Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet11/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

Mexanik terib olgichlar ninali barabanlar, barmoqli transportyorlar va boshqa kurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular kam energiya sarflaydi, lekin mevalarni zahalaydi va ko‘plab chiqindilar bilan terib oladi.
Kombinatsiyalashgan terib olgichlar barmoqli baraban hamda havo oqimi yordamida mevalarni terib oladi. Bular nisbatan murakkab bo‘lib, mevalarni kam zahalaydi va chiqindilardan tozalaydi, ammo ko‘p energiya sarflaydi.
37.Yig‘ishtirish mashinalarining turlari, tuzilishi va
ish jarayonlari
Uzoq muddatga saqlanadigan mevalar qo‘lda terib olinadi va maxsus konteynerlarga solinadi. Mevalar bilan to‘ldirilgan konteynerlarni maxsus konteyner tashuvchi tirkamalaryordamida tozalash va saralash punktlariga olib boriladi.
Maxsus tirkamalar turli qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi ko‘rinishdagi: a - past bo‘yli; b- o‘rta bo‘yli va v-baland bo‘yli mevazor bog‘larda ishlatishga mo‘ljallangan.
Bunday tirkamalar (3.1-rasm) ostki 1 va yuqorigi 3 platformalar bilan jihozlangan. Yuqorigi platformani ikkita silindrlar 6 bilan gorizontal holatda ko‘tarish yoki tushirish mumkin. Pastki platformaga gidrotizimli zanjirli konveyer o‘rnatilgan bo‘lib,u platformani uzunligi bo‘yicha ko‘chib yurishini ta’minlaydi.
Yuqori platformaga konteynerlarni yuklash uchun u gidrosilindr yordamida tushiriladi va ortgich 5 bilan beshta konteyner o‘rnatiladi. So‘ngra platforma 3 ko‘tariladi va ostki platformaga oltita konteynerlar joylashtiriladi.
Meva to‘ldirilgan konteynerlar saqlash omborlariga tashiladi va ular teskari tartibda tushirib olinadi hamda bo‘sh konteynerlar qayta joylashtiriladi. So‘ngra ular dalaga olib boriladi va mevazor bog‘lar qatorlari orasiga qo‘yib chiqiladi.
KPU-2 meva yig‘ish mashinasiqator oralari kengligi 6 m gacha va shoxlarining diametri 7 m gacha bo‘lgan bog‘zorlardagi danakli va urug‘li mevalarni yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan.
Mashina chap 4 va o‘ng 2 agregatlardan (3.2 -rasm) tashkil topgan bo‘lib, ular o‘ziyurar shassilarga o‘rnatilgan. Chap agregat 4 markaziy rama, ilgich 3, bo‘ylama 6 va ko‘ndalalang 7 transportyorlar, konteyner uchun maydoncha 5 va tebratgich 8 dan iborat. Tebratgich 8 gidromotor orqali ishga tushiriladi.
O‘ng agregat shassi 2 elastik materialdan yasalgan roliklarda o‘rnatilgan ilgich 1 bo‘lib, uni gidrosilindr yordamida daraxt tanasi tomon surish mumkin. Mashina quyidagicha ishlaydi. Agregatlar chap va o‘ng tarafdan meva daraxtiga yaqinlashib, ilgich 1 va 3 larni bir-biriga yaqinlashtiradi va tebratgich 8 ishga tushirilib daraxt tanasi silkitiladi. Tebranish natijasida uzilgan mevalar ilgichlarga to‘kiladi. So‘ngra ular qiya o‘rnatilgan ko‘ndalang transporter 7 lar orqali bo‘ylama transporter 6 ga uzatiladi.
Bunda to‘kilgan barglar va mayda chiqindilar tebranish hisobiga mevalardan ajraladi va qarama-qarshi tomonga xarakatlanib, pastga – yer yuzasiga to‘kiladi. Bo‘ylama transportyoyer 6 chiqindilardan tozalangan mevalarni konteyner 5 ga uzatadi. VUM-15A rusumli o‘ziyurar shassiga o‘rnatilgan meva yig‘ish mashinasi qator orasi 3-4 m va diametri 3,5 m gacha bo‘lgan olcha, olxo‘ri va olma kabi yarim butali daraxtlarning mevasini yig‘ib olishda foydalaniladi.
Mashinaning asosiy qismlariga tebratgich 2 (3.3-rasm), transportyor 3, osma 4 va ko‘chirma 1 brizentdan yasalgan ilgichlar, ventilyator va transportyorga xarakat uzatish mexanizmi kiradi.
Mevalarni yig‘ish uchun agregat qator orasida yurib daraxtning tanasiga tebratgichning qisqichi to‘g‘ri kelguncha =arakatlanadi. So‘ngra gidrosilindr yordamida transporter 3 daraxt tanasigacha suriladi. Shu bilan birga osma ilgich 4 ish holatiga qo‘yiladi. Yordamchi ishchilar qo‘shimcha ilgich 1 ni daraxtning yoniga o‘rnatadi. Natijada daraxt atrofida bir tekis qabul qilish yuzasi tashkil etiladi. Vibrator 2 ishga tushiriladi va daraxt tanasiga amplitudasi 24 mm bo‘lgan va minutiga 1200 tebranish beriladi. Uzilgan mevalar ilgichlarga tushib yig‘iladi va transporter 3 ga tushib konteyner 7 ga uzatiladi. Mevalar konteynerga tushish paytida ventilyator 8 hosil qilgan havo oqimi yordamida yengil chiqindilardan tozalanadi. Konteyner mevalarga to‘lgach shassining yuklash joyiga qo‘yiladi. Uzum yig‘ich kombayni qator orasi 2-4 m, qiyaligi 5 gradusgacha bo‘lgan maydonlardagi texnik navli uzumlarni silkitish usulida ishlov berish orqali yig‘ib olishga mo‘ljallangan. Kombayn (3.4 -rasm) quyidagicha ishlaydi. U yuqori klirensli shassiga o‘rnatilgan bo‘lib, o‘ng 11 va chap 4 silkitgichlar, o‘ng 9 va chap ilgichlar, qiya transporterlar 6 va 8, ikkita ventilyator 5 va gidrotizimdan iborat. Mashina harakatlanganda sterjen 3 va 12 lar uzum poyalariga ikki tomonidan uriladi va uning donalari urib tushiriladi, so‘ngra transportyorlar 6 va 8 orqali bunkerlar 7 ga uzatiladi. Ventilyator 5 hosil qilingan havo oqimi uzum barglari va yengil chiqindilarni uchirib, ishchi kameradan tashqariga chiqarib yuboradi.
38. Kartoshka hosilini yig‘ishtirish texnologiyasi, usullari va

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish