Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet9/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

Seyalkalarning tasniflanishi. Ekish usuliga qarab – qatorlab, kvadrat-uyalab, uyalab, donalab, yoppasiga sochib ekadigan; ishni bajarishiga qarab – universal, maxsus va kombinasiyalashgan; traktorga ulanishiga qarab – tirkama, osma va yarim osma turlarga bo‘linadi.
Universal seyalkalar bir paytda bir necha ekinlar urug‘ini ekishga mo‘ljallangan, masalan, don va beda urug‘ini ekadigan seyalkalar kiradi.
Maxsus seyalkalar faqat bir xil ekin urug‘ini, masalan, paxta, lavlagi, makkajo‘xori, sabzavotlar urug‘ini ekishga mo‘ljallangan Kombinatsiyalashgan seyalkalar bir paytda ekinlar urug‘ini ekish va mineral o‘g‘itlar solish ishlarini bajaradi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini ekishda quyidagi: tukli chigit ekishda STX-4, SChX-4, SXU-4, SMX-4 va tuksiz chigitlarni ekishda pnevmatik Keys-1200, don ekishda SZ-3,6, SZN-3,6 va DEM – 3,6, kartoshka
ekishda SN-4B, sabzavotlar urig‘ini ekishda SO-4,2, SO-5,4 va SUPO-6rusumli seyalkalardan foydalaniladi.
Seyalkalarni ishga tayyorlashda ularning asosiy ishchi qismlarini: ekkichlar ekish chuqurligiga, ekish apparatlari ekish me’yoriga, iz ko‘rsatgichlar ish kengligiga va seyalkaning o‘zi yerga nisbatan bo‘ylama va ko‘ndalang tekislikda paralleligiga rostlanishi kerak
35 Ko‘chat o‘tqazish mashinalarining tuzilishi va
ish jarayoni
Intensiv bog‘larnitashkil etishda (qatorlardagi ko‘chatlar orasidagi masofa 1 m) maxsus ko‘chat ekish mashinasidan foydalaniladi.
Mashina (2.15-rasm) ko‘chat ekiladigan chuqur jo‘yak arig‘ini ochib, u yerga tushirilgan ko‘chatni tuproq bilan ko‘mib, zichlaydi. Kerak bo‘lsa yerni o‘g‘itlab, keyinchalik sug‘orish uchun sayoz jo‘yak ochib ketishi mumkin.
Ko‘chat o‘tqazish apparati 3 yerga 50 sm gacha botirilib yuritiladi. Natijada, u yerni tilib, yon devorlari bilan tuproqni ikki chetga surib, deyarli keng chuqur joyni (40 sm gacha) hosil qiladi. O‘rindiq 11 da o‘tirgan ishchi bunker 9 ga to‘plab qo‘yilgan ko‘chatni olib, yurib ketayotgan mashina belgilangan joyga yetib kelganida, chuqurning tubiga solib, uni qisqa vaqt ushlab turadi.Ko‘chat o‘tqazish apparati yon devorlarining oxiri engashtirilgan shaklda bo‘lganligi sababli, oldin pastki nam tuproq ko‘chat ildizi ustiga to‘kilib tushadi va ko‘ma boshlaydi. Qisman ko‘milgan ildiz ustidagi tuproqqa, lozim bo‘lsa, mineral o‘g‘it solinishi mumkin.
Mineral o‘g‘itni chuqurga solish quydagicha bajariladi. O‘g‘it­lash apparatining idishi 4 dan uzluksiz o‘g‘itni ajratib turish uchun, to‘g‘iniga tishlar o‘rnatilgan g‘ildirak 2 xizmat qiladi.
Aylanib yurayotgan g‘ildirakning harakati zanjirli uzatma 5 orqali o‘g‘it miqdorlagichning yuritmasi 6 ga uzatiladi. Miqdorlangan o‘g‘it maxsus o‘g‘it o‘tqazgich orqali yerga tushadi.

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish