Eo’ = Eb + Em + Ehx yoki ularning vektorli yo’nalishlari har xil bo’lganda
Eo’ = , (8.6)
bu erda: Eo’ - o’rnatuv xatoligi; Eb - bazalash xatoligi; Em - mahkamlash xatoligi; Ehx - tanavorni moslamadagi holat xatoligi.
Detalni moslamada o’rnatish sxemasi keskich asbobga nisbatan detalning bazalanuvchi yuzalarining holatini aniqlashni ko’zda tutadi. Xususan, 8.1-shaklda detalni o’rnatuv sxemasi ishlanuvchi yuza a-ni moslamaning o’rnatuv elementlaridan X masofada joylashishni ko’zda tutadi. Biroq, ishlanuvchi detal mahkamlanishida ayrim sabablarga ko’ra ko’zda tutilgan o’rnatuv sxemasidan farq qiluvchi holatni egallashi mumkin.
Bu sabablarga quyidagilar kiradi:
1). Ishlanuvchi detallar va moslamalarning bazalashtiriluvchi
yuzalarining shakl noaniqligi;
2). Detallarni va moslamalarni mahkamlashda bazalashtiriluvchi
sirtlarning yuza qatlamlarining deformatsiyalanishi;
3). Mahkamlashda detallarning surilishi (detallarning
bazalashtiriluvchi yuzalarining moslama bazalovchi elementlaridan qochish.)
8.1-rasmda ishlanuvchi tekislik a-holat o’rniga b-holatni egallaydi va tegishli o’rnatuv xatoligi Eo’-ni hosil qiladi.
Turli detallarning moslamada joylashish sharoiti bir xilda эmas, shuning uchun sozlanuvchi o’rnatuv xatoligining qiymati tasodifiy kattalik bo’lib hisoblanadi.
Mahkamlash xatoligi Em, ishlanuvchi detal va moslamaning deformasiyalanishidan hosil bo’ladi, ya’ni ishlanuvchi detalga siquvchi kuchlar quyishimiz natijasida sodir bo’ladi. Shunday qilib, moslamaning bikirligiga, o’lchamlariga, shakl aniqligiga, baza yuzalarining tozaligiga va ishlanuvchi detal bikirligiga hamda siquvchi kuchlar yo’nalishining kattaliklariga bog’liq.
Bazalash xatoligi Eb o’ringa эga bo’ladi, qachonki ishlov berish sxemasida texnologik (o’rnatuv, yo’naltirgich, tayanch) baza konstruktorlik va o’lchov bazalar bilan bir-biriga mos tushmasa (bir yuzada yotmasa).
Bazalash xatoligi deb, tanavorni yoki buyumni bazalashda haqiqiy erishilgan holatini talab etilgan holatidan og’ishiga aytiladi.
Prizmaga tashqi silindrik yuza bilan o’rnatilgandagi bazalash xatoligi silindr diametri dopuskiga, prizma burchagiga va konstruktorlik bazaning holatiga bog’liq. Prizmadagi bazalash xatoligining qiymatini diametrlari Dmax va Dmin bo’lgan ikkita vallarni holatlarini ko’rish orqali topamiz (8.2-rasm).
8.1- shakl. O’rnatuv xatoligining
sxemasi.
|
8.2- shakl. O’rnatuv aniqligiga prizma burchagining ta’siri.
|
AB1=AO1+O1B1=
bu erda: O1C1=O1B1=Dmax/2, shuningdek,
AB1 = .
Shunga o’xshash quyidagini topamiz:
AB2=
Bundan quyidagini topamiz;
Ebn=AB1-AB2=(Dmax-Dmin)*
(Dmax-Dmin)=TD bo’lgani uchun
quyidagi tugallangan ifodaga ega bo’lamiz:
Ebn= TD
Xuddi shunga o’xshash m va h o’lchamlar uchun
;
ifodalarga ega bo’lamiz. Ularning dopusk TD ga ko’paytmalarini:
lar bilan belgilab oxirgi tugallangan formulalarga ega bo’lamiz:
E ; E ; E .
Topilgan Ebn, Ebm, va Ebh qiymatlar detallarni prizmaga silindrik yuzalari bilan o’rnatishdagi bazalash xatoliklari bo’ladi.
К1, К2 va К3 larning son qiymatlari prizmaning bazibir burchaklari uchun
8.1 – jadvalda ko’rsatilgan.
8.1-jadval.
Prizma burchagi =
|
К1
|
К2
|
К3
|
600
900
1200
1800
|
1,5
1,21
1,07
1,0
|
0,5
0,2
0,08
0,0
|
1,0
0,7
0,58
0,5
|
n, m, h o’lchamlari uchun bazalash xatoligini, prizmaning burchagini kattalashtirish hisobiga kamaytirish mumkin. Prizmani holatini o’zgartirish bilan, shuningdek n va h uchun bazalash xatoligini kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |