13 - LABORATORIYa MASHG’ULOTI VERTIKAL-FREZALASH DASTGOHINING SHPINDEL BIRIKMASINI ISSIQLIK DEFORMATSIYaSI QIYMATINI ISH VAQTIGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH 1.UMUMIY MA’LUMOTLAR 1.1 Ishdan maqsad:
Vertikal frezalash dastgoxini shpindel qismini issiqlik deformatsiyalanishiga uni ishlash va sovish vaqtini bog’liqligini aniqlash.
1.2. Ishni bajarish uchun zarur jixoz va priborlar.
1. FSS-315 modeldagi vertikal frezalash dastgoxi.
2. Sirt opravkasi.
3. Indikator bilan indikator ustuni( shkalani bo’linishi 2mkm).
4. Sekundomer.
5. Termometr.
2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO’RSATMALAR Metal qirqish dastgoxlarini ishlash paytida foydali quvvatni ma’lum bir qismi bir biriga tegib xarakatlanuvchi detallar va uzellar, podshipnikla, tishli uzatmalar, muftalar va boshqa qismlardagi ishqalanish kuchini yengish uchun sarflanadi. Buni natijasida dastgoxni aloxida detallari va qismlari xarorati oshadi.Eng ko’p issiqlik miqdori asosiy xarakat yuritgichida ajraladi.Bu issiqli bir vaqtghni o’zida atrof muxitga xam tarqalad. Lekin detalni temperaturasi xosi bo’layotgan issiqlik va tarqalayotgan issiqlik tenglashmaguncha oshib boradi, qaysiki bu dastgox bir qancha vaqt ishlagandan kegi n sodir bo’ladi.Detal va qismlarni issiqlikdan deformatsiyalanishi dastgoxni ishlash jarayonida o’zaro joylashishini o’zgarishiga olib keladi va bu ishlov berilayotgan detalni shakli va o’lchamlarini xatoligiga olib keladi.
Bu xatolikka eng ko’p ta’sir qiluvchi issiqlikdan deformatsiyalanuvchi dastgoxning qismlari detalning ishlov berilayotgan yuzasiga normal joylashgan qismlardir.
Vertikal frezalash dastgoxini ishlash jarayonida eng ko’p issiqlikdan deformatsiyalanuvchi qismi shpindel kallagidir.bu qismni isishi natijasida shpidelni uzayishi kuzatiladi va buni natijasida ishlov beriluvchi yuzani o’lchami qisqaradi. Dastgoxni boshqa uzellarini temperaturadan deformatsiyalanishi kichik bo’lib ularni detalni o’lchamiga ta’siri sezilarsiz bo’ladi.Vertikal – frezalash dastgoxini shpindel qismini temperaturadan deformatsiyalanrshini aniqlash uchun tajribalar sal ishlashda bajariladi ya’ni xatolikni kattaligin faqat toza ishlov berish uchungina xisoblash mumkin qaysiki buxolda ishqalanishdagi yo’qotishla salt yurishdagi yo’qotishlarga yaqin bo’ladi.Dastgox shpindelini uzayishini o’zgarmaydigan bazadan opravkani sirtiga cha bo’lgan masofani dastgoxni ishlashida aniq bir vaqdan kegin aniq o’lchash bilan amalga oshirish mumkin. Masalan 2,5,10,20,40 daqiqadan kegin.SHpindelni temperaturasini ETP-M tipdagi kontaktli termometr bilan o’lchash mumkin.Olingan katijalar bo’yicha shpindelni sirtini issiqlik deformatsiyalanishi egri chizig’ini “ vaqt-nisbiy uzayish” koordinatasi bo’yicha quramiz.
Vertikal frezerlash dastgoxini shpindel qismini temperaturadan deformatsiyalanishi kattaligini kamayishini 7.1-rasmda ko’rsatilgan sxemadan indikatornii ko’rsatishini ma’lum bir teng vaqtlar oralig’ida belgilab aniqlash mumkin. SHpindelni temperaturasini yuqorida ko’rsatilgan usul bilan aniqlaymiz.
SHpindelni tempekraturalan deformatsiyalanish kattaligini o’zgarishi egri chizig’ini sovush vaqtiga bog’liqligini shpindelni uzayish egri chizig’i bilan bitta grafigda qurish mumkin.