Масъул муҳаррир


BIOLOGIYA DARSLARIDA SAYOHAT MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH VA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BIOLOGIYA DARSLARIDA SAYOHAT MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH VA 
O‘QUVCHILARNI NAZARIY OLGAN BILIMLARINI HAYOTGA TADBIQ ETISH
Karimova Zumradxon Isroildjonovna
Andijon viloyati Asaka tumani
11-maktab biologiya fani o‘qituvchisi .
Telefon: +998914879052
Elektron pochta: muslima1518@umail.uz
Annotatsiya. Ushbu maqolada biologiya darslarida ekskursiya darslarini tashkil etish va shu 
bilan birga o‘quvchilarga jonli tabiat haqida ma’lumot berish, kompitensiyaviy yondashish, 
o‘quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirishda ekskursiya darslarini ahamiyati haqida fikr
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Ekskursiya, fauna, flora, ensiklopediya, gerbariy, ekologiya .
Hozirgi kunda yosh avlodga ta’lim – tarbiya berishda ustozlar oldiga katta vazifalar va 
topshiriqlar qo‘yilgan. Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar 
tayyorlash milliy dasturiga umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining muayyan bilimlarini egallashlari 
barobarida ularda bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj, qiziqish, tabiatni asrash, ahloqiy fazilatlar, ongli 
ravishda fikr yuritish o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ko‘rsatilgan. O‘quvchilarni OTMga 
o‘qishga kirib ta’lim olishni davom ettirish, kelajakda yetuk insonlar bo‘lib yetishishi uchun 
xizmat qilishdan iboratdir.
O‘quvchilarga dastavval “Ekskursiya” so‘zining ma’nosi haqida ma’lumot beriladi. 
“Excursio” - “sayr etish “ degan ma’noni anglatadi. Ochiq tabiatga, issiqxonalarga, chorvachilik 
fermer xo‘jaliklariga, jamoaviy ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda 
reja asosida sinflarda ekskursiya darslari berilgan. Demak, ekskursiya ta’lim-tarbiyaning bir 
shakli bo‘lib, o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarini amalda ko‘radilar. Biologik ekskursiya bu-
sinfdan tashqarida O‘lkashunoslik muzeyida, botanika bog‘larida, fermer xo‘jaliklarida, ilmiy 
tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv xarakteridagi mashg‘ulotdir. Tabiatning 2 xil 
ekanligiga yanada ishonch hosil qiladilar. Tirik tabiatdagi eng sodda va murakkab tuzilishga 
ega bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar o‘zaro bog‘langanlilarini ko‘radilar. Bu esa o‘quvchilarni 
tabiatga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ekskursiya darslarini tashkil etish ta’lim sifatini oshirib 
berishga va shu bilan birga o‘quvchilarga ahloqiy tarbiya, intizomli bo‘lishga, tabiatga hurmat 
bilan qarashga, do‘stlar bilan muloqat qilshga, amalda nazariy olgan bilimlarini hayotga 
qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi do‘stona munosabatni, o‘quvchilani 
yanada yaqindan psixologik jihatlarini o‘rganish imkonini beradi . O‘quvchilar tabiat go‘zalligini 
his qilishni, unga do‘stona munosabatda bo‘lishni, tabiatga va Vatanga bo‘lgan muhabbatini 
oshiradi. Ekskursiya darsi mobaynida o‘quvchilarga qanday qilib o‘simliklardan gerbariylar 
tayyorlashni o‘rgatish o‘simliklar qismlari : ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi, qushlarning 
patlari, chig‘anoqlar, hasharotlar yig‘iladi. O‘quvchilar tirik va tabiiy ob’ektlarini yig‘ish va 
rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilib boradilar.
Biologiyada ekskursiya darslarini tashkil etishda quydagilar tavsiya etiladi: Asosan 
o‘qituvchining kirish suhbati bilan ekskursiya darsi boshlanadi. Asosan reja asosidagi ekskursiya 
mavzusi, unung maqsadi va mohiyati tushuntiriladi. Qay tartibda o‘tkazish o‘quvchilarga 
tushuntiriladi va shu bilan birga o‘quvchiarni guruhlarga bo‘lib har bir guruhdagi o‘quvchilarga 
topshiriqlar beriladi. Ekskursiyada foydalaniladigan jihozlarni javobgarligi o‘quvchilarga 
tayinlangan holda beriladi. O‘tkazilayotgan ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi 
ob’ektlar o‘rganiladi. Ekskursiya joyidagi ob’ektlar 2 xil bo‘ladi: Illyustrasiya va mustaqil ishlar 
tashkil etish.
Illyustratsiya usuli - o‘qituvchining ekskursiya joyidagi ob’ektlarni frontal ravishda ko‘rsatish 
tushuntirib berishni nazarda tutadi. O‘simlik va hayvonlarni, ularning ayrim qismlaini, hayot 
xodisalarini izchillik bilan o‘qituvchi ko‘rsatib tushuntirib beradi. O‘quvchilar bilan birgalikda 
savol-javoblar o‘tkaziladi. Mustaqil ishlar uyushtirish usuli – ekskursiya joyini o‘rganadilar. 
O‘quvchilar mustaqil ravishda o‘simliklar, hayvonlarni o‘rganadilar ular haqida ma’lumotlarni 
yig‘ib boradilar. Guruhdagi o‘quvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlarni o‘qituvchi aniq va 
tushunarli qilib topshirishi kerak.


448
10
O‘quvchilar ekskursiya davomida o‘zlari to‘plagan materiallarga ishlov beradilar. 
Gerbariylarni yo‘riqnoma asosida tayyorlaydilar. Tayyorlagan materiallaridan dars jarayonlarida 
foydalanadilar. To‘garak mashg‘ulotlarida, ko‘rgazmalar tashkil etishda va o‘quv-laboratoriya 
xonasini bezashda foydalanadilar.Ekskursiya darslari o‘quvchilarning tabiat atrof- muhit 
go‘zalligini his qilishga, tabiatn i asrashga, tabiatdagi barcha o‘simliklar, hayvonlar bir – biriga 
uzviy tarzda bog‘liqligini tushunishga imkon beradi. O‘quvchilar estetik tarbiya oladilar. Tabiat 
biotsenozlarining bir butunligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. Hayoti davomida tabiatda 
uchraydigan dorivor, vitaminlarga boy bo‘lgan o‘simliklrdan foydalanishni o‘rganadilar Xulosa 
qilib aytganda ekskursiya darslari o‘quvchilar bilimini, fikrlash doirasini kengaytiradi. Hayotiy 
ko‘nikmalarni shakllantirishda, kompetentliligini ta’minlashda muhim ahamiayatga egadir. 
O‘quvchilarni ekskursiya darslariga yanada qiziqishlari ortib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.A.Karimov “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” “O‘zbekiston” 
1997 yil.
2. A.T.G‘ofurov, M.Maxkamov “ botanikadan ekskursiyalar o‘tkazish metodikasi”, 
“O‘qituvchi” 1991yil.
3. J.Tolipova va boshqalar “Botanika “ 5-6 sinflar metodik qo‘llanma. 2003yil.
4. A.T.G‘ofurov, O.M.Nosirov “ Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini 
shakllantirish” , ”O‘qituvchi” 1985yil.


449

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish