2-§. Matematika ta’limining moddiy-texnik ta’minotini
mustahkamlash
Matematika ta’limi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta’lim tizimida.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, jumladan, maktabda
“matematika” fanida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida o‘tiladigan mashg‘ulotlarda shakllantiriladi. Ushbu bilim va ko‘nikmalarni
samarali shakllantirish uchun quyidagilarni mustahkamlash zarur:
– o‘quv-metodik hamda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yin -
choqlar, mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv qurollari bilan jihozlash;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda moliyalashtirishni zaruriy darajada
amalga oshirilishi, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda budjet mablag‘laridan
foydalanish samaradorligini oshirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |