Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
191
IQBOL MIRZO SHE’RIYATINING FONOPOETIK XUSUSIYATLARI
Hamroyev Umid Mustafoyevich
Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
I kurs magistranti, Xalq ta’limi a’lochisi
Annotatsiya:
Maqolada Iqbol Mirzo she’riyatida fonopoetik xususiyatlarning
o‘rni, unda fonografik vositalarning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar atroflicha
o‘rganilgan va aniq misollar asosida izohlangan.
Kalit so‘zlar
: fonografik vositalar: alliteratsiya, undoshlar takrori, assonans,
unlilar takrori, geminatsiya undoshlarni qavatlash.
Jahon tilshunosligining bir bo‘lagi bo‘lmish o‘zbek tilshunosligi ham keyingi
ellik yilda taraqqiyot bosqichiga chiqib olganligi e’tirofga loyiq. Tilshunoslikning
yangi yutuqlarga erishishi, uning boshqa sohalar bilan integratsiyasi
pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, neyrolingvistika, gender
tilshunoslik,
lingvopersonologiya,
lingvokulturologiya,
lingvopoetika,
narralingvistika kabi yangi-yangi fan va sohalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Hozirda mazkur sohalarga qiziqish kuchayganligi va shu yo‘nalishlarda ham ko‘zga
ko‘rinarli tadqiqotlarning amalga oshirilayotganligi mazkur ishlarning milliyligimiz
zaminidan uzilmagan holda jadallashuvi, tabiiyki, yurtimizning milliy mustaqillikka
ega bo‘lishi bilan bog‘liq, ya’ni erishilgan, erishilayotgan yutuqlar milliy istiqlolimiz
mevalaridir. Zero, yurtimizda bugungi kun tartibiga qo‘yilgan: “... Ilmiy tadqiqot va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama
qo‘llab quvvatlash vazifasi”1 ham tilshunoslikning barcha yo‘nalishlarida davr
ruhiga mos tadqiqotlar olib borish hamda turli amaliy tajribalar o‘tkazishni taqozo
etadi.
Biz shu o‘rinda hozirgacha yaratilgan lingvopoetik tahlil usullariga tayangan
holda O‘zbekiston Xalq shoiri, o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, yo‘li va o‘rni
bo‘lgan shoir, ijodkor Iqbol Mirzo she’riyatining fonopoetik xususiyatlariga e’tibor
qaratamiz.
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik
xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq
tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga
xos jozibador, nutqning boshqa biror ko‘rinish-u shakllarida takrorlab bo‘lmas
ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikni ta’minlashga nutqning eng kichik birliklari
1
Do'stlaringiz bilan baham: