Масъул муҳаррир


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1, Косериу Э. Синхрония, диахрония и история. // Новое в лингвистике. Вып. 3. - М., 
1963. - С. 174.
2, Тажимуратова А.Е. ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ И НОРМЫ РУС-
СКОГО ЯЗЫКА В КАЗАХСТАНЕ // Современные наукоемкие технологии. – 2012. – № 
7. – С. 51-53; URL: http://www.top-technologies.ru/ru/article/view?id=30736 (дата обращения: 
30.06.2020).


319
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KO‘RGAZMALI QUROLLAR VA MULTIMEDIALI
ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Abdullayeva Mohira Madiyarovna
 Xorazm viloyat Gurlan tuman 8-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 +998 942335377
Mohira.abdullayeva@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda darslarda ko‘rgazmalilik tamoyili asosida 
sifat va samaraga erishish, yangi ped-texnologiyalardan foydalanish, multimediali ilovalar asosida 
dars jarayonini olib borishda erishiladigan natijalar o‘z aksini topgan. 
Kalit so‘zlar: ko‘rgazmalilik tamoyili, ko‘rgazmali qurollar, multimediali ilova, mavzuni 
o‘zlashtirish, samarali metod.
Har bir kasb egasining o‘z ish quroli bo‘ladi. Tikuvchiga igna –ip, mato va qaychi qanchalik 
zarur bo‘lsa, duradgor-ustaga arra-yu randa, taxta-yu mix shunchalik
zarur. O‘qituvchining 
ham bu borada o‘z “hamrohlari” bor. Bular metodik qo‘llanmalar, multimediali dasturlar va 
albatta, ko‘rgazmali qurollardir.
Ko‘rgazmalilik - ta’limda onglilikni ta’minlash vositasidir. K.D.Ushinskiy “Ko‘rgazmali 
o‘qitish haqida” nomli maqolasida “ko‘rgazmali o‘qitishning o‘zi nima?” degan savolga shunday 
javob beradi: “Ko‘rgazmalilik bu shunday o‘qituvki, u mavhum tasavvur va so‘zlarga emas, balki 
bolalar bevosita idrok qilgan yaxlit obrazlarga asoslanadi, bu obrazlarni bolalar muallimning 
rahbarligi ostida o‘qish jarayonining o‘zida bilib olishganmi, yoxud ilgari mustaqil kuzatish 
natijasida bilib olishganmi, baribir. Xullas, murabbiy bolaning qalbidan tayyor obrazlar topib, 
o‘z ta’limini ana shu obrazlar bilan asoslaydi.”
Bola ko‘rish, qo‘l bilan ushlash, eshtish va his qilish orqali materialni o‘ziga qabul qilar 
ekan, bu esa o‘qituvchining oddiy tushuntirishlaridan ko‘proq samara bera oladi. Hozirgi kunda 
o‘qituvchilarning darslarda foydalanishi uchun yaratilgan multimediali ilovalar ham mavjud 
bo‘lib, bu ilovalarning rang-barangligi, musiqiyligi, o‘yinli texnologiyalarning mavjudligi darsni 
“jonli” tashkil qilishga qo‘l kelmoqda. Multimediali ilova bu o‘qituvchilarning ishlarini bir 
tomonlama yengillashtirgan bo‘lsa, yana bir tomondan ularga katta mas’uliyat yuklaydi. Sababi,
multimediali ilova darslarni to‘liq qamrab olmagan bo‘lib, qolgan darslarda o‘qituvchi o‘zi ijod 
qilishi, kompyuter dasturlarida ishlab yangiliklar yaratishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘qituvchini 
yanada izlanishga va o‘z ustida ishlashga undaydi. Multimediali ilovalardagi tushuntirishlar, 
videolavhalar, qo‘shiq va she’rlar o‘quvchi ongida ko‘p vaqt saqlanib, xotirasidan chiqmaydigan 
darajada yodda qolishiga imkon bermoqda. Ularda o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirib,
bolalarni turli ma’lumotlar bilan ishlashga, asosiy matematik amallarni puxta bilishga, mantiqiy 
va ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda asqotadi. Bir vaqtning o‘zida ham ko‘rib, ham eshtib 
o‘rganishlariga, kompyuter savodxonligining shakllanishiga ko‘maklashmoqda. Masalan, 1-sinf 
matematika fani uchun mo‘ljallangan multimediali ilovada raqamlarni o‘rganish davomida 
ularning yozilishidan tortib, raqamlarning nimalarga o‘xshatilishi va qaysi sonlar yig‘indisi 
orqali ifodalanishi-yu, hatto raqamlarga bag‘ishlangan she’rlar ham mavjud bo‘lib bu o‘quvchi 
mavzuni yanayam chuqurroq tushunishiga yordam beradi.
Bundan tashqari darslar davomida qo‘l mehnati bilan yasalgan ko‘rgazmali vositalarning 
ham ahamiyati juda katta. Faqat multimediali ilovalarga suyanib qolmasdan, qo‘l mehnati 
bilan yasalgan ko‘rgazmali vositalardan ham foydalanib turish zarur. Bu esa darsda o‘qish 
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. To‘gri va samarali tashkil etilgan darslar 
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. O‘quvchilarning o‘rgangan bilimlari 
uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishida esa ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati katta. Nafis did 
bilan yasalgan ko‘rgazmali qurol o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir 
qatorda ularni beixtiyor o‘z faolligini namoyon etishga undaydi. Shu sababdan, darslarda
asosan qo‘l mehnati bilan yasalgan ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish maqsadga muofiq. 
Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, o‘quvchining tafakkur darajasiga ko‘ra 
belgilanadi. Kichik maktab yoshidagi (7-11 yosh) bolalarda yaxlit fikrlash ustun bo‘lib, ular 
rasm, jadvallar asosida narsa-voqealarning mohiyatini chuqurroq anglaydi. Kichik maktab 
yoshidagi bolalarda aniq-obrazli, harakatchan-obrazli, fikrlash shakllarini taraqqiy etganligi 


320
10
ta’limda ko‘rgazmali qurollardan ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. Bolaning yoshi ulg‘ayib, 
ijtimoiy tajribasi osha brogan sari, unda tafakkurning abstraksiyalash, umumlashtirish, ajratish 
kabi sifatlari rivojlanadi, bola induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o‘rganib oladi. 
Ko‘rgazmalilik qoidasiga ko‘ra narsa, hodisalarni o‘rganish, ularni kuzatish, sezishdan 
boshlanadi. Kuzatish, sezish, ongda ma’lumotlarni to‘plash, narsa-hodisalar to‘g‘risidagi hissiy 
yaxlit tasavvurlarni shakllantirishga olib keladi. Bundan tashqari ta’lim manbalari – ko‘rgazmali 
qurol, darslik va o‘qituvchi nutqi uyg‘unlashuvini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
O‘qituvchilar darslar davomida turli usul va metodlar tanlab, turli media va ko‘rgazmalardan 
foydalanib dars o‘tar ekan, ularning eng asosiy pirovard maqsadi bir ekanligini yana bir bor 
chuqur anglaymiz. Maqsad barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Ataeva,F.Rasulov,S.Hasanov “ Umumiy pedagogika” Toshkent-2011, 
2. O‘.M. Asqarova, M. Xayitbayev, M.S.Nishonov “Pedagogika” “Talqin”-2008; 64-bet
3. B.Otajonova “ O‘qituvchining kundalik hamrohi” // Boshlang‘ich ta’lim jurnal 12-son 
2017-yil


321

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish