Масъул муҳаррир


PEDAGOGIK JARAYONNING OBYEKTI VA SUBYEKTI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
PEDAGOGIK JARAYONNING OBYEKTI VA SUBYEKTI
Muminova Odinahon Toshtemirovna 
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 
19-umumiy o‘rta talim maktabining 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
O‘rmonova Feruzahon Nuriddinovna
Oltiariq tumani 17-umumiy o‘rta talim 
maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: 90-390-80-36

Annotatsiya: Maqolada muallif har bir sohada olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-
ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xalqimiz ma’naviyatini bundan ham yuksaltirish masalasiga 
qaratilayotganligi, shu kunlarda esa millatimiz va davlatimizning kelgusi sohiblari bo‘lgan 
yosh avlodning tarbiyasiga, ma’naviyatiga e’tibor berilishi, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoniga 
innovatsion yondashib, o‘quvchini pedagogik jarayonning ham obyekti ham subyekti sifatida 
ko‘ra bilishi, hamda ta’lim jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan talablar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ma’naviyat, jamiyat, qadr-qimmat, inovatsion yondashuv, pedagogik jarayon, 
obyekt, subyekt, ta’lim prinspi. 
Jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ilm-fan taraqqiyoti bevosita dunyoqarashini 
shakllantirib kelmoqda. Biz o‘z hayotimiz misolida Prezidentimiz boshchiligida har bir sohada 
olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xalqimiz ma’naviyatini 
bundan ham yuksaltirish masalasiga qaratilayotgan e’tiborning guvohi bo‘lib turibmiz. Shu 
kunlarda esa millatimiz va davlatimizning kelgusi sohiblari bo‘lgan yosh avlodning tarbiyasiga, 
ma’naviyatiga ota-ona bilan barobar mas’ul bo‘lgan zotlar – ustoz va murabbiylarga e’tibor berish, 
ularning jamiyatdagi qadr-qimmatlarini keskin ko‘tarish, yashash sharoitlarini yaxshilash borasida 
davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar boshlandi. Endi “ustoz otangdek ulug‘” iborasi 
faqat ustoz va murabbiylar kuni esga olinmaydi, balki o‘qituvchilik haqiqiy ma’noda sharafli va 
mas’uliyatli kasbga aylanadi. Bu esa biz, ustozlarga o‘z faoliyatini yanada rivojlantirishni talab 
etadi.
Agar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashib, o‘quvchini pedagogik 
jarayonning ham obyekti ham subyekti sifatida ko‘ra bilsagina zamon talabiga javob beradigan 
kadrlarni tayyorlashi mumkin. Biz kreativ (ijodiy) yondashuvni ta’lim prinsiplari mavzusi misolida 
aytishimiz mumkin. Ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan talablar 
majmuasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-sinf ona tili 
darsligidagi mashqlarni bajarishda ta’lim prinsiplariga rioya qilinishiga, o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan jihatlariga to‘xtalib o‘tsak :
Darslikda quyidagi bosh mavzular belgilangan:
1. Tovushlar va harflar.
2. So‘z 
3. Gap 
1-sinf ona tili darsligi 110 bet 190 ta mashqdan iborat. Darslikning 4-betida tovush va harf 
to‘g‘risida nazariy ma’lumot berilgan bo‘lib, o‘zbek tilida 30 ta tovush borligi qoidada ko‘rsatilgan. 
Shu o‘rinda pedagogik-pisixologik jihatdan tahlil qilib ko‘rsak, boshlang‘ich sinfda ko‘rsatmalilik 
prinsipiga amal qilinsa, ko‘zlangan maqsadga oson erishish pedagogik adabiyotlarda ko‘rsatilgan 
yani 
R. Mavlonovaning “Pedagogika” darsligida Komenskiyning “Oltin qoidasi” keltirilgan.
J tovushining 2 xil talaffuziga doir hech qanday ma’lumot berilmagan. Shu yoshidagi 
o‘quvchilarga harf va tovushlar sonini bir xil emasligi sababini ko‘rsatib o‘tish mumkin edi. 
Bu bilan ilmiylik, izchillik hamda ko‘rsatmalilik prinsipiga rioya qilingan bo‘lardi. Darslikning 
dastlabki mashqlaridayoq nazariy ma’lumotlarni amalda qo‘llashga doir topshiriqlar berilgan.
Masalan:
Aka-uka, ota-ona-opa, bola-xola, buva-buvi
Qaysi tovush so‘z ma’nosini o‘zgartirayotganini topish vazifasi berilgan. Bu ona tilidagi 


496
10
“fonema” iborasini o‘rgatish jarayoni hisoblanadi. Bu mashqni bajarishda onglilik, izchillik 
prinsiplariga rioya qilingan.
Aka-uka
Buva-buvi
Unlilar imlosi
Ota-ona-opa
Bola-xola
Undoshlar imlosi
1 –sinfda “fonema” atamasi o‘quvchilarga aytilmasada, ona tiliga doir bilimlar uchun poydevor 
qo‘yib beriladi. 
2-mashq. O‘qing. So‘zlarning bitta tovushini tushirib so‘z hosil qiling.
Anhor- 
Bahor-
Hunar- 
Kitob- 
Yuqoridagi mashqlarni o‘quvchilar to‘g‘ri bajarsa, onglilik, faollik, tushunarlilik prinsipiga 
rioya qilingan bo‘ladi. Tizimlilik prinsipiga rioya qilingani uchun, kitob so‘zi so‘nggi qatorda 
berilgan.
Bu mashqlar oddiy ko‘rinsada, endigina savodi chiqqan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 
uchun murakkab hisoblanadi. Mashqlarni fikrlash taqqoslash va to‘g‘ri idrok etish asosida to‘g‘ri 
bajarishlari mumkin.
3-mashqda rasm va rasmga doir topshiriqlar berilgan bu mashqni bajarishda o‘quvchilarning 
idroki va xotirasi katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatmalilik prinsipiga amal qilinish ahamiyatini 
mashqni bajartirgan har bir o‘qituvchi anglab olishi mumkin. Chunki bola rasmni qiziqish bilan 
tomosha qiladi va rasm asosida savollarga javob yozadi.
Demak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarda ona tili faniga doir bilim, ko‘nikma 
va malakalarni hosil qilishda ilmiylik, izchillik, tizimlilik, onglilik va faollik, tushunarlilik va 
mustahkamlilik kabi ta’lim prinsiplariga rioya qilsa, albatta, samarali natijaga erishadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. T.G‘afforova , E. SHodmonov, X.G‘ulomova. 1- sinf Ona –tili darsligi. ”SHarq” nashiriyoti. 
Toshkent. 2013-yil.
2. I.Ahmedov va boshqalar. Bolalar adabiyoti. Xrestomtiya. Toshkent. 1993-yil. 24-68 betlar.
3. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Darslik. Toshkent.”O‘qituvchi”. 1995- yil. 23-30 betlar.


497

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish