Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


-mavzu: Fazo va fazoda mo’ljal olish haqida tushuncha



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

8-mavzu: Fazo va fazoda mo’ljal olish haqida tushuncha.
Reja: 
1. Fazo va fazoda mo‘ljal olish haqida tushuncha.
2. Fazoni idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zining roli.
3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo‘ljal olishini o‘zlashtirishi.
4. Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida masofani aniqlash.
 
Adabiyotlar:
 
1. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik 
tasavvurlarni shakllantirish».
2. Stolyar A.A. «Formirovanie elementarnqx matematicheskix predstavleniy u doshkolnikov». M., 
1988.
3. Museynova T. «Formirovanie nekotorqx prostranstvennqx orientatsiy. Doshkolnoe vospitanie, 
1987 y, 4 soni.
4. Metlina L.S. «Bolalar bog‘chasida matematika» — 1981 y.
5. Leushina AM. «Formirovanie elementarnqx matematicheskix predstavleniy u detey 
doshkolnogo vozrasta. M. — 1974y.
1. Tevarak atrof haqida tushuncha. Tevarak atrofii kuzatish, orientirovka qilish.
Tevarak atrof tushunchasi — keng ma’nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, tevarak atrof 
ma’nosida, bizni o‘rab turuvchi ob’ektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz tevarak atrof haqidagi 
bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli, 6elgilari haqida, ularning tuzilishi, 
6alandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani 
aniqlashdagi va belgilay olishni o‘rganish uchun, tevarak atrof haqidagi tushunchalarini yanada 
mustahkamlash uchun- turli tevarak atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz.
Bunda biz avval predmetlarning belgilariga qarab (yahni shakli va o‘lchoviga, har xil 
o‘lchovligiga) va tevarak atrofdagi belgilarga qarab (yahni tevarak atrofni yaxlitligicha tushintirish, 
predmetlarning bir biridan farqi yoki o‘xshashligi (tabiatda) va h.k. farqlay olishga o‘rganishimiz va 
o‘rgatishimiz kerak.
Tevarak atrofni chamalash, orientirovka qilish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir.
Tevarak atrofii orientirovka qilishda turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi:
MASALAN:
a) kishi tevarak - atrofni yaxshilab kuzatib «O‘zi turgan nuqta» haqida ma’lumot bera olish; yon 
atrofidagi ob’ektni tushuntira bilishi kerak:
6) o‘zi qo‘yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak atrofni chamalash orqali topib kelishi 
yoki aniq ma’lumot bera olishi kerak;
v) inson tevarak atrofni ob’ektlicha tushintirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil 
yoki har xilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orosida, uzoq, 
yaqinligi, xullas orasidagi masofa haqida to‘la ma’lumot bepa olishi kerak.
Tevarak atrof haqidagi, uni aniq orientirovka qila olish haqidagi belgilarga har bir inson ega 
bo‘lishi kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi.


Orientrovkani yaxshi bilgan har qanday yo‘lovchi adashmaydi, adashganni yo‘lga solib yuboradi. 
Kattalar misolida ko‘rsak:
Men turgan kenglikda dala bo‘lib, 20 dadam oldinda, 15 qadam o‘ng tarafimda terak daraxti bor. 
Terakning uzunligi taxminan 20-25 m, yo‘ьonligi taxminan 35 sm. Pastki shoxlarida barglari yo‘q. Tepa 
shoxlari serbarg, terak ustida qora qarьalar uchib yuribdi. YOki biror bir uy, ko‘cha, xonada ma’lumot 
berish.
Inson aktiv harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va uni orientirovka qilishni yaxshi 
bilishi kerak.
Ko‘pchilik bu usuldan faqat bir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchungina 
foydalanadi.
Orientirovkani aniq belgilay olish, joylarni yaxshi o‘zlashtirish uchun, shu odamning eslab qolish 
qobiliyati, xotirasi, diqqat — ehtibori, o‘ylash, esga tushirish, ko‘z oldiga keltira olish kabi qobiliyatlari 
ancha mustahkam bo‘lishi kerak. Aks holda, bu qobiliyatlari zaif odamlar orientirovkani yaxshi belgilay 
olmaydilar.
Tevarak atrofii chamalash har bir odamning o‘ziga qulayligini tanlab olishiga boьliq. «O‘zining» 
yoki boshqa birovni, o‘ng qo‘l, chap qo‘l, tushunchalari bilan, yoki predmetlarning shakliga qarab, 
joylashuviga qarab ham orientirovka qilish mumkin.
Masalan: ba’zilar uy yoki magazinning nomini, nomerini, adresini bilmaydilar-ku lekin qaysi 
transport bilan, qanday qilib borishni shunday aniq qilib tushuntaridilar-ki, xatto «ko‘z yumib» borib 
topish mumkin.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni kuzatishning ahamiyati.
Ba’zi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hali tevarak atrofni kuzatishni, uni orientirovka 
qilishni yaxshi o‘zlashtira olmagan bo‘lishlari ham mumkin bo‘ladi.
Masalan: o‘z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha boьda bolalar bilan u o‘ynaladigan 
o‘yinlarning kamchiligi, mashьulotlar va boshqa ko‘pgina bolalar ijodi- tevarak atrof bilan boьlik.
MASALAN:
Boshlanьich sinf (1-sinf) o‘quvchisidan talab qilinadigan narsalardan biri-daftar yoki kitob 
varaqlarning farq qila bilishi.
O‘ng varaq, chap varaq va h.k.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aslida tevarak atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu 
bet yoki varaьidagi chizilgan, aks ettan rasmlar yordamida tushuntiriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo‘lgan barcha bilimlarini 
puxtalash, uni kuzatish, orientirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi 
ko‘nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o‘z fikrlarini to‘la bildira oladigan terminlarning 
bolada yaxshi o‘zlashtirilishini o‘z vaqtida ta’minlab borish zarur.
Bu bilim malaka va ko‘nikmalarning barchasi 1-sinf o‘quvchisining materialini muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirishdagi yutuьi bo‘lib hisoblanadi.
Tevarak atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham boьliqdir, u nison ongidagi 
ko‘rish,eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik 
sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyьularining roli 
ahamiyatlidir.
Bolalarning tevarak atrof haqidagi luьatlarining boyib borishi. Ularning tevarak atrofni 
tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi.
CHet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak 
atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga boьlab olib boriladi. Bu esa 
bolaning tevarak atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
2. Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk 
yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, yahni tanasining tomonlari bilan mo‘ljal qiladi.


Bog‘cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- 
orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o‘ngra.
YOsh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo‘lib 
hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljalga oladi. Keyinroq borib unga 
yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir yahni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni 
o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, qaysiki bu 
tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga.
SHunday qilib bog‘cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash 
sistemasi davridir.
Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo‘ldiki yuqorida degan 
so‘zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, 
orqasida esa — orqasini, o‘ngda — o‘ng qo‘li qaepda bo‘lsa o‘sha tomonni, chapda — chap qo‘li qaerda 
bo‘lsa o‘sha erni idrok qilgan. O‘z tanasi bo‘yicha tevarak — atrofni idrok qilish bu boshlanьich idrok 
bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy tomonlarni 3 ta gruppasi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo‘yicha eng birinchi 
bo‘lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq 
aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan.
Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o‘zlashtirsa ham, hali u uning 
aniqligida yanglishadi.
Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o‘ng va chapni ajratishdir.
Kuzatishlardan bola bu qarama — qarshi tomonlarni asta — sekin egallab boradi, qaysiki ularni 
tajribalari orqali egallab boradilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish