarini qisman yangilash asosiga qo‘riladi hamda odatda mashg‘ulot yuklama-larining yuksakroq darajasida o‘tadi (yuklamani ko‘paytirish yosh xususiyatiga qarab mashg‘ulotlar yuklamasining umumiy hajmi stabillashib, keyinchalik esa pasaya borishi hollariga taalluqli emas.
Sikllilik sport mashg‘ulotining asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida tizimlilik va ilgarilab borish tamoyilaridan foydalanishga bevosita aloqadordir. Bu qonuniyat mashg‘ulot-larning ketma-ketligini belgilashda ham, yuklama va dam olish tizimini tuzishda ham va mashg‘ulot jarayonlari tuzilishiga aloqador boshqa barcha muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib borilishi kerak.
Shunday qilib, sport mashg‘uloti murabbiy va sportchi faoliyatining natijalari belgilaydigan o‘ziga xos spesifik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana shu qonuniyatlarni bilib olgandagina hamda ulardan ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari bilan birgalikda mahorat bilan foydalanilgan-dagina sport taraqqiyotining cho‘qqilari sari ishonch bilan borish mumkin.

Nazorat uchun savollar


1.Sport mashg‘ulotida moslashish tushunchasiga ta’rif bering?
2.“Tez moslashish” tushunchasini ifodalab bering?
3.“Uzoq muddatli moslashish” tushunchasiga ta’rif bering?
4.Sportchi tanasida moslashish o‘zgarishlari ro‘y beradigan asosiy yo‘nalishlar qaysilar?
5.“Funksional zaxira doirasi” va “jadallashtiruvchi moslashish doirasi” tushunchalariga ta’rif bering?
6. Sport trenirovkasining qanday tamoyillarini bilasiz?
7. Sportda umumiy va maxsus tayyorgarlikning bir-biridan farqi nima?
8. Yuklamaning nechta turi bor?
9. Mashg‘ulot talablarining asta sekin ortib borishi deganda nimani tushunasiz?
10. Sport faoliyati nima?

2-Mavzu: Sportchining jismoniy texnik-taktik tayyorgarligi.


Reja:
1. Texnik-taktik maxorat va kurash qoidalarining o‘zaro bog‘liqligi.


2. Kurashchining texnik-taktik maxorati va aloxida xususiyatlari.
3. Hujum xarakatlarini optimal xajmi, turli-tumanligi va samaradorligi.
4. Hujum xarakatlarining yetakchi ahamiyati.
5. Hujum xarakatlarining oqilona tuzilmasini egallash.
6. Qulay dinamik vaziyatlarda hujumni bajarish.

So‘ngi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida “texnik-taktik maxorat” atamasi keng ko‘llanilmokda. Sport kurashi texnikasi deganda tor ma’noda kurashchiga јalaba keltiradigan xarakatlarni bajarishning eng oqilona uslublari tushuniladi. Bunda kurashchilarning aloxida xususiyatlaridan kat’i nazar, ularga xos bo‘lgan biomexanik va fiziologik konuniyatlarga tayanadigan xarakatlar texnika asosini tashkil kiladi. Sportda taktika deganda yukori sport natijasiga erishish va rakib ustidan јalaba kozonishning xamma usullari xamda shakllari tushuniladi. Taktika bir kator omillar kompleksidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va rakib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi aloxida xususiyatlar, chalјituvchi xarakatlar bilan rakibni aldash, bellashuvdagi qo`lay vaziyatlarda ta’sirli usullarni ko‘llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan imkoniyatlarni, gilam maydonini, o‘zining morfologik xamda fiziologik kobiliyatlarini anik yuzaga chikarish va x.k.


Yakkakurash sport turlarida, ayniksa, sport kurashida, texnika va taktika bir-biri bilan chambarchas boјlik bo‘lib, ba’zi mutaxassislar kurashchi xarakatlarini tabakalashgan xolda ko‘rib chikishda kaysi bir xarakatlarni texnik, kaysilarini esa taktik xarakatga ajratishda bir xil fikrga ega emaslar. Aslida esa ular dinamik butunlikni tashkil etadi.
Shaxsan texnik xarakatlar - bu boshka xarakatlardan aloxida, ajratilgan, odatda uning yordamida јalabaga erishiladigan, lekin kurashchining musobaqa jarayonidagi murakkab xarakatlari kompleksining fakat bir kismini tashkil etadigan tugallangan xarakat tuzilmasidir.
Shaxsan taktika - bu kurashchining musobaqa jarayonidagi umumiy xatti-xarakatidir. Aloxida taktik xarakat ma’lum bir texnik xarakat bo‘lib xam xisoblanadi. Masalan, rakibni muvozanatdan chikarish va hujum uchun qo`lay dinamik vaziyatni yaratishdan iborat taktik maksadlarda bajariladigan siltash, itarish, xarakatlanishlar. Ular ma’lum bir texnik xarakatlar bo‘lib (ular to‘јri yoki noto‘јri bajarilishi mumkin), hujumni tayyorlash usullari sifaitda taktika maksadlariga xizmat kiladi.
Bir vaktning o‘zida maxsus texnik xarakatlar (usullar) taktik xarakatlarning asosiy turlari (hujum, ximoya, karshi hujum) bo‘lishi mumkin. Keyinchalik “texnik-taktik maxorat” yoki “texnik-taktik xarakat” atamalaridan foydalanamiz.
Bunda texnik-taktik maxorat deganda yukori toifadagi turli kurashchilarga xos bo‘lgan xarakatlarni bajarishning asosiy konuniyatlari, tamoyillari tushuniladi. Ushbu tamoyillar yukori sport maxoratining o‘ziga xos modelini, andozasini yaratishga urinib ko‘ramiz.
Ular katoriga kuyidagi tamoyillar kiradi: texnik-taktik maxorat va kurash qoidalarining o‘zaro boјlikligi; texnik-taktik maxorat va kurashchi aloxida xususiyatlarining o‘zaro boјlikligi; optimal xajm, hujum xarakatlarining turliligi va samaradorligi; hujum xarakatlarining yetakchi axamiyati; qo`lay dinamik vaziyat paytida hujumni bajarish; qo`lay dinamik vaziyatdan hujum qilish uchun foydalanishga tayyorgarlik; bosh va kompensator omillardan foydalanish; texnik-taktik maxoratning ilјor va kolok tomonlariga birga ta’sir ko‘rsatish.

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish