10
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION METODLAR
Karimova Nasiba Hakimovna
Namangan viloyati Pop tumani
23- maktab o‘qituvchisi tel raqam: 93 492 24 54
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich ta’lim sohasida innovatsion usullar haqida ma’lumotlar
berilgan. Innovatsion metodlar yangi pedagogik tizimning yangiligi bo‘lib, dars jarayonlarining
samarali tashkil etilishi uchun xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Metod, kubik, guruh, topshiriq, qalpoqcha, fikr, gul kosacha.
O‘yinli tеxnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadal-
lashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mеhnat va o‘qish bilan
birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
«KUBIK” USULI
Bu usul ham o‘quvchilarni faollashtirishda, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlashlari uchun zarurdir.
Buning uchun tomonlari 20 santimetrdan kata bo‘lmagan kubik yasaladi. Uning 6 ta tomoniga
mavzuga oid 6 xil ko‘rsatma yozib qo‘yiladi. Bu ko‘rsatmalar xar bir tomonning yoritilishini,
o‘quvchilar ana shumuammoni 6 xil ko‘rinishini muhokama qilishini ta’minlaydi.
“Kubik» usulini guruhlarda yoki individual holda qo‘llash mumkin. Asosiysi kubikning 6 ta
tomonidagi topshiriqlarni og‘zaki yoki yozma tarzda ifodalanadi. Buning uchun ma’lum vaqt
beriladi.
«OLTI O‘YLANTIRGICH ALPO CHALAR” USULI.
Bu usul biror narsa ustida fikr yuritayotib, o‘quvchilarni bir necha operatsiyalarni bajarishga
harakat kilishga undaydi. Ular dalillarni tahlil qilishga, mavjud e’tirozlarni asoslashga urinadilar
va ularni barchasini baravariga bajaradilar.
Olti o‘ylantirgich qalpoqcha – bu bir urinishda bittadan fikrlash harakatini bajarishga taklif
qiluvchi usul. O‘quvchilar barcha ishlarni birdaniga bajarishga urinmay, bittadan qalpoqni qiyadilar,
hammasi bo‘lib olti ta turli rangdagi qalpoq mavjud va ularning har biri fikrlashning ma’lum turiga
mos keladi. Bu usul aynan integratsion darslarda qo‘l keladi va boshqalardan foydalaniladi.
Yana bir o‘yin. Doska chetiga barg o‘rnatiladi, albatta rangli qog‘ozdan yasalgan bo‘ladi.
Gul kosacha bargida esa savol, misol, topishmoq, she’r bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar chiqib,
har bir guruhdan bittadan vakil chiqib bajaradi va doskadagi barg ustiga gul kosacha barglarni
yopishtirib keladi, natijada gul ochiladi. G‘olib o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
Shunday qilib, shunday qilib darsda o‘yin faoliyatidan foydalanish darsni qiziqarli chiqishiga,
dars samaradorligini oshirshga olib keladi. Didaktik o‘yindan muntazam va to‘g‘ri foydalanish
har bir pedagogning burchidir deb bilaman.
Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda qurish o‘quvchi (talaba)larning
bilish faoliyatini mavzu bo‘yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o‘qitish
metodlari yordamida tashkil etish demakdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga
ko‘ra ma’lum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo‘ladi. Ularning
samaradorligi to‘g‘risida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli
yo‘naltira oladigan, o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)ning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash
asosida jamiyat tomonidan maktab (kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv yurtlari) oldiga qo‘yilayotgan
maqsadga nechog‘lik erishilayotganini ko‘zda tutish kerak. Yoxud o‘qitish metodlari bevosita
ta’lim amaliyoti bilan aloqador kontseptsiyadir.
“O‘qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida mavjud
bo‘ladi. Bu loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining o‘zaro tutashuvi tekisligida,
o‘qitish va o‘qishning aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi.
Metodning boshqa namoyon bo‘lish shakllari yo‘q, sababi umumiy holda o‘qitish metodi o‘zida
faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Pedagogik nashrlarda o‘qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud.
Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni echishda o‘z o‘rnida ishlatilsa, shubhasiz,
faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o‘quvchi (talaba)lar faolligining yuqori darajasini
445
10
ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shu boisdan bu faslda
hali pedagogik amaliyot uchun notanish bo‘lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr
yuritiladi.
ADABIYOTLAR:
1. Azizxo‘jaеva N.N. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat. -T.: TDPU, 2003.
2. B. Farberman. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., 2000 y.
3. N.Sayidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati. «Xalq ta’limi», 1999 yil,
1-son, 97-102 betlar.
446
Do'stlaringiz bilan baham: |