10
IJOBIY INTERNET IMKONIYATI
Jumamuratova Aziza Ulug‘bek qizi
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi
4-son maktab yoshlar yetakchisi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Internet madaniyatini o‘rgatish zarurati va zamon bilan
hamnafas kadrlar tayyorlash kelajak uchun zarurligi amaliyot asosida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: Internet, Online ta’lim, Elektron kitob, tarbiya.
Biz o‘z hayotimizni internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Internet biz uchun ayniqsa bugungi
sinovli kunlarda juda katta foyda keltirdi. Katta ko‘pchiligimiz internetdan har kuni foydalansakda
uning nima ekanligini bilmaymiz. Oddiy so‘z bilan aytganda internet bu dunyoning turli
burchaklarida jaylashgan va ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan aloqa kanallari orqali bir-biriga
ulangan ko‘plab kompyuterlardir. Ya’ni server va mijozdan iborat global tarmoq degani.
Internetning chek-chegarasiz imkoniyatlari mavjud. Misol uchun tadbirkorga internet bozorlari
ko‘plab mijozlar topib beradi. Kitobsevarlarga esa elektron kitoblar tez va oson taqdim etiladi.
Bugun ayniqsa, shiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot bosqichma-bosqichyo‘lga
qo‘yilayotgan bir davrda, maktab o‘quvchilaridan tortib oddiy ishchilargacha barcha internetdan
foydalanishi o‘zining iqtisodiyoti va qimmatli vaqti uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Mana 2019-2020- o‘quv yilining 4-choragida barcha bolajonlar online ta’lim olishdi. Bu
jarayonda televideniya, internet tarmoqlari asosiy o‘rinlarni egallashdi. Bolajonlarga televideniyada
barcha muhim darslik saboqlari muntazam rejalar asosida moxir pedagoglar tomonidan o‘zbek
va rus tillarida berib borildi. Online darslarda berib borilgan topshiriqlar ijtimoiy tarmoqlar
orqali sinf guruhlarida o‘qtuvchilartomonidan nazorat qilib borildi. O‘quvchilarni online ta’limga
qiziqtirish maqsadida “Online ta’limda, Online rag‘batlantirish” loyihalari amalga oshirilib, faol
o‘quvchilar va ularning ota-onalari rag‘batlantirildi. Ma’naviy-marifiy tadbirlar ham online
tarzda, videoroliklar va rasmlar orqali muntazm o‘tkazilib kelindi. Shuningdek tuman, viloyat,
Respublika miqyosidagi tanlovlar ham online tarzda olib borildi. Bularning barchasi albatta bir
so‘z bilan aytganda Internetning ijobiy imkoniyatlaridir.
Ta’lim tizimida mobil vositalarni, internet tarmoqlarini o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha maxsus
darslik zarurligini bugungi sinovli kunlar tasdiqladi. Ushbu darslikda eng avvalo, Internetdan
foydalanish madaniyati o‘rgatilishi lozim. Darslik o‘quvchilarga internet va kompyuterlar
olamining barcha ijobiy tomonlarini o‘rgatishi lozim. Shunda internetdagi salbiy axborotlarni
tinglashga, ko‘rishga vaqt va o‘rin ham qolmaydi. Internet olamida ma’lumotlar bazasi juda
katta, biz shu bazani ijobiy vositalar yani xalqimizning madaniayti, urf-odatlari va ananalari
bilan boyita olsak salbiy ma’lumotlarga o‘rin qolmaydi, qimmatli vaqt ajratilmaydi.
Ba’zi o‘rinlarda insoniyat ixtiro qilgan telefon, texnik vositalar insoniyatni bevosita
boshqarayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga misol qilib ertalab uyg‘otadigan mexanik
jarangdor ovozli soatlar, telefonlardagi uyg‘onish paytini belgilovchi vositlarni olishimiz mumkin.
Lekin kompyuter vositalari va telefonlarsiz internet tarmoqlarii va online ta’limni tasavvur qilib
bo‘lmaydi.
Bugungi kunning zamon talablari hayotimizga bir qancha internet tizimining ijobiy
imkoniyatlar eshigini ochgandir, shularadan eng kattasi kitobsevarlarning uzog‘ini yaqin qilgan
elektron kitoblar olamidir. Bunda kitobxon yo‘l kira qilib, kitob do‘kon axtarib pulini va vaqtni
sarflashi shart emas. Internet tarmog‘iga bog‘lansa bo‘ldi. Kerakli kitobni, kerakli vaqtda topa
oladi.
Dars jarayonida kompyuter qurilmalarida va internet saytlaridan foydalanish orqali
o‘qituvchi o‘z fanini mazmunli tashkil qilishga erisha oladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
har bir fanni tashkil etish o‘qituvchi –pedagogdan katta ma’suliyatni talab qiladi.
Buning
asosiy sababi maktab o‘quvchisi kollej va akademik litsey o‘quvchilari kabi aniq bir sohaga
yo‘naltirilmaganligidadir. Shu o‘rinda rus pedagogi Skryabinning fikrini keltirib o‘tishni ma’qul
topdim. “Zerikarli tarix darsidan tarix tugab qolmaganidek, algebra ham noaniq tushuntirilgan
darsdan halok bo‘lmaydi. Biroq, bunday zerikarli yoki chalkash-chulkash, poyma-poy darsni
eshitgan, tushunib bo‘lmaydigan tarzda olib borilgan, “tushuntirish”lar natijasida o‘quvchi o‘zi
uchun tarixni ham, algebrani ham yo‘qotadi. Kim bilsin, balki xuddi shu sizning o‘quvchingiz,
437
10
siz undagi qiziqishni chippakka chiqargan fanning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi
mumkindir” (Скрябин К. Учитель в моей жизни –М.: 1996, с-97) .
Xulosa o‘rnida aytish joizki, 2019-yilning 19-mart kuni qabul qilinga Yoshlarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan “5 Tashabbus” ning 3- yo‘nalishi aholi va
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil
etishga qaratilgan bo‘lib, bugun siz-u bizning bu sohani o‘rganishimiz va o‘rgatishimiz uchun
barcha qulayliklar yaratilgan. Intenetni chuqur o‘rganish ma’daniyatsizlikka kirmaydi. Aksincha
internetdagi ijobiy imkoniyatlardan boricha foydalana olmaslik madaniyatsizlikdir. Zamon bilan
hamnafas bo‘lish uchun ham har birimiz internet tizimidan foydalanishni chuqur o‘rganishimiz
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Тошпўлатов Т., Ғаффоров Я. Тарих ўқитиш методикаси. –Т.: Турон-Иқбол. 2010.
2. O‘ZME Birinchi jild. Toshkent. 2000-yil.
3. Negativ axborotlarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri muhokama etildi. Jurnalist. mhtml.
4. www.ziyonet.uz
438
Do'stlaringiz bilan baham: |