Математика фанидан имтиҳон материаллари So‘z boshi Mazkur metodik tavsiyada akademik litseyda yakuniy attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Har bir imtihon topshiriqlari akademik-litseyning matematika o‘quv fani Davlat ta’lim standarti va o‘quv dаsturlari аsоsidа tuzilgаn.
2018-2019 o‘quv yilida akademik litseyni tugаtgаn o‘quvchilаrning matematika fаnidаn egаllаshi lоzim bo‘lgаn bilim, ko‘nikmа, mаlаkаlarini аniqlаsh mаqsаdidа yakuniy attestatsiya yozma usulda o‘tkаzilаdi.
Yakuniy attestatsiyaning har bir biletlari yettita-nazariy savol va misol va masalalar iborat. Mazkur topshiriqlar akademik-litsey o‘quvchilari egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Yakuniy attestatsiyaga 4 astronomik soat ajratiladi.
Imtihon boshlanishidan oldin imtihon komissiyasining raisi biletlar joylashtirilgan va muhrlangan konvertlarni stol ustiga qo‘yadi.
Sinf o‘qituvchilaridan har biri ushbu konvertlardan bittasini tanlaydi, konvert muhri buzilmaganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng ayditoriya o‘quvchilari oldida konvertni ochadi biletining raqamini e’lon qiladi.
So‘ng o‘qituvchi har bir bilet topshiriqlarini tushuntirib, yozma ish talablari bilan tanishtiradi.
Yozma ishga ajratilgan vaqt e’lon qilinib, doskada imtihonni boshlanish va tugash vaqti yozib qo‘yiladi.
O‘quvchilarning yozma ishiga ikkita baho qo`yiladi: algebra va analiz asoslariga(1-4 topshiriqlar) alohida va geometriyaga(5-7 topshiriqlar) 5 baholik baholash tizimi asosida baholanadi.
Yakuniy attestatsiya nazoratida o‘quvchilarning matematikadan yozma ishlarini baholash mezoni
№
Baholash mezoni
Baho
O‘quvchi tomonidan bajarilgan har qanday to‘g‘ri yechim uchun mantiqiy fikrlash va yechimni asoslashda ilmiy xatoga yo‘l qo'yilmasa, javobga mos chizma to‘g‘ri bajarilsa, hamda yozma ishga qo‘yilgan barcha talablarga mos kelsa
5
O‘quvchi tomonidan bajarilgan har qanday to‘g‘ri yechim va ayrim hisoblashda 1, 2 ta juziy xatolik uchun
4
O‘quvchi tomonidan topshiriqni bajarishda uringan lekin hisoblashda xatoliklar bo ‘lgani uchun to‘g‘ri natijaga erishmagan bo‘lsa
3
O‘quvchi topshiriqni bajarishga uringan ammo hech qanday natijaga erishmagan bo‘lsa
2
O‘quvchi tomonidan topshiriqlar sharti yozilgan, ammo hech qandan ish
bajarilmagan bo‘lsa