ILOVA
ILOVALAR Tayanch so’zlar
1–ilova
1.Amal (texnologik amal) )– operatciya (texnologicheskaya operatciya).
2.Tanavor (quyma, shtamplangan, prokat) – zagatovka (v vide litya, shtampovki, prokat).
3.Qo’yim – dopusk – (detalning xaqiqiy o’lchamini ruxsat etilgan
chegaraviy o’lchamlari oralig’ida bo’lishi )
4.Qo’shim – pripusk – (tanavor sirtidan qirqib tashlanadigon qatlam–qirindi. U, texnolog tamonidan detalning konstruktor o’lchamlariga qo’shib, tanavor o’lchamlari aniqlanadi va tayinlanadi).
5. Qoldiq – napusk – (tanavor qo’shimidan ortiqcha qoldirilgan qatlam. Masalan, prokatdan pog’onali val tayyorlashda).
6. Xarita – karta.
7. Texnologik xarita– texnologicheskaya karta.
8. Texnologik reja (marshrut)– texnologicheskiy marshrut.
9. Avtomat - odamsiz ish bajaruvchi qurilma, qurilmalar majmui
10. Agregat - mustaqil ish bajaruvchi uskunaning qismi yoki uning o’zi.
11. Aniqlik - biron predmet yoki detalь haqiqiy o’lchamlarining chizmasida yoki nusxasida berilgan o’lchamlariga mos kelish darajasi.
12. Asbob - tanavorlarga ishlov berishda yoki buyumlarni yig’ishda ishlatiladigan ishchi qurol.
13. Asosiy mahsulot - ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachiga tayyorlab beriluvchi buyum (avtomobil, traktor, dvigatel, kompressor va h.k.).
14. Baza - detalь yoki buyumga tegishli bo’lgan yassi tekislik, chiziq yoki nuqta, qaysilar bilan moslamaning tayanch elementlari tutashuvda bo’ladi.
15. Bazalash - tanavor yoki buyumga tanlangan koordinata tizimiga nisbatan (keskich yoki yig’ish asbobga nisbatan) ma’lum holat berish.
16. Bazalash xatoligi - tanavor yoki buyumni bazalashda, ular haqiqiy o’lchamlarini talab etilganidan og’ish miqdoriga aytiladi.
17. Berkituvchi zveno - qism yoki butunlay mashina (buyum) detallarining aniqligiga asosiy talablar qo’yuvchi o’lcham.
18. Bikirlik - bironta jismni, tashqaridan ta’sir qiluvchi kuchga qarshilik ko’rsata olish xususiyati.
19. Buyum - ishlab chiqarish korxonasining buyurtmachiga buyurtmasi bo’yicha tayyorlab beruvchi yakuniy mahsuloti.
20. Vaqt me’yori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tamonidan ba’zi bir hajmdagi ishga sarflanuvchi vaqtga aytiladi.
21. Qo’yim - detalni yuqori chegaraviy va quyi chegaraviy o’lchamlarining oralig’i bo’lib, qaysiki shu oraliqda detallarning haqiqiy o’lchamlari joylashgan bo’lishi kerak.
22. Qo’yim maydoni - detalning eng katta va eng kichik o’lchamlarining ayirmasini chizmada sxematik ko’rsatuvchi maydonning shartli tasviri.
23. Dvigatelsimon mashina - bir xil turdagi energiyani boshqa turga aylantiruvchi qurilma.
24. Deformatciya-tashqi ta’sir ostida shakl o’zgarishi (siqilish, cho’zilish, egilish, burilish-shakl o’zgarishining turlariga kiradi).
25. Jarayon - detallarni tayyorlashda yoki buyumlarni yig’ishda sodir bo’luvchi ishlarning majmui.
26. Tanavor - tugallanmagan yoki chala, keyinchalik ishlov beriladigan chala mahsulot.
27. Zenker - ko’p tig’li kesish asbobi (silindrik yoki konussimon teshiklarga ikkilamchi ishlov berishda qo’llaniluvchi asbob).
28. Ishlab chiqarish jarayoni - ishchilar va uskunalar harakati natijasida xomashyo, yarim mahsulot va tanavorlarni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni.
29. Ishlab chiqarish normasi - ma’lum tashkiliy texnikaviy sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tamonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ish.
30. Ishchi mashina - tanavorlarga ishlov beruvchi, detal va buyumlarni yig’uvchi yoki yuklarni harakatga keltiruvchi va tashuvchi mashinalar.
31. Ishchi yurish - keskich asbobning tanavor yuzasi bo’ylab surilishida bir qatlam qirindi olib tashlash harakati.
32. Yig’ish - detallarni va yig’ilma birliklarni birlashtirib buyum hosil qilish jarayoni.
33. Yig’ilma birlik - buyum qismlarini (uzellarini) shartli aytilishi.
34. Кvalitet - buyumlarning sifat tavsifnomasi.
35. Qo’shim (pripusk) - tanavorga mexanik ishlov berib kesib tashlanuvchi qatlam.
36. Кompensator - to’ldiruvchi, me’yorlovchi, muvozanatlovchi qism, zveno.
37. Lazerli ishlov berish - to’plangan nur, nur dastasi yordamida ishlash.
38. Mashina -bir turdagi energiyani boshqa tur energiyaga aylantiruvchi yoki ish bajaruvchi mexanik qurilma.
39. Mahsulot - ishlab chiqarish jarayonlarining oxirgi jarayonida tayyor bo’luvchi buyum (avtomobil, traktor, dvigatel, kompressor va h.k.).
40. Mahkamlash xatoligi - tanavor yoki buyumni moslamaga mahkamlashda ularga ta’sir qiluvchi siqish kuchi yo’nalishida siljish miqdoriga tushuniladi.
41. Nazorat qilish - o’lchashni xususiy holi bo’lib, qaysiki fizik miqdor qiymatining ruxsat etiladigan chekli miqdorga mos kelishligini o’rnatadi.
42. Amal - bir ishchi joyda turib tanavorga shakl berish (bironta dastgohda bironta asbob bilan).
43. Razvertkalash - teshik sirtiga silliqlab toza ishlov berish jarayoni.
44. Sozlash xatoligi - keskich asbobini o’lchamga o’rnatishdagi holatini talab etilgan holatiga nisbatan og’ish miqdori.
45. Silliqlash - tanavorlar sirtiga jilvir toshlar yordamida ishlov berib, toza va yuqori aniqlik olish jarayoni.
46. Superfinishlash - tashqi sirtlarga mayda donachali jilvir toshli kallaklarda ishlov berib, juda ham yuqori toza yuzalar olish jarayoni.
47. Sidirish - sidirgich asboblar yordamida teshiklarni kengaytirish yoki turli shaklli yuzalar olish jarayoni.
48. Tashkil etuvchi zveno - yuzalar oralig’idagi (o’qlararo) masofani yoki ularning burchakli joylashuvini aniqlovchi o’lcham.
49. Texnologik jarayon - ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, tanavorga ishlov berish natijasida geometrik shakli, o’lchamlari va sifati o’zgartirilib, chizmada ko’rsatilgan detal holatiga yoki nusxasiga mos keltirish tartibining majmui.
50. Texnologik tizim - dastgoh, moslama, asbob va detallarning birgalikda ishlov berish jarayonidagi o’zaro bog’liqlik holati.
51. Texnologik tizim bikirligi - normal (Radial) yo’nalishda ta’sir qiluvchi deformatciyalovchi kuchni shu yo’nalish bo’yicha vujudga kelgan deformatciyalanish (siljish) miqdoriga bo’lgan nisbatga aytiladi.
52. O’lchamlarning og’ishi - nominal o’lcham bilan haqiqiy o’lchamning farqi.
53. O’rnatish - tanavorni moslamada bazalash va mahkamlash jarayoni.
54. O’rnatish xatoligi - tanavor yoki buyumni o’rnatishdagi haqiqiy o’lchamlarini talab etilganidan og’ish miqdoriga aytiladi.
55. O’lchamlar zanjiri - bir o’lcham aniqligiga ta’sir etuvchi va berk kontur hosil qiluvchi o’zaro birlashtirilgan o’lchamlarga aytiladi.
56. Ultratovushli ishlov berish - ashyolarga qisqa to’lqinli tovush yordamida ishlov berish usuli.
57. Frezalash amali - yuzaga ko’p tishli keskich asbob (freza) bilan ishlov berish jarayoni.
58. Ҳarakat (priyom) - dastgohda ishlov berish uchun tanavorni yashikdan olib, dastgohka o’rnatishdan boshlab to uni tushurib, boshqa yashikka qo’yishgacha bo’lgan ishchining alohida bajargan harakatlari.
59. Ҳolat (pozitsiya) - moslamaga qotirilgan tanavorni moslama bilan birgalikda boshqa ma’lum joyga ko’chib o’tib, qat’iy o’rin egallagan joyi.
60. Xatolik - sirtni berilgan nuqtasi holatining nominal (talab etilganidan) qiymatidan og’ish miqdori.
61. Xonlash - buyumlarning ichki sirtlariga maxsus mayda mayin jilvir tosh - xon kallaki ilgarilanma va aylanma - qaytish harakatida ishlov berib, yuqori tozalik va aniqlik olish jarayoni.
62. Xromlash - detal sirtini elektrolitik yoki diffuzion usul bilan xrom eritmasi bilan qoplash jarayoni.
63. Shaberlash - yupqa qirindi olib pardozlov ishlov berish jarayoni (yig’uv jarayonida detallarni moslashtirishda qo’llaniladi).
64. Sheverlash - tishli g’ildiraklar tishlariga ko’p tishli keskich asbob - shever yordamida pardozlov ishlovi berish jarayoni.
65. Elektroerrozion ishlov berish jarayoni - elektr toki bilan yemirib ishlov berish jarayoni.
66. Elektrokimyoviy ishlov berish - elektrolit suyuqligida elektroliz usuli bilan materiallarga ishlov berish jarayoni.
67. Elektrotermik ishlov berish - yuqori tebranishli tok yordamida detallarni qizdirib toblash jarayoni.
68. Yakka ishlab chiqarish- buyumlarni eksperimental nusxalarini, buyurtma bo’yicha tayyorlanuvchi maxsus unikal mashinalarni bitta yoki juda ham kam (1-5 gacha) miqdorda va og’ir sanoati mashinasozligi buyumlarini tayyorlash jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |