24. Teshib o’tish (prosechka)- detaldagi teshishda hosil bolgan berk teshikni uzil-kesil ochishdan iborat bo’lgan hajmiy shtamplash amali. Teshib o’tishda o’tkir qirrali puanson va matritsadan foydalaniladi.
25. Tishqorlash (voronenie) – uglerodli yoki kam legirlangan po’lat va cho’yandan yasalgan detal va buyumlar sirtida 1...10 mkm qalinlikda temir jigarrang, to’q havorang va tovlanuvchi qora rang berish- manzarali pardozlash uchun qo’llaniladi. T. Oksidlanishning hususiy xolidir.
26. Xon – xoninglash asbobi.
27. Sapfa (nem. Zapfen)- o’q yoki valning podshipnikka tiralin turadigan qismi. Valning ucjidagi sapfani ship, o’rta qismidagisi bo’yin deyiladi.
28. Chugal (chugun, alyuminiy) – tarkibida 19...25% alyuminiy bo’lgan olovbardosh va korroziyabardosh choyan.
29. Cho’kish (osadka) – 1) metallga ishlov berishda –bosim ostida ishlov berish jara`ni; natijada tanavorning balandligi kichrayib, ko’ndalang o’lchamlari kattalashadi (press va katta bolg’alarda bajariladi). 2) Shaxta pechlarida- ko’pincha, metallurgiya (asosan, domna) pechlarda eritish jarayoni notekis borganda shixta materiallari ustuniningnpastga sakrab-sakrab siljishi (buzulishi).
30. Shaber (nem. Schaber-qirmoq)- bir tamoni o’tkirlangan to’g’ri burchak yoki uchyoqli po’lat brusok ko’rinishidagi dastaki slesarlik asbobi. Mashinalarni sozlash, yig’ish va ta’mirlashda bir-biriga to’g’ri keltiriladigan sirtlarga ishlov berish (shaberlash)da ishlatiladi.
31. Shaberlash (shabrenie) – dastaki yoki mexanik yo’l bilan oldindan kesib ishlov berilgan sirtga shaber bilan yupqa qirindi olib pardozlab ishlov berish. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’olmas birikmalar detallarining yassi silindrik va konus sirtlari shaberlanadi. Shaberlash aniq tutashmalar, detallarning aniq nisbiy holati yoki germetik birikmalar hosil qilish zarur bo’lganda qo’llaniladi.
32. Shevinglash (shevingovanie)- tishli va chervyak g’idiraklarning yon sirtlariga pardozlab ishlov berish. Shever bilan yupqa qirindi olish jarayoni.
33. Shchuplar – sirtlar orasidagi tirqishlar (zazorlar) ni tekshiradigan olchash plastinalari. 0,02 mkm – 1 mm uzunlikdagi Sh. Nabor holda, 200 mm uzunlikdagisi esa alohida plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ularning asosiy o’lchamlari standartlashtirilgan.
34. Ematlash (ematalirovanie) – sut rangida, noshaffof emalsimon parda hosil qilish maqsadida alyuminiy qotishmalarni elektr kimyoviy oksidlash. Idishlar, yorug’lik texnikasi armaturasi, meditsina asboblari va b. Buyumlar ematlanadi.
35. Yustirovka (nem. justieren- rostlamoq, lat. justus- to’g’rilaydigan)- asbob, mexanizm, o’lchash vositalari va b. Xatoliklarini texnik talablarga mos qiluvchi qiymatlarga yetqazish jarayonlari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |