Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH
Hoshimova Manzura Turg‘unboyevna
Oltiariq tumani 13-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
e-mail:manzuraxon@mail.ru
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini 
shakllantirish, o‘quvchilarni maktab shariotiga ko‘niktirish, kichik yoshdagi o‘quvchilarbi 
baholash kabi jarayonlar xususida so‘z boradi
Kalit so‘zlar: ta’lim muassasasi, boshlang‘ich sinf, kichik yoshdagi o‘quvchi
Boshlang‘ich sinf bolalarini ilk o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyatining asosiy komponentlari 
– o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (V.V.Davidov bo‘yicha) 
tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay 
bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. Agar bola o‟quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, 
bu uning o‘quv harakatlarini, yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi, 
yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo‘lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajarilgan 
harakatlar natijalarini o‘z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishi unda o‘z-o‘zini 
nazorat etish xususiyatlarining ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Bola shu 
davrgacha bevosita kattalarning rahbarligida u yoki bu axborotni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, 
endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma‘lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar 
qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanishini 
bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta‘lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal 
rivojlantiradi. Shu yoshdagi bola boshqa davrlarga qaraganda ko‟proq narsani o‘zlashtiradi. 
O‟quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo‟llari bilan tanishadilar 
va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. Pedagogik 
psixologiyaning asosiy talablarida boshlang‘ich sinf ta’limi dasturlaridagi ko‟pgina mavzu va 
bo‘limlarni o‘rgatish bolalarni ma‘lum bir sinfga taalluqli namunalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish 
orqali tashkil etilishi kerak deb ta’kidlanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganligi 
bu tushuncha va yo‘llarni shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‘quv harakatlarini bajarishga 
o‘rgatilmaganligi natijasidir. O‘quv-biluv qiziqishlarini shakllantirish usul va vositalari orasida 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• qiziqarli vaziyatlar orqali o‘qitish;
• o‘quv materialining yangiligi;
• tarixiylik, bilimlarning ularni kashf qilgan shaxslarning hayoti bilan bog‘lab o‘qitish;
• o‘zlashtirilayotgan bilimlarning amaliy ahamiyatini ko‘rsatish;
• o‘qitishning yangi shakl va metodlarini qo‘llash;
• o‘qitish metodlarini navbatma-navbat almashtirish kabi.
O‘quvchilarda mantiqiy mushohada yuritish, intiluvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish, 
fanlarga qiziqishini tizimli tashkil etish - mustaqil, erkin fikrlovchi, keng dunyoqarashga 
ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdеk muammo o‘z yеchimini topishda ushbu zarur vazifaga 
yеtarlicha baho bеrilmayapti. Buning natijasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlamay, fanlarni 
o‘zlashtirishda sustlik yuzaga kelmoqda. O‘quvchilar mantiqiy fikrlarini kеtma-kеtlikda bayon 
eta olishlari, muayyan masalaning mohiyatini tushunib tahlil etib bеrishlari, umumlashtirish va 
xulosa chiqarishda qiynalishmoqda. Olib borilgan tahliliy natijalarda va DTSda o‘quvchilarni 
fanga qiziqtirish uchun zarur bo‘lgan mantiqiy mushohada yuritish ko‘nikmalari haqidagi 
mulohazalar o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, o‘qitish mеtodlarini ilmiy mеtod sifatida rolini 
inkor etmagan holda, uning rivojlanish dinamikasi haqida o‘quvchilarni tayyorlab borish va 
bu jarayon kеlajak ilmiy izlanishlarga poydеvor bo‘lishini bilishlari zarur. O‘qitish mеtodlari, 
o‘qitish vositalari bilan intеgratsiyalashuvida bosqichma-bosqich ta’lim sifatini ko‘taruvchi, 
o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishga, unga qiziqishiga asos bo‘luvchi, undan iqtidorli 
o‘quvchilarni yuksak marralarga yеtaklovchisi sifatida namoyon bo‘lish kеrak. Hozirgi zamon 
ta’limining bosh va asosiy vazifasi o‘quvchining intellektual darajasini, yaratuvchanligini, 
ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olish, yaratishga 


419
10
ruhlantirishga qaratilmog‘i kerak. M’’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko‘ra), olti 
yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq 
ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo‘lar ekan. Agar shu davrda u bilan olib borilayotgan 
ta’lim jarayoniga faqat an’anaviy asosda yondashilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so‘nib 
boradi. O‘quv-biluv ijodkorlikka yo‘naltirilsa - uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati oshib 
boradi. Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o‘zi bilangina cheklanmay, ya’ni 
subyekt (bola)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya’ni 
ijodkorlikka bolalikdan o‘rgatish mumkin va zarur. Umuman, ulug‘ kashfiyot namoyondalari 
fikrlash algoritmini yaxshi o‘zlashtirganlar, chuqur, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar. Ular, 
asosan, evristik metod va usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon 
qilganlar. Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar 
jadallashtirilgan holda kechsa, u holda ta’lim kreativ yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘quvchining faolligi 
tufayli uni yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi. Ijodkorlik va madaniyatlilik o‘quv faoliyatida 
doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi, ta’lim sifatining oshishiga va predmetning 
qiziqarli bo‘lishiga erishiladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Hasanboyev J., Hasanboyeva O., To‟raqulov X.A., Haydarov M. Pedagogika fanidan izohli 
lug‟at. – T., 2008. 
2. Jo‘raqulov R. Dam olish daqiqalari. – Samarqand, 2010.
3. Usmonov M. Komillik o‘gitlari. – T.: Moliya, 2003-y., 22-b. 
4. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. - 160 b. 
5.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 
1993. – 224 b. 
6. http//www.Norma.uz.


420

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish