10.Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T.:
“ILM ZIYO”, 2009.- 186 b.
Bolalarni to'plamning ayrim elementlardan iboratligi bilan tanishtirib bo'lgach, ularni bir xil
narsalarni mustaqil
ravishda guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) narsalarni va
narsalar yig'indisi (ko'p)ni topa olishga o'rgata boshlanadi.
3 yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo'lmasa ham, birjoyga, bitta guruhga yig'ib
qo'yilgan narsalar yig'indisini mustaqil ravishda ajratib ko'rsata oladilar. (Mashinaningg'ildiraklari ko'p,
qo'lda barmoqlar ko'p, bog'da yoki o'rmonda daraxtlar ko'p va hokazo.)
Xonada qaysi narsalar ko'p, qaysilari bittadan uchraydi, degan savolga javob topish ular uchun oson
ish emas. Bu masalani hal etish uchun ular tevarak-atrofni ancha murakkab fazoviy miqdoriy tahlil
qilishlari: qandaydir bir narsani ajratishlari, diqqat-e'tibor- larini o'shanga qaratishlari, o'sha
turdagi
narsalar atrofda bor- yo'qligini ko'rib chiqishlari va bu narsalarni, garchi ular xona, dala hovli va boshqa
joylarning har tomonida sochilib yotgan bo'lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasavvur qilishlari,ya'ni
bolalar narsalarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy sifat xossalaridan va fazoviy nisbatlaridan
abstraktlashtirishni o'rganishlari kerak bo'ladi. Narsalarning miqdoriy tomonini abstraktlashtirish va
garchi bir xil narsalar aslida butun xona bo'ylab har yoqda sochilib yotgan bo'lsa-da, ularni fikran
birlashtirish ko'nikmasini asta-sekin o'stirib borishga imkon beruvchi mashqlarni bir tizimga keltirib
ishlab chiqadi.
Ishni ko'rsatilgan miqdordagi (bitta, ko'p) turli rangdagi narsalarni doska ustiga terib qo'yish
mashqidan boshlanadi. Doska chap va o'ng tomonda yoki baland hamda pastda joylashtiriladi.
Bolalarga, masalan, quyidagi topshiriqlar beriladi: «Chap tomonga, qizil doska ustiga bitta qo'ziqorin,
o'ng tomonga, havo rang doska ustiga esa ko'p qo'ziqorin joylashtirilsin». Doskalar joyini o'zgartirib
yoki ularning ustiga qo'yilishi kerak bo'lgan narsalar miqdori haqidagi ko'rsatmalarni o'zgartirib,
pedagog (tarbiyachi) bolalarni narsalar miqdorini awal doskalar rangiga qarab, keyinroq esa ularning
fazoviy joylashishiga qarab topishga o'rgatadi.
Bunday ishga 2-3 mashg'ulot ajratiladi. Mana shu mashg'u- lotlarda bolalar yo'1-yo'lakay
chap va
o'ng qo'lini farq qilishni, qo'llarni farq qilish asosida esa narsalarning bir-biridan chapda va o'ngda
joylashganligini aniqlashni o'rganadilar.
Kichkintoylar narsalarning bir-biridan yuqorida va pastda joylashganligini aniqlashga ham
o'rgatiladi.
Bolalar vazifalarni bajarib bo'lganlaridan so'ng pedagog (tarbiyachi) ulardan har bir doska ustida
nechta (bittami yoki ko'pmi) o'yinchoq borligini aytishlarini so'raydi, kichkintoylarga yordamchi
savollar bilan ko'maklashadi.
Ikkinchi mashg'ulotda bolalar doskalar turgan joyni ham ko'rsatishga undaladi. («Chap tomondagi
qizil doska ustida ko'p o'yinchoq, o'ng tomondagi havo rang doska ustida esa bitta o'yinchoq bor».)
Keyin shunday mashg'ulotlar o'tkaziladiki, ularda bolalar tarbiyachining topshirig'iga binoan stol
ustidan bitta yoki ko'p o'yinchoq topib olib keladilar.
Bir xil o'yinchoqlarning o'zini ham birlik sonda, ham guruh holida ko'rsatish kerak. Masalan, bir
stol ustiga 1 ta kuchukcha, boshqasiga esa 3 ta kuchukcha qo'yiladi. Bolalar, bir xil narsalarning bitta va
ko'p bo'lishi mumkinligini
tushunishlari kerak, guruhlarga turli miqdordagi (3 dan 5 gacha) narsalar
kiritiladi. Bu narsa bolalarda miqdoriy tarkibi jihatidan turlicha bo'lgan to'plamlarni idrok etish
tajribasining to'planishiga imkon beradi.
Oldin topshiriqning mazmunida kichkintoy nima qilishi kerak bo'lsa, shularning barchasi
tushuntirib beriladi («Ko'p xo'rozcha olib kel»), keyinroq esa bolaning o'ziga yoqqan bitta yoki ko'p
predmetlarni olib kelishi taklif qilinadi.
Bolalar birinchi holda faqat to'plamning farqiga borishlari, ikkinchi holda esa o'zlari narsalarni
mustaqil ravishda tanlab olishlari ham zarur bo'ladi. Bu ishni bajarish kichkina bola uchun oson emas.
Mashg'ulot boshlanishida pedagog (tarbiyachi) har bir stol ustida qanday o'yinchoqlar turganini bolalar
bilan birga ko'rib chiqadi va ularning e'tiborini o'yinchoqlarning ko'p yoki bitta ekanligiga jalb etadi.
Tarbiyachi kichkintoylarning saviyasini e'tiborga olib, ularga murakkabligi turlicha bo'lgan
topshiriqlar beradi.
Topshiriqlarni bajarish shartlari yanada murakkablashib borishi shundan iboratki, bitta stol ustiga bitta
bir xil o'yinchoq va ko'p miqdorda boshqa xil o'yinchoq, masalan, bitta archa va ko'p qo'ziqorin
qo'yiladi. Bolalar ayni bir vaqtda bittani va ko'pni topishlari kerak. Ular endi o'yinchoqlarni olib
kelmaydilar,
balki stol yoniga borib, qanday o'yinchoqlarni topganliklarini so'zlab beradilar. Bolalar
keyinchalik o'yinchoqlarni tarbiyachining ko'rsatmasi asosida topadilar.
«O'yinchoq mashina, qo'g'irchoq, bitta qalam qayerdaligini top?» kabi savollar orqali
mashg'ulotlarda bolalar nutqini o'stirish ustida puxta ish olib boriladi. Ular ko'p va bitta so'zlarini
qoilashni o'rganadilar. Bir soni gapda ot vazifasida kelganida kelishikda turlanadi. Bolalar awal sodda
gaplardan foydalanadilar. «O'yinchoq mashina ko'p», «Qalam bitta». Pedagog (tarbiyachi) ularga ikkita
sodda gapni bitta qo'shma gapga aylantirishni o'rgatishda davom etadi: «O'yinchoq mashina ko'p, ammo
qalam bitta». Bunday gapda son kesim vazifasini o'tab keladi, kesim esa gapning aktiv bo'lagidir.
Jumlaning bunday tuzilishi tamomila qonuniydir. U bolaning fikri miqdoriy tomonni izlashga va uni
ajratib ko'rsatishga yo'naltirilganligidan dalolat beradi.
Izlanishlar maydoni kengaytirib boriladi. O'yinchoqlar guruhi va ayrim o'yinchoqlar turli xil
narsalar (tokchalar, stollar, tortmalar, gilam va boshqalar) ustiga joylashtiriladi. Tarbiyachi ustiga o'yin-
choqlar joylashtirilgan narsalarni bolalarga ko'rsatadi:
«Qaranglar, gilam (tokcha, stol) ustidagi o'yinchoqlarning qaysi biri ko'p va qaysinisi faqat bitta?».
Guruhda bir xil belgili narsalar bilan bir qatorda ulardan farq qiluvchi belgiga ega narsalar ham
boiishi mumkin.
Bolalar guruhni topib, undagi narsalarning umumiy belgisini aytganlaridan so'ng,
tarbiyachi bu narsalarning rangi (kattaligi) haqida bolalarga savol beradi. U kichkintoylarga guruhning
qismlarini ajratib ko'rsatishda yordam beradi: «G'ishtchalardan yo'lka, devorcha, uycha qurish mumkin.
G'ishtchalarning bir qismi qizil, bir qismi esa havo rang».
Bunday mashqlar natijasida bolalar tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitda narsalar yig'indisini va yakka
narsalarni topa oladigan bo'lib qoladilar.
Avval kichkintoylarning diqqat-e'tibori xonaning ma'lum qismiga yo'naltiriladi. «Qaranglar, pol
ustida (devorda, deraza tokchalarida...) turgan qaysi narsalar ko'p va qaysi narsalar bitta?». Asta-sekin
bolalar qaysi narsalar ko'p va qaysilari bittadan uchrashini mustaqil ravishda topish qobiliyatiga ega
bo'la boshlaydilar.
Tarbiyachi narsalarning faqat yonma-yon emas, balki bir- biridan uzoqda joylashishi ham
mumkinligini tushuntiradi. Agar kichkintoylar javob berishga qiynalsalar, tarbiyachi qo'shimcha
savollar beradi: «Qaranglar, bizning xonamizda derazalar ko'pmi? Shkaflarchi? Bizda qancha stol bor?
Stullarchi?».
Bunday mashqlar mashg'ulotdan tashqari, sayr vaqtlarida o'tkaziladi. Masalan, bolalardan devorda,
uyning tomida, hovlida nima ko'pligi so'raladi: «O'rindiqlar nechta?» — «O'rindiqlar ko'p», «Uychalar
nechta?» — «Uycha bitta» va hokazo. Tarbiyachi kichkintoylarning tevarak-atrofdagi
narsalarning
miqdorini bilishga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Narsalarning fazoda tarqoq holda bo'lishiga va bevosita ko'zga chalinmasligiga qaramasdan bolalar
asta-sekin ularni bir turdagi narsalar guruhiga fikran birlashtirish ko'nikmasini hosil qiladilar.
Bu davrda guruhdagi barcha narsalarning umumiy belgilarini, shuningdek, ularning biror
qismigagina xos bo'lgan belgilarni ajratish va aytish qobiliyatini o'stirishga katta e'tibor beriladi.
Narsalarning sifat belgilarini ajrata olish ko'nikmasi ular o'rtasidagi miqdoriy nisbatlarni tahlil
qilishga o'tish imkonini beradi. Bolalarda narsalarning miqdori, sanog'i va ularning ko'p sonli
xossalaridan eslab qolish qobiliyati paydo bo'ladi.
Miqdoriy tasavvurlarni shakllantirish ishining ikkinchi bosqichi boshlanadi.