Аннотация:
В статье анализируется паремиологический фонд языка
как лингвокультурной единицы.
Annotation:
In this paper, the paremiological fund of language is analyzed as
a linguocultural unit.
Ma’lumki, tilning paremiologik birliklari hisoblangan maqol va matallar
folklorshunoslik sohasining asosiy janrlaridan biridir. Paremia grekcha so‘z bo‘lib,
hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma’nolarini bildiradi. Xalq orasida maqol
ko‘pincha maqol, masal, naql, otalar so‘zi va oqinlar so‘zi kabi atamalar bilan
mashxur.
Xalq og`zaki ijodi namunasi hisoblangan maqollar o‘zida har bir til
jamoasining o‘ziga xos tarixi, madaniyati, urf-odatlarini aks ettiradi. Ular mazmun
jihatdan o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanib maslahat berish, kesatish,
tanqid qilish, yupatish kabi pragmatik ma’nolarni, o‘zida madaniy axborotlarni aks
ettirib esa lingvokulturologik axborotlarni ifoda etadi.
Ma’um bir xalqqa, madaniyatga emas, barcha millatlar uchun tegishli bo‘lgan
maqollar shular lingvokulturologiyaning predmeti bo‘la olmaydi. Mazkur fan tadqiq
doirasiga kirish uchun maqol biror xalqning tarixi, madaniyati, turmushi,
ma’naviyati bilan chambarchas bog`liq bo‘lishi lozim.
1
Sh.Usmonova buni shunday izohlaydi, Andijonda mehmon kelgan xonadonga
hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek
xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi.
Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron
idishda shu ovqatdan uzatishadi.
Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan
maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan.”
2
1
Саидова М., Қўзиев У. Лингвоеультурология (Услубий қўлланма) – Наманган, 2017.
2
Usmonova Sh. Lingvokulturologiya.Toshkent: Universitet, 2014.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
32
Quyida ingliz va o‘zbek madaniyati orasidagi farqlar aks etgan maqollarni
ko‘rib chiqamiz:
1.
Like water off a duck’s back
( tarjimasi: Suv o‘rdakning patidan sirg`alib
tushgandek),
o‘zbekcha varianti:
Dunyoni suv bossa o‘rdakka ne g`am.
2.
Don’t bite the hand that feeds you
( tarjimasi: senga ovqat bergan qo‘lni
tishlama)
o‘zbekcha varianti:
Qaytib kiradigan eshigingni qattiq yopma
.
3.
The early bird catches the worm
( tarjimasi: erta tutgan qush qurtni tutadi)
o‘zbekcha varianti:
Erta turganga Xudo baraka beradi.
4.
A drowning man will clutch at a straw
( tarjimasi: cho‘kayotgan odam
somonni changallab oladi)
o‘zbekcha varianti:
Cho‘kayotgan odam cho‘pga ham yopishadi
( afg`onlarda:
cho‘kayotgan odam ko‘pikka ham yopishadi
).
5.
Ill gotten, ill spent
( tarjimas: yomonlik bilan topilgan, yomonlikka ketar)
o‘zbekcha varianti:
Haromdan kelgan haromga ketar.
Maqollar o‘zida ma`’lum bir konseptni ifodalashiga ko‘ra alohida ahamiyatga
ega. Masalan, maqollarda vatan, vatanparlik konsepti ifodalangan:
1. Fil tushida Hindistonni ko‘rar.
2. Har qush o‘z uyasiga qarab uchar.
3.Bulbulga bog‘ yaxshi, Kaklikka — tog‘.
4. Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas,
Yurt qo‘riganning yurti buzilmas.
Quyidagi maqollardan esa adolat konsepti ifodalangan:
1. Har kim fe’liga yarasha olar.
2. Har kim qazigan chuquriga o‘zi yiqilar.
3. Haq ishni xalq qo‘llar.
4. Haq nohaq bo‘lmas.
5. Haq egilar, nohaq sinar.
O‘zbek tilida
“Do‘st — do‘stning oynasi
” maqoli ingliz tilidagi “
A
friend’s
eye is a good mirror
” ( Do‘stning ko‘zi yaxshi oynadir) to‘g`ri keladi va do‘stlik
konseptini anglatadi.
Madaniyatlararo tafovutlar iboralarda ham o‘z aksini topadi. Masalan
, tip of
the iceberg – xamir uchidan patir
( katta, ko‘p narsadan boshlang`ich va kichik bir
qism), yoki
plain as day – kunday ravshan
( ochiq-oydin, aniq).
Yuqoridagi misollardan lo‘rinib turibdiki, tilning paremiologik fondi, iboralar
har bir til jamoasining o‘z tarixi, yashash sharoiti va urf-odatlaridan kelib chiqib
shakllanadi. Masalan, qadimgi turkiylarda erkaklarning sirg`a taqishi ularning
ulg`ayishi va erlik darajasiga chiqishining bir ramzi hisoblanib, 14 yoshga to‘lgan
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
33
o‘smirning qulog`iga turkiy afsonalar va otalarining ismlari shivirlangan va
quloqlari urug` oqsoqollari tomonidan teshilgan,
qulog`iga sirg`adek taqib olmoq
iborasi shu ritualdan kelib chiqqan deb qaraladi.
1
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, madaniyatlararo tafovutlarning kelib
chiqish sababi bir til egalari yoki madaniyat egalarining olamning lisoniy manzarasi
haqidagi bilimlari boshqa til egalariga begonalidadir. Barcha xalqlarning tarixi,
madaniyati, dunyoqarashlari aks etgan madaniy axborotlarni ifodalashda tilning
paremiologik fondi alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |