Масъул муҳаррир


BOLALARDA TABIATGA NISBATAN EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOLALARDA TABIATGA NISBATAN EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK 
MADANIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING RO‘LI
Kalandarov Sardor Ibragimovich 
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 
“Pedagogika”kafedrasi dotsenti 
Ro‘zimova Feruza Madrimovna
“Pedagogika”kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Maqolada ekologik tarbiyani bola ruhiyatida shakllantirishda uning dastlabgi 
ochog‘i oilaga borib taqalishi yoritilgan, bolalar tabiatga nisbatan e’tiborli va mehr muruvvatli 
bo‘lishida, ota –onaning roli masalalari ko‘rsatilgan. Shuningdek bolalarda ekologik madaniyat 
va ekologik ong tushunchalarini shakllantirishda oilaning o‘rni ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: tabiat, ekologiya, oila, tarbiya, mehr, atrof, muhofaza, yer, ekologik madaniyat, 
bola, ma’naviy ehtiyoj, ekologik did.
Inson onadan tug‘ilgan chog‘idanoq tabiat ehsonidan bahramad bo‘ladi. Dunyoga kelganida 
ilk bora havodan to‘yib nafas oladi. Inson unib-o‘sishi uchun, tabiat unga oziq – ovqat, suv, 
quyosh haroratini tuxfa etib, o‘z bag‘riga oladi, voyaga yetkazadi, onamizday g‘amho‘rlik 
qiladi. Shuning uchun ham uni “Ona - tabiat” deb ataymiz. Odamzodning jismonan sog‘lom, 
baquvvat bo‘lib ulg‘ayishi, kamol topishi uni o‘rab olgan tevarak-atrofiga, muhitiga, tabiatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Tabiat qachonki musaffo toza bo‘lsa, inson ham sog‘lom teran fikrli, baquvvat 
bo‘ladi. Lekin hozirgi kunda tabiatimizdagi ekologik barqarorlik, turg‘unlik va muhit tabiiy 
qonuniyatlarining biroz buzilishi kuzatilmoqda buning asosiy sababi nimada? 
Aksariyat insonlarning ekologik bilimi yetishmasligidanmi? yoki bo‘lmasa ekologik ong 
va ekologik madaniyatining sustligidanmi? Bugungi kunda yurtimizda ekologik madaniyat va 
ekologik ongni shakllantirishga e’tibor kuchaymoqda. Aynan qonunimiz – Konstitutsiyamizning 
XI bob 50-moddasida “ Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga 
majburdirlar” – deb e’tirof qilinishi insonlarni tabiatga ongli va faol munosabatda bo‘lishiga, 
uning har bir resurs va boyliklarini asrab-avaylashi, unumli foydalanishi lozimligini ko‘rsatgan. 
Tabiatga, go‘zallikka bo‘lgan e’tiqodsizlik, e’tiborsizlik barcha fojialarning boshlanishiga olib 
keladi. Insondagi ekologik bilim va madaniyatning yetishmasligi, tabiatning kelajakdagi ekologik 
holati qanday bo‘lishini oldindan ko‘ra bilmaslikka sabab bo‘ladi. Ba’zi ekologik dunyoqarashi 
tor, ekologik ongi shakllanmagan, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaydigan kimsalar 
sababli havo buzilishi, tabiat ifloslanishi, tuproq zararlanishi, suvlar turli axlatlar bilan to‘ldirilishi, 
hayvonlarning kamayishi tabiatimizning tabiiy holatiga putur yetkazilishi kuzatilmoqda. Ammo 
shunisi ajablanarliki, bu insonlarning tabiatga munosabatini ko‘ra bila turib ham ba’zida o‘zimiz 
loqayd va befarqligimizdan “Nima ishimiz bor?” qabilida fikr yuritishimizdan o‘zimiz ham, 
o‘zga yaqinlarimiz ham eng asosiysi yashab turgan Ona maskanimiz – tabiatimiz jarohatlanishini 
nazarga ilmaymiz. Natijada o‘z salomatligimizga o‘zimiz vaxshiyona qabr qaziymiz.
Birinchi prezidentimiz I.A Karimov takidlaganlar “Yurtim deb, xalqim deb yonib yashash 
kerak” bu qimmatli so‘zlarning zaminida insonning insonga muhabbatli bo‘lishi, ona yurtini, 
tabiatini sevishi, uning har bir has-cho‘pini avaylashi, ko‘z qorachig‘idek asrashi lozimligini
ko‘rsatganlar. Haqiqatan ham qachonki inson yurtini sevar ekan, ona zaminining tuprog‘ini 
shuncha asraydi, avaylaydi. Ammo tabiatga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ladigan insonlarni yurtini 
sevmaydi deyishimiz to‘g‘ri emas, bunday insonlarda ekologik tarbiyaning yoshlikdan to‘g‘ri 
shakllanmaganligi, ekologik ong, tasavvur va madaniyatning oqsaganligidan dalolat beradi xolos. 
Ekologik ong eng avvalo oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onda tarkib topadi, shakllanadi. Ota-
onalar farzandlariga shaxsiy o‘rnak ko‘rsatib borishlari zarur. Chunki doim tarbiyaning asosini 
ota-onaning shaxsiy namunaviy o‘rnak ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu harakat farzandlariga 
tez va tushunarli ta’sir etadi. Axir o‘zlari birorta ham ko‘chat ekmay, aqalli birovning ekkan 
ko‘chatini, uning parvarishi uchun ketadigan mehnatini qadrlash kerakligi haqida tushuncha berish 
uchun avvalo ota-onalarimizning o‘zlari ekologik bilimlari yetarli bo‘lishi lozim. Bu kabi nasihatli 
gaplarni farzandlarning ongiga birinchi galda ota-onalar singdirib borishi ham farz, ham qarzdir. 
Xususan Abu Abdulloh Rudakiy o‘z asarlarida bolalarda tabiatga nisbatan muhabbatni 
uyg‘otish, tevarak atrofga e’tiborli munosabatda bo‘lishni shakllantirish muhim ekanligini ko‘p 


443
10
bora aytganlar. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirishda oilaning o‘rni juda muhimdir. 
Bolalar ota – onasi, katta yoshdagi oila azolari yordamida tabiatga ijobiy munosabatda bo‘lish, 
uning in’omlaridan unumli foydalanish lozimligini o‘rganadilar. Tabiat, fasllar almashinuvi, atrof 
–muhitdagi o‘zgarishlar muntazamligi yerning inson hayotidagi ahamiyati va boshqa ekologik 
masalalar haqidagi tushunchalar bolalarga oilada tushuntiriladi. Oilada bola tarbiya topar ekan, 
avvalo unga go‘dakligidanoq nima yaxshi-yu, nima yomonligi haqida dastlabki ma’lumotlar 
to‘gri va aniq yetkazilishi muhim hisoblanadi. Oila a’zolari tomonidan dastlab bolaga suvdan 
to‘g‘ri foydalanish madaniyati singdirilishi, suvni asrash, uning hayotbahsh imkoniyatlari haqida 
ma’lumotlar berilishi, va shu orqali bolalar suv resuslarining tevarak atrofni ko‘rkam qilishdagi 
o‘rni, uni behuda sarflamaslik haqida tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. 
Bolalarga oila a’zolari tomonidan o‘tkaziladigan suhbatlarda ta’kidlanishi lozimki, jahondagi 
xalqlar orasida uchraydigan barcha kasalliklarning 80% suvning ifloslanishi tufayli kelib chiqadi. 
Shuningdek inson organizmining 70% suvdan tashkil topgan. Odam oziq ovqatsiz 30 kun 
yashay olishi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq yashay olmaydi. Oilada bolalar ekologik 
madaniyatining shakllanishida oila a’zolari ishtirokida xalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish, 
ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu 
jumladan “Navro‘z ” “Mustaqillik kuni” kabi umumxalq bayramlariga tayyorgarlik jarayonida 
o‘tkaziladigan tadbirlar majmuiga kiruvchi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari 
ko‘lamida bolalar oila a’zolari bilan birgalikda muntazam ishtirok etishi lozim. 
Oilada bolalarda ekologik tasavvurlarni shakllanishida televideniya orqali ko‘rsatilayotgan 
tasvirlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tele ko‘rsatuvlar orqali bolalar mamlakatimiz 
hududida sodir bo‘layotgan ekologik qiyinchiliklar yoki ularni bartaraf etish bo‘yicha olib 
borilayotgan amaliy ishlarning mazmuni bilan tanishadilar. Ekologik madaniyatli yoshlarni tarkib 
toptirishni maqsad qilgan ekanmiz va bu yo‘lda ish olib borar ekanmiz bu bizning bir fuqora 
sifatida Vatanimiz, bizni ko‘tarib turgan ona yerimizga e’tiborli bo‘lish, uning kelajakda obod 
bo‘lib qolishi uchun qo‘shgan kamtarona xizmatimiz bo‘lib qoladi. Bunday tushunchalar esa 
jamiyatimizdagi har bir shaxs tabiatdagi salbiy o‘zgarishlarga befarq bo‘lishi mumkin emasligini 
anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. To‘xtayev A. “Ekologiya”. – T.1998.
2. Shodimetov Y. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”. - 1994


444

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish