M U Q A D D I M A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, profes-
sional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi
belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani uzviyligini ta’minlagan
holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalar belgilandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar matematika fani
mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi.
Ular ko‘magida matematika fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida
o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin
taklif va mulohazalar kelib tushgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim
sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlariaro mavzularning
takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soat ajratilgani, fan mazmuni deyarli
nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi
muammolar aniqlandi. Xususan,
Matematika fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi.
Birlamchi tahlillarga ko‘ra takrorlangan mavzular 9 ta, uzviyligi ta’minlanmagan
mavzular 29 ta, yangilanishi zarur mavzular 94 ta, olib tashlanadigan mavzular 43 ta,
xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha kiritiladigan mavzular soni 89 ta, boshqa ta’lim turiga
o‘tkaziladigani 20 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.
To‘g‘rilangan o‘quv dasturlari ikkinchi marta ta’lim inspeksiyasi saytidagi (http://
www.uzviylik.tdi.uz) muhokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar
bildirildi.
Keyingi bosqichda matematika fani konsepsiyasi va 5 ta o‘quv dasturi (MTM, umumiy
o‘rta ta’lim, AL, KHM va OTM uchun) O‘zFA qoshidagi V.I. Romanovskiy nomidagi
Matematika institutiga, Samarqand davlat universitetiga, Urganch davlat universitetiga
hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga
ekspertizaga berildi hamda ushbu ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislari
tomonidan 1 oy davomida ko‘rib chiqilib xulosalar olindi.
Ekspertiza xulosalarida jami 97 ta (6 ta MTM, 69 ta maktab bo‘yicha, AL 6 ta, KHM
5 ta, 11 ta OTMlar) kamchilik va takliflar aniqlanib, ular tegishli vazirliklarga taqdim etildi
hamda mualliflar tomonidan muhokamalar qilindi. Ulardan 49 tasi dastur mazmuniga
kiritildi, 38 tasi asoslantirildi. Shuningdek, o‘quv va fan dasturlarini takomillashtirish
jarayonida xalqaro tajribalar jumladan,
Finlyandiya tajribasi o‘rganildi. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning o‘quv
dasturlarini tahlil qilishda YuNISEF ko‘magida Singapur, Koreya, Yaponiya, Gonkong
dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembrij tajribasi va o‘quv dasturlari o‘rganildi.
6
Konsepsiya va o‘quv dasturlari vazirliklardagi metodist va mas’ullar tomonidan
tahrirlandi hamda o‘zgartirishlar kiritildi va umumiy majmua holatiga olib kelindi.
Professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan
Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashgan
O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 2020 yil 15 maydagi “O‘zbekiston
respublikаsidа kаsbiy mаlаkаlаr, bilim vа ko‘nikmаlаrni rivojlаntirish milliy tizimi
fаoliyatini tаshkil etish chorаlаri to‘gʼrisidа”gi 287-sonli qarori bilan tasdiqlandi. U
hujjat bilan 8 ta malaka darajasiga mos ravishda “Bilimlar”, “Mahorat va ko‘nikma”,
“Kompetensiyalar”, “Malakaning mos darajasiga erishish yo‘llari” belgilandi.
(Ilova
qilinaqi).
Oquv dasturlarining mazmuni ushbu malakalar ramkasi bilan singishib,
bog‘lanib ketishi lozim. O‘quvchi, talabalarni hayotga tayyorlovchi kompetensiyalar ham
malakalar ramkasidagi me’yorlarga bog‘lanadi.
Mazkur majmua matematika fani bo‘yicha Uzluksiz ta’lim tizimining yagona
konsepsiyasi, maktabgacha ta’lim 6-7 yoshli bolalar uchun dastur, umumiy o‘rta
ta’limning 1–11-sinflari uchun o‘quv dasturi, akademik litsey uchun 2 yillik o‘quv dasturi,
boshlang‘ich professional ta’lim ya’ni kasb-hunar maktablari uchun 2 yillik o‘quv dasturi
va oliy pedagogik ta’limning o‘quv dasturlaridan tarkib topgan “Matematika bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’limining milliy o‘quv dasturi” loyihasi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning matematika fani o‘quv dasturiga Oliy ta’lim bo‘yicha 8 ta
o‘quv dasturlari mos ravishda tanlandi va uzviyligi ustida ishlandi, shundan mazkur
majmuada “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv dasturi misol tarzida berilgan.
Bunday tajriba ya’ni ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun o‘quv dasturlarining
bir majmua tarkibiga kiritilishi va ularni umumlashtiruvchi yagona konsepsiya orqali
mustahkamlanishi Respublikada birinchi marta amalga oshirildi.
Ushbu jarayonda Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida tajribali mate -
matik o‘qituvchilar, olimlar, metodistlar ishtirok etishdi, barchasiga minnatdorchilik
bildirgan holda loyiha – majmua xatolardan xoli emasligini ma’lum qilamiz. Sizlarga
tavsiya etilayotgan loyihani takomillashtirishda fikr va mulohazalaringizga suyanamiz.
Hamkorligingiz uchun oldindan rahmat.
Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi tashkiliy guruhi
aloqa uchun: 71-2310753, 99 -8574213, a.nasirov@tdi.uz
7
Do'stlaringiz bilan baham: |