ISHNI BAJARISH ТARТIBI
Mayatnikni qirrali tayanchga gorizontal joylashtirib muvozanat holatiga keltiriladi, l1 va l2 masofalar o’lchanadi hamda L= l1+l2 jadvalga yoziladi.
Mayatnikni (D1) prizmaga osib, kichik amplitudali tebranma harakatga keltiriladi. n1 ta tebranishga ketgan t1 vaqt o’lchanadi va ni hisoblab jadvalga yoziladi.
Mayatnikni (D2) prizmaga osib yuqoridagi tajriba takrorlanadi va hisoblab jadvalga yoziladi.
(7) formula bo’yicha og’irlik kuchi tezlanishi hisoblanadi va jadvalga yoziladi.
KUZAТISH JADVALI
SINOV SAVOLLAR
Fizik mayatnik deb nimaga aytiladi?
Fizik mayatnik keltirilgan uzunligi deb nimaga aytiladi?
Shteyner teoremasini aytib bering va formulasini yoziladi?
Og’irlik kuchi tezlanishini ag’darma mayatnik bilan o’lchashda qanday afzalligi bor?
Fizik va matematik mayatnikning tebranish davrlari formulalarini yozib bering.
4 - LABORAТORIYA ISHI
AYLANAYOТGAN JISM UCHUN DINAMIKANING ASOSIY
QONUNINI ТEKSHIRISH (OBERBEK MAYAТNIGI)
Ishning maqsadi: Oberbek mayatnigida aylanma harakat dinamikasining asosiy qonunini eksperimental tekshirish.
Kerakli asbob va materiallar: 1. Oberbek mayatnigi
2. Elektr sekundomer
3. Shtangensirkul
4. Chizg’ich
5. Massasi ma‘lum yuklar to’plami
NAZARIY QISM
Aylanish o’qiga mahkamlanib, aylanma harakatlanayotgan qattiq jism tezligi, aylanish o’qiga nisbatan tik joylashgan tekislikdagi kuchning tangensial tashkil etuvchisi, jismga ta’sir etishi tufayli o’zgaradi (1-rasm).
1-rasm. Aylanayotgan qattiq jism
|
Bu vaqtda burchakli tezlanish faqatgina kuchning tashkil etuvchisi kattaligiga emas, balki aylanish o’qidan kuch qo’yilgan nuqtagacha bo’lgan eng qiska masofa (l), yani kuch yelkasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun aylanma harakat dinamikasida kuch o’rnida aylanish o’qiga yoki aylanish markaziga nisbatan kuch momenti ishlatiladi. Aylanish o’qiga nisbatan, son qiymati kuchning kuch yelkasiga kupaytmasiga teng bo’lgan vektor kattalikka kuch momenti deyiladi.
|
M = F l (1)
Kuch momentining vektor yo’nalishi o’ng parma qoidasi yordamida aniqlanadi. Kuch momenti vektori formula bilan ifodalanadi. Aylanma harakatlanayotgan jism burchakli tezlanishi faqat uning massasiga emas, balki aylanish o’qiga nisbatan massaning taqsimlanishiga ham bog’liq. Shuning uchun aylanma harakat dinamikasida massa o’rnida jism inersiya momenti ishlatiladi. Qattiq jismni moddiy nuqtalar to’plamidan iborat deb qaralsa bo’ladi. Moddiy nuqta massasini undan aylanish o’qigacha bo’lgan masofa kvadratiga ko’paytmasini skalyar qiymati moddiy nuqtaning o’sha o’qqa nisbatan inersiya momenti deyiladi.
Jmod.nuqta=mi ri2 (2)
Qattiq jismni tashkil etuvchi moddiy nuqtalarni aylanish o’qiga nisbatan inersiya momentlarining yig’indisiga jismning shu o’qqa nisbatan inersiya momenti deyiladi.
Jj= (3)
Aylanayotgan jism burchakli tezlanishi jismga tasir etuvchi kuch momenti va jism inersiya momentiga (aylanish ro’y berayotgan o’qqa nisbatan) bog’liqligi aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi bilan aniqlanadi.
M= J (4)
Do'stlaringiz bilan baham: |