Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

O'rta guruhda
bolalar u yoki bu narsalarning yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o'ngda 
jadallashganligini aniqlay olishni o'rganishi kerak. Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda taqqoslashni 
aniqlash asos bo'lib xizmat qiladi. O'quv yili boshida bolalarning atrof-muhitga munosabati qay darajada 
ekanligi tekshirib ko'riladi va bu ko'nikma mustahkamlanadi. 
O'ng va chap qoini farq qilish mashqlariga katta e'tibor beriladi, chunki chap hamda o'ng nima 
ekanini bilish mazkur yoshdagi bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo'l bilan old tomonni, orqa 
tomonni, yuqorini, pastni, chapni, o'ngni ko'rsa- tish ko'nikmalari mustahkamlanadi. 
Narsalarning fazoviy joylashuvini belgilash.
Bolalarni turgan joylariga nisbatan, oldinga, orqaga 
va shu kabi yo'nalishlarni ko'rsatishga o'rgatib bo'lgach, ularga narsalar o'zlarining qaysi tomonlarida 
turganligini (oldinda, oldi tomonda, orqa tomonda, orqasida, chapda, o'ngda, yuqorida, pastda) 
aniqlashni mashq qildirishga o'tish mumkin. Avval bolalarga ularning qarama-qarshi tomonlarida, 
oldinda—orqada, o'ngda—chapda turgan faqat ikkita o'yinchoq yoki buyumning joylashish o'rnini 
aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsalarning soni 4 tagacha ko'paytiriladi. Narsalar oldin 
boladan unchalik uzoq bo'lmagan masofada («yonida») joylashtiriladi. Asta-sekin bu masofa orttirib 
boriladi. 
Bola narsalarning turgan joyini aniqlab bo'lgandan so'ng unga chap va o'ngga (90°), keyin esa 
orqaga (80°) aylanish taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsa bolalarga narsalar o'zlarining qaysi 
tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik borligini tushunib olish imkonini beradi. Bola chapga 
burilsa, stol endi uning chap tomonida emas, balki o'ng tomonida bo'ladi. Bolalarning harakatlari va 
joydan- joyga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan mashqlar eng samarali mashqlardir. 


Narsalarning mashqlari mashg'ulotlarda ham, kundalik hayotda ham amalga oshiriladi. «Nima 
qayerda turibdi, top?», «Kim ketdi va u qayerda turgan edi?» kabi didaktik o'yinlar o'tkazishga katta 
ahamiyat beriladi. 
Bolalar asosiy fazoviy yo'nalishlarni farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ularni 
ko'rsatilgan yo'nalishda harakat qilishga o'rgatiladi. Buning uchun avval «Qayerga borasan, nima 
topasan?» o'yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o'yinning maqsadi bolalarga asosiy fazoviy 
yo'nalishlarni amaliy farq qilishni va belgilashni mashq qildirishdir. 
Tarbiyachi bolaning turadigan joyini (oldinda, orqada, chapda, o'ngda) taxminiy hisobga olib, 
xonaning turli joyiga o'yinchoqlarni yashirib qo'yadi. Masalan: bola parda (ko'chma pardacha) 
orqasidagi ayiqchani va qalamni tokchaga yashirib qo'yadi va hokazo. 
Tarbiyachi bolalarga topshiriqni tushuntirib: «Bugun sizlar yashirib qo'yilgan o'yinchoqlarni 
topishni o'rganasizlar», — deydi va bir bolani chaqirib: «Oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga 
yursang qalamni topasan. Sen qayoqqa borishni istaysan va u yerdan nima topasan?», — deydi. 
Bola yo'nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo'nalishda borishi kerak. U o'yinchoqni 
topgach, qaysi o'yinchoqni va qayerdan topganini aytadi. («Men orqaga yurdim va tokchadan qalamni 
topdim».) 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish