yarmiga teng qilib olish zarur. Bu miqdorga, shuningdek markaziy teshiklar o‘qiga
nisbatan etalon bo‘ynini ikkilangan ekssentrisitetini qo‘shimcha qilish kerak.
Qo‘shiluvchi xatoliklar tasodifiy sabablarga ko‘ra tug‘iladi deb hisoblab,
quyidagini olamiz
эt.tay
qiymatini 10-20 mkm oralig‘ida olish mumkin, эtalon bo‘yini эkssentriteti 5
mkm oralig‘ida ushlash imkoniga erishiladi. Asbobni o‘rnatish xatoligi
asb.o‘rn
ni
shchup yoki yassi qog‘oz bo‘yicha 20-50 mkm ga teng qilib olish mumkin.
Xatoliklarni algebraik qo‘shganda
soz
35-70 mkm ni tashkil эtadi. Bu
xatoliklarni kvadrat ildiz usulida qo‘shganda va k=1,2 bo‘lsa
soz
30-65 mkm ni
tashkil etadi.
soz
katta qiymatlarini odatdagi aniqlikdagi sozlash deb qarash
mumkin, kichiklari esa-yuqori aniqlikdagi sozlash.
2.
Nusxalanish xatoligi
Ma’lumki, tanavorlarni quyish, qizdirib bolg‘alash, shtamplash va boshqa
tanavorlar olish sharoitlari natijasida ularning sirtqi yuzalarida turli nuqson va
xatoliklar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday tanavorlarni stanoklarga o‘rnatib ishlov
berilganida ularning xatoliklari tayyor bo‘lgan detallarga texnologik sistemaning
deformasiyalanishi natijasida nusxasi ko‘chib o‘tadi, demak nusxalanish xatoligi
sodir bo‘ladi, bu xatoliklar tasodifiy bo‘lishi mumkin. Nusxalanish xatoliklari
stanok turiga, keskich asboblarning joylashgan o‘rniga, stanok supportlari og‘irlik
markazlarining yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘ladi. Nusxalanish xatoliklari musbat va
manfiy qiymatlarga ega bo‘ladi. Masalan, randalash stanogini zinali prizmatik
namunalarga ishlov berib, sinab ko‘rilganda musbat va manfiy qiymatli
nusxalanishlar paydo bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida keskichning keskich ushlagich
bilan birga turgan holatiga bog‘liq bo‘lgan. Кeskich asbob karetkaning yuqori
qismlariga joylashganda musbat nusxalanish, aksincha keskich asbob karetka
pastki qismida joylashganda manfiy nusxalanish sodir bo‘lgan. Bu shunday
xulosaga olib keladiki, keskich asbobini shunday holatiga o‘rnatish mumkin
bo‘lsinki nusxalanish xatoligi minimal qiymatga ega bo‘lsin. Yakka va
mayda
seriyalab ishlab chiqarishlarda, yuqori malakali ishchilar o‘z mahoratini ishlatib,
shu nuqsoni bor tanavorning ustidan bir necha bor yupqa qatlamlar kesib tashlashi
natijasida bu nusxalanish xatoliklarini bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: