Теst topshiriqlari tort asosiy shaklining yutuq va kamchiliklari
2-jadval
№
|
Теst topshirig’ining shakli
|
Аsosiy afzalliklari
|
Кamchiliklari
|
1.
|
2 hil javobli yopiq test topshiriqlari
|
Коmyuter test o’tkazishga mos keladi. Ekspress nazorat o’tkazish mumkin
|
Тo’g’ri javobni toppish imkoniyati. 50%
|
3 hil javobli yopiq test topshiriqlari
|
Bu usul javoblar soni uchtadan ortiq bo’lmagan holda ishlatiladi
|
Аniq javobga yaqinlik imkoniyati 33%
|
4 hil javobli yopiq test topshiriqlari
|
Jahon test uslubiyatida qo’llaniladi
|
Тo’g’ri javobni topish imkoniyati 25%
|
5 hil javobli yopiq test topshiriqlari
|
Bu uslub abituriyentlarO. O’.Y ga qabul qilishdek ma’suliyatli damlarda qo’llaniladi.
|
Besh javobli topshiriqni boshqalarga nisbatan tuzish qiyinroq
|
Bir necha to’g’ri javobli yopiq test topshiriqlari
|
Javoblarni to’g’ri topish imkoniyati past. Ko’p marotaba fikrlashni rivojlantiradi
|
Аsosiy qiyinchilik haqiqatga yaqinroq noto’ri javobni tanlash.
|
2.
|
Оchiq test topshirig’i
|
Тo’g’ri javobni osonlikcha toppish imkoniyati yo’qoladi.
|
Bilimlarni baholash doirasi kamayadi
|
3.
|
O’xshashlikni aniqlashga yo’naltirilgan topshiriqlar
|
Bir ko’plik elemetining ikkinchi ko’plik elementiga bo’lgan o’xshashliklarni aniqlashga yordam beradi
|
Baholash mezoni aniqlashdagi qiyinchiliklar
|
4.
|
Тo’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga mo’ljallangan topshiriqlar
|
Аlgoritmik bilimlarni tekshirishga mo’ljallagan
|
Harakatning ketma-ketlik, uzunlik zanjiri hamma vaqt ham bir hil emas
|
Ushbu test topshiriqlarining formasi juda qisqa izohlangan. Bu haqidagi keng qamrovli ma‘lumotni “O’quvchi va talabalarning bilimini obektiv baholash” deb nomlangan o’quv qo’llanmasidan olindi.
Psixologik ta’rifiga ko’ra test- qisqa, standartlashgan, vaqti cheklangan, individlararo psixologik farqlarnbi aniqlash uchun ishlatiladigan uslubdir. Testlar ichida eng ko’p tarqalgani intelektual testlar, maxsus qobiliyatlarni o’lchaydigan testlar, texnik tafakkur, fazaviy tasavvurlar, psixomotorika testlari va hakazolardir.Xozirda biz maktablar va oliy o’quv yurtlarida qo’llayatgan testlar. Erishgan muvoffaqiyatlarni o’lchash testlari deb atalib, bu tetslar yordamida maktab bo’limlari, malaka, ko’nikma, umumiy va kasb tayyorgarligi tekshiriladi. Psixologik tetslarni turli asoslarga ko’ra klasifikatsiya qilish mumkin.
Qo’llash maqsadiga ko’ra – kasb tanlash, kasbga layoqatliligining shakllanishi dinamikasi va xakazo. Testni qo’llash formasiga ko’ra- individual, guruppaviy, mazmuniga ko’ra-intelektik, sintetik, apparatura, “qalam-qog’oz”, verbal, noverbal testlar mavjud. Patopsixologik tadqiqotlarda klinik testlar qo’llaniladi.
Testologlar qo’yiladigan talablarga ko’ra tetslar qo’yidagi talablarga to’la javob berishi kerak.
Birinchidan: testlar psixologlar tomonidan turli vaqtda va xar-xil joyda yig’ilgan natijalarni qiyoshlashni ta’minlaydigan darajada standartlashgan bo’lishi kerak.
Ikkinchidan : Testlar ishonchli , uchinchidan valid bo’lishi kerak. Testning ishonchliligistatistik ma’noda – test yordamida olinadigan ma’lumotlarning mutaxassisligi, doimiyligidir. Testning ishonchliligi 2 hil usul bilan tekshiriladi. Testni birinchi marta va qayta qo’llanililgandagi olingannatijalaro’rtasida korrelyatsiya o’rnatish yo’li bilan (Test ishonchliligi koeffisienti) yoki bitta test yordamida olingan ma’lumotlarni boshqa teng kuchli tez yordamida olingan ma’umotlar bilan solishtirish yo’li bilan.
Testning validliligi – adekvatliligi – va foydaliligi, amalilyligi – tadqiq qilinayotgan hususiyatini o’lchash aniqliligini harakterlaydigan muhim belgi bo’lib, u test o’zi baholash kerak bo’lgan narsani haqiqatdan ham aks ettirayaptimi u testing alohida bo’laklari o’rganiladigan umumiy muammoga adekvatmi degan
savollarga javob berish kerak. Testniong validligi shu test yordamida olingan natijalarni boshqa o’lchov natijalariga – korrelyatsiya qilish yordamida o’lchanadi.
Masalan: Qobilyat testing validligishu test yordamida olingan natijalarni aynan shu qobilyat yordamida bajariladigan faoliyat muvaffaqiyati bilan korrelyatsiya qilish vositasida aniqlanadi. Test validligini tekshirish validatsiya yoki validzatsiya deb ataladi. Valdatsiyaning uchta tili mavjud.
Mazmuniy validatsiya
Daraja bo’yicha (Empirik) validatsiya
Tushunchalar yoki konstruktiv validatsiya.
Testlar uzoq tarixga ega bo’lsa ham ularning keng tarqalishi fransuz loyihalari: A. Bine va uning xodimi A Simonlar tomonidan Bine – Simon testining 1905 yili e’lon qilinishidan keyin boshlandi. Bine – Simon testlar to’plami umumiy maktabda o’qiy olmaydiganlarni aniqlash uchun maktabgacjha va kichik maktab yoshidagi bolalar intellektini tekshiradi. Bimne maqolasi keyinchalik Fransiya, Germaniy Rossiya
Psixologik diagnostkia metodi sifatida testlar topshiriqlar to’plami, grafik tasvirlar, rasmlar yordamida tuziladi Bu material ma’lum ma’noda ayrim millat yoki sinfning madaniyatini aks ettiradi. Har qanday millat yoki sinf baravar tekshirishga yaroqli universal testlar bo’lmaydi.
Erishilgan muvaffaqiyat testlari o’quv materiallari asosida tuzilgan standartlashtirilgan testlar bo’lib o’quv bilimlari va malakalarini egallash darajasini aniqlash uchun qo’lllaniladi, o’quv predmetlari va tga’lim darajasiga mos ravishda tuzilib, sinfda, vuzlarda o’quv gruppalarida ommaviy tarzda o’tkazishga moslanadi. Ko’pgina mamlakatlarda bu testlar imtixon tuzumini almashtiradi. Kasbga layoqatlilikni aniqlovchi testlar ham kelishilgan muvaffaqiyat testlariga kiradi.
Intellekt testlari – aqliy taraqqiyot darajasini baholash, o’lchash uchun ishlatiladigan psixolognostik uslubdir. Venslar, stenford – vine testlarida topshiriqlar ko’proq so’z – mantiqiy tafakkurga yo’naltirilgan bo’lsa, bazi testlarda topshiriqlar ko’rgazmali - obrazli va ko’rgazmali – harakat tafakkuri darajasini baholash uchun ham tuzilgan. Bundan tashqari intellekt testlari ma’lum ma’noda hotira, diqqat, fazoviy orientirovka, verbal tarqaqqiyotva hokazolarni ham baholaydi. Ba’zi teslar Verbal javob talab qilmaydigan topshiriqlardan tuzilgan. Masalan: Raven testi
Pisixologik diagnostik nazariyasi masalalari, asosiy tushunchalar va malumotlarni qayta ishlash uslublarining hal qilinishi intelekt testlari bilan bevosita bog’liq. Intelekt testlari eng ko’p qo’llaniladigan va ko’p tarqalgan testlardan hisoblanadi. Ko’ogina yetakchi mamlakatlarda intelekt testlar xozirgachaqoloq bolalarni tanlab olish va qobilyatlar bo’yicha diferentiatsiya qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Fransiya psixologi A.Bine fikriga intelekt testi yordamida imdvid intellectual pottensial imkonyatlarni aniqlash nuqsonli bolalarni normal rivojlangan bolalardan ajratish mumkin.
Shaxs testlari – psixikfaolyatning xissiy- irodaviy bo’laklarini (shu jumladan shaxslararo munosabatlarni), mativizasiyani , qiziqishlar , emotsiyalarnishu bilan birga tasvirlanayotgan ijtimoiy vaziyatlarda indvid xuquq xususiyatlarini aniqlashga yo’nal;tirilgan psixadiagnostik usuldir. Shaxs testlarigaproektiv testlar, shaxs so’rov normalari va faoliyat testlari kiradi.
Proektiv testlar-shaxs diagnostika qilishga mo’ljallangan metodlar to’plamidan iborat bo’lib, bunda tekshiriluvchilarga noaniq (ko’p manoli) vaziyatlarga o’z munosabatlarini bildirish taklif qilinadi, masalan: syujetlarnirasim mazmunini talqin qilish (tematik appersepsiya testi), tugallanmagan jumlani tuldirish yoki syujetli rasimdagi odamlar fkrini tugallash (rozensveyg testi), noaniq chizmalarni talqin qilish (Rorshax testidagi siyox dog’lari), odamlarni rasmini chizish (Maxover testi) va xakozo. Proektiv testlar asosan Krepalinning ersh assosinsiya metodikasidan keyin qo’llanila boshlagan. Intelektual testlardan farq qilib proektiv test javoblarialternativ (yo to’g’ri yo noto’g’ri) bo’lmaydi, bu yerda javoblar, yechimlar diapazon nihoyatda keng bo’lishi. Proektiv testlar mazmuni shundayki, tekshiriluvchi berdigan javoblar xarakteri uning shahsi hususiyatlari bilan aniqlanadi, yani shaxs xususiyatlari javoblarda proeksiya qilinadi, aks etadi. Proektiv testlarning maqsadi ancha yashirin bo’lganligi trufayli tekshiriluvchilarda javoblar orqali o’zi xaqida o’zi xoxlagandek tasavvur qilish imkonyati kamayadi. Proektiv testlar shaxs xarakterining ayrim xususiyatlarini emas, uni glabar to’la baxolash mo’ljallangan. Proektiv testlar uchun boshqa testlarga nisbatan qo’llanadigan ishonchliylik, validlilik talablarini qo’llab bo’lmaydi.
Qobilyatlilik (iqtidorlilik) testlari-individning bilim ko’nikma va malakalarni egallashning umumiy va maxsus imkonyatlarin I baxolash uchun mo’jallangan testlardir. Bu katigoriyaga qaraydigan testlar intelektual va maxsus- muzikaviy, badiy sport va h.k. Qobilyatlarni baxolash muzikaviy, badiy, qoblyatlarni baxolash imkonyatini beradi. Bazi testaloglar masalan: A.Anastazi qobilyat testlari bergan xulosalar indvidning kelgusidagi xulqi uning qoblyatlari va iqtidori xaqida nsbiy fkir yuritishganini imkon beradi dweb hisoblashadi.
Qo’lingizdagi testlar Gans Yu Ayzenkning “O’z qobiliyatlaringizni tekshiring” kitobidan Farg’ona sharoitiga moslab tarjima qilingan. Bu suvlarni taklashda mumkun qadar joy-sheva xususiyatlarini hisobga olishga xarakat qildik. Test javoblari kalitlarini xamberishga qaror qildik-ki, bu narsa xar bir o’quvchiga qoblyatlarini o’lchashga imkon beradi deb o’ylaymiz.
Sizga o’z qobilyatlaringizni tekshirib ko’rishda va o’z o’zingizni tarbiyalashda, o’z oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishishda omad tilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |