Sinaluvchi tanavorlar bo’yicha ishchi kalibr
yordamida sozlash
Hozirgi vaqtda, ko’pchilik mashinasozlik zavodlarida ishchi kalibrlar bo’yicha sozlash usuli qo’llaniladi, shuningdek bu keyinchalik ham ishchi buyumga ishlov berishda foydalaniladi. Sozlashdan keyin ishchi, bir yoki bir nechta tanavorlar tayyorlashi zarur. Agarda o’lchamlari ishchi kalibrda ko’zda tutilgan dopusk oralig’ida bo’lsa, sozlash to’g’ri o’tkazilgan bo’lib, partiyadagi hamma detallarga ishlov berishga ruxsat beriladi.
Bunday sozlash usulini qoniqarli deb bo’lmaydi, chunki hatto deyarli qulay holda ham, qachon ishlash uchun dopusk taqsimlanish maydonidan sezilarli ortiqcha bo’ladi, unga kafolat yo’q, ya’ni partiyadagi detallarning sezilarli qismi o’rnatilgan dopusk chegarasidan chiqishi mumkin, ya’ni ishga yaroqsiz bo’ladi. Taqsimot egri chizig’i, qaysiki sinaluvchi tanavor o’lchamiga tegishli bo’lib, dopusk ichida turli holat egallashi mumkin va bir sinaluvchi tanavorni tayyorlash bilan, uni taqsimot maydonining qaysi uchastkasiga to’g’ri kelishini aniqlash mumkin emas.
2. Tanavorlarni moslamaga o’rnatish xatoligi
Bu savolni ko’rishdan avval ba’zi bir asosiy tushunchalarni ko’ramiz.
Baza tushunchasi. Baza-bazalash uchun qo’llaniluvchi va tanavorga yoki buyumga tegishli bo’lgan yuza, yoki o’shani funksiyasini bajaruvchi yuzalar to’plami, o’q, nuqta.
Bazalash tushunchasi. Bazalash-tanavor yoki buyumga tanlab olgan koordinat sistemasiga nisbatan talab эtilgan holat berish (GOST 21495-76).
Mahkamlash tushunchasi. Mahkamlash-bazalashda erishilgan holatni ta’minlash uchun tanavorga yoki buyumga kuch va juft kuch qo’yish.
O’rnatish tushunchasi. O’rnatish-tanavorni yoki buyumni bazalash va mahkamlash jarayoniga aytiladi.
Tayyorlash jarayonida detallarni ishonchli bazalash, ularni zarur bo’lgan kuch bilan mahkamlashni (kuchli tutashuv yaratishni) talab эtadi, bu esa shunday sharoitlarda bo’lishi mumkin:
1. Ishlov berish jarayonida hosil bo’luvchi kuchlar va ularning momentlaridan ortiqroq bo’lgan kuchlar va ularning momentlari bilan detal holatini buzuvchi kuchli tutashuv bajarilgan holda.
2. Кuchli tutashuv, kuchli tutashuvni buzuvchi kuchlar va ularning momentlari paydo bo’lishidan avvalroq sodir bo’lgan sharoitda.
Кuchli tutashuvda detallar deformasiyalanish imkoniga ega bo’lib, o’rnatuvga xatolik kiritadi. Tanavorlar to’plamini ishlash aniqligi qisqichda (tiski), patronda, markazlarda va sh.o’. moslamalarda ishlanganida bir xilda bo’lavermaydi. Masalan, tanavorlarni sangaga o’rnatib mahkamlab qisilsa "oldinga siljish" hosil bo’lib, qisilishdan bo’shatilsa o’z asliga "qayta siljish" holatlari yuz beradi va boshqalar, bular esa tanavorlarni o’z o’qi bo’ylab surilib qolishiga sababchi bo’ladi; tanavorlarni uch quloqli markazlashuvchi patronda qisilganda ham shunga o’xshash quloqlarning bir qancha doimiy bo’lmagan radial siljitishlarda hamda patronning oldingi devorining эeastik deformasiyalanishi natijasida o’q bo’ylab, o’rnatish xatoligi o’ringa ega bo’ladi.
Tanavorlarni mashina qisqichlarida mahkamlaganda, mahkamlash xatoligini kelib chiqishiga sabab tanavor va qisqichlar elementlarini qisishdan hosil bo’luvchi elastik deformatsiyalaridir.
O’rnatuv xatoligi tanavorni yoki buyumni o’rnatishda haqiqiy erishilgan holatini talab etilganidan og’ishiga aytiladi.
O’rnatuv xatoligi Eo’ detallarni moslamaga o’rnatishda paydo bo’lib, bazalash xatoligi Eb, mahkamlash xatoligi Em va moslama noaniqligidan kelib chiquvchi tanavorning holat xatoligi Ehx larni qo’shishdan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |