Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi. 
Atrof-muhit va joyni bilish.
Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o'zidan oldinda (oldinga) —orqada (orqaga), 
chapda (chapga) — o'ngda (o'ngga) kabi fazoviy yo'nalishlarni ajrata olishga o'rgatishdir. 
Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda bolalarning o'z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o'ziga 
nisbatan tomonlarni aniqlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda bola o'zining 
yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini tushunadi. 
Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz 
qismlari nomini aytadi: «Burningni, qulog'ingni, engagingni yuv, peshonangni art», «Boshingga ro'mol 
o'ra», «Bo'yningga sharf bog'la». Kichkintoylarni o'zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga 
undash muhim ahamiyatga ega. 


Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so'ng, ularga o'zlarining turli 
tomonlarini aniqlash o'rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so'raydi: «Sening orqangda nima bor?», 
«Oldingdachi?» (ko'krak, qorin, yuz) yoki «Sening o'rning qayerda?», «Ko'kragingchi?» «O'ng qo'ling 
qani?», «Chap qo'ling qayerda?» 
Bolalarga ayni bir vaqtda o'zaro qarama-qarshi juft yo'nalishlarni, ya'ni yuqorida — pastda, oldinda 
— orqada, chapda — o'ngda (chap-o'ng) degan tushunchalarni farq qilish mashq qildiriladi, chunki 
bolada ularning biri haqida tasawur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasawurning shakllantirilishiga 
tayanadi. 
Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg'ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini 
nima qilayotganliklari va qaysi qo'llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi. 
Kichkintoylar qaysi qo'llarida qoshiqni, qaysi qo'llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo'yqalamni, 
qaysinisida esa qog'ozni ushlab turganliklarini aytib berishlari kerak. 
O'ng va chap qo'lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni bajarishda 
ham o'tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalarga o'ng 
qo'llariga havo rang bayroqchani, chap qo'llariga esa yashilini yoki o'ng qo'llariga uzun tasmani, chap 
qo'lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo'llarida qanday narsa borligini so'raydi. 
O'ng va chap qo'lni farqlashga va nomini aytishga o'rgatish jarayonida o'zidagi turli tomonlarni: 
bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o'ng oyoq, chap oyoq; o'ng quloq, chap quloq va hokazolarni 
bilish ko'nikmasini o'stirishga katta ahamiyat beriladi. 
Pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatmasiga binoan bolalar yo'nalish ko'rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, 
chapni, o'ngni ko'rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo'llarini yuqoriga ko'tarishni, 
pastga tushirishni va shu kabilarni o'rganadilar. «Bekinmachoq», «Koptokni qayerga tashladingiz?» 
o'yinlaridan foydalaniladi. Bunday o'yin mashqlarini 6-8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4-
5 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Kichik guruhda bolalar qog'oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko'nikmalarni hosil 
qiladilar. Mashg'ulotlarda ularga narsalarni qog'oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki 
doskaga, chapga va o'ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o'ngga qarab tartib bilan qator qilib qo'yib 
chiqish o'rgatiladi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish