10
TA’LIMI TIZIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION MUHITNI YARATISH:
ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALAR
Kaipova Kizlargul Paxratdinovna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qanliko‘l tumani 8-sonli maktab informatika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqola ta’lim jarayoniga joriy qilinayotgan elektron ta’lim resurslarining
amaliyotga tatbiq qilinayotganligi hamda “Eng yaxshi dars” ishlanmasi onlayn tanlovi
loyihasining imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mualliflar axborot kommunikatsiоn
texnologiyalarining komponentlari bo‘lgan axborot tizimlarini ta’lim jarayoniga joriy etilishini
aytib o‘tgan.
Kalit so‘zlar. Kommunikatsiya, muhit, loyiha, ta’lim, komponent, virtual laboratoriya, jarayon.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi amaldagi axborot-kommunikatsiya muhitining alohida
komponentlari bo‘lgan axborot tizimlari, ma’lumot banklari, muassasa, tashkilot, pedagog va
o‘quvchilarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-ta’lim resurslari, virtual
laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya
aloqalari, internet tarmog‘idagi onlayn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol
foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv tarbiya
jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Axborot-kommunikatsiya muhitini shakllantirish borasidagi tizimda amalga oshirilgan
ishlarning orasida axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz)ning salmoqli o‘rni bor.
“Axborot muhiti” bo‘limida portal haqidagi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, xalq ta’limi
tizimining asosiy ko‘rsatkichlari, tasdiqlangan darslik va qo‘llanmalar, yilning eng yaxshi
o‘qituvchilari, maktab saytlari, hayot xavfsizlik asoslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi
shakllantirilgan bo‘lib, unda Xalq ta’limi vazirligining yagona axborot ta’lim muhitiga: –
o‘quvchilarning ta’lim vositalari hamda masofaviy ta’lim shaklini ta’minlash; – o‘quvchilarni
o‘quv-metodik materiallardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish; – axborot resurslaridan qulay
foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratish;
Shuningdek, “Ta’lim muhiti” bo‘limida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar,
o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari, xorijiy tillarni o‘rganish,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, attestatsiyadan o‘tish, elektron interfaol
doskadan foydalanish bo‘yicha axborotlar jamlangan.
Bundan tashqari, portal multimediali mahsulotlar, virtual laboratoriyalar, elektron kutubxona,
masofaviy ta’lim, psixologik yordam, maktablar, bog‘chalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini
o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda qayta aloqa tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ammo axborot-kommunikatsion muhiti (AKM)ning mazkur komponentlardan, resurslardan
foydalanish samaradorligi talab darajasida emas, buning sabablari:
- ular tarqoq joylashgan;- komponentlar o‘zaro bog‘lanmagan, tarqoq holda ishlaydi;
- targ‘ibot tashviqot ishlari yetarli emas;
- joylarda uzluksiz elektr ta’minoti va internet tarmog‘iga ulanganlik darajasi past;-
tizimdagi rahbar va pedagog xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha
savodxonliklari bugungi kun talabi darajasiga yetgani yo‘q.
Xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya muhitini shakllantirishning bosh maqsadi –
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini XXI asr axborot hamjamiyati sharoitida to‘laqonli
va samarali hayotiy faoliyatga, uning asosi bo‘lgan: maishiy, ta’limiy, jamoatchilik va kasbiy
sohalarini hisobga olgan holda tayyorlashdan iborat.
Kundan-kun kundalik hayotimizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal kirib
kelayotganligini inobatga olib, o‘quvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik, pedagoglar, ta’limning boshqaruv
idoralari hamda manfaatdor tashkilot va muassasalarning faolligini oshirish, axborot-kommunikatsiya
muhitining shakllantirilishida ularning har birining tutgan o‘rni va kelajagi haqida hamkorlikdagi
loyihalarni samarali tatbiqi bilan bog‘liq ekanligi doimiy diqqat markazimizda bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – T., 1997.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T., 1997.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada
takomillashtirtish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 1875-sonli qarori. 2012-yil 10-dekabr.
442
Do'stlaringiz bilan baham: |