Etalon bo’yicha sozlash
Etalon bo’yicha sozlashni statik usulga yondoshish zarur, asbobni kerakli o’lchamga sozlash stanokni ishlamasdan turgan vaqtida olib boriladi. Bu holda texnologik tizim zvenolarining elastik deformasiyalanishlarini etalon o’lchamini tegishli korrektirovka qilish yo’li bilan, yoki tajriba yo’li bilan kerakli qalinlikdagi shchup tanlab hisobga olishga to’g’ri keladi. Etalon bo’yicha sozlash boshqa usullarga qaraganda kam vaqt oladi.
Bu usulni ko’p keskichli tokarlik stanoklarga qo’llaganda eng yaxshi natijalar beradi. Кeskichning zarur bo’lgan holati radial va o’q bo’ylab yo’nalishlarida ularning kesuvchi qirralarini etalonning tegishli yuzalari bilan tutashguncha olib boriladi. Oxirida ishlanuvchi detallar ko’rinishida bajariladi va stanok markazlariga o’rnatiladi. Etalon o’lchamlari stanok qismlarining kesish kuchi, shpindel podshipniklaridagi tirqishlar, va shuningdek ishlanuvchi yuzalardagi mikronotekisliklar ta’siridan elastik siqilishini hisobga olib bajarilishi kerak, chunki keskichni botig’ining tagi bo’yicha o’rnatiladi, bajariluvchi o’lchamni o’lchash esa-bo’rtig’ining balandligi bo’yicha. Sanab chiqilgan faktorlar yig’indisining ta’sirini, sozlanuvchi o’lchamga zarur bo’lgan tuzatish kiritib va bir nechta sinaluvchi detallarga ishlov berib, hisobga olish mumkin.
Etalon bo’yicha sozlash xatoligini, ya’ni ishlayotgan stanokdagi keskich asbobning holat xatoligini quyidagi formuladan topamiz
soz =k , (8.5)
bunda : эt.tay - эtalonni tayyorlash xatoli Δet.o’rn- etalonni o’rnatish xatoligi ; asb.o’rn - asbobni o’rnatish xatoligi.
Agarda эtalon valik ko’rinishida bo’lsa (tokarlik ishlari uchun), ko’ndalang o’lchamga nisbatan et.tay qiymatini o’rnatishda uning diametri uchun dopuskning yarmiga teng qilib olish zarur. Bu miqdorga, shuningdek markaziy teshiklar o’qiga nisbatan etalon bo’ynini ikkilangan ekssentrisitetini qo’shimcha qilish kerak. Qo’shiluvchi xatoliklar tasodifiy sabablarga ko’ra tug’iladi deb hisoblab, quyidagini olamiz
эt.tay qiymatini 10-20 mkm oralig’ida olish mumkin, эtalon bo’yini эkssentriteti 5 mkm oralig’ida ushlash imkoniga эrishiladi. Asbobni o’rnatish xatoligi asb.o’rn ni shchup yoki yassi qog’oz bo’yicha 20-50 mkm ga teng qilib olish mumkin.
Xatoliklarni algebraik qo’shganda soz 35-70 mkm ni tashkil эtadi. Bu xatoliklarni kvadrat ildiz usulida qo’shganda va k=1,2 bo’lsa soz 30-65 mkm ni tashkil эtadi. soz katta qiymatlarini odatdagi aniqlikdagi sozlash deb qarash mumkin, kichiklari эsa-yuqori aniqlikdagi sozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |