ISHNI BAJARISH ТARТIBI
Mayatnikni farqsiz muvozanat holatiga keltiriladi.
Shkiv diametrining uch xil yo’nalishida ipsiz va ip o’ralganda o’lchanadi. Olinadian qiymatlardan diametrning o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Shkivga ipni o’rang va krestovinani ushlab turib ip uchiga yuk osiladi.
Yuk osilgan tekislik pastki qismini poldan ma’lum balandlikka (h) joylashtiriladi va sterjenni erkin holda harakatga keltirib tushiriladi, shu vaqtda sekundomer yurgiziladi.
Yuk polga urilgan vaqtda sekundomer to’xtatiladi va uni tushish vaqti hisobi olinadi.
Yukni o’zgartirmay tajriba uch marta takrorlanadi va o’lchanadian balandliklar, vaqtlarni o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Shu usulda m2 va m3 massali yuklar uchun tushish vaqti (t) topiladi.
Olinadigan natijalar jadvalga yoziladi.
Olinadigan o’lchovlar yordamida (10) tenglamadan kuch momenti, (11) tenglamadan burchakli tezlanish va (12) tenglamadan inersiya momentlari hisoblanadi va natija jadvalga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |