Ag‘darg‘ichli kovlagichlar (3.6a -rasm) tuganakli qatorlarni ochadi va tuproq qatlamini buzadi. Ag‘dargichning asosiy ishchi qismlari - lemex yoki korpus 1 hisoblanadi. Bunday kovlagichlar kichik maydonlar va sernam tuproqlarda ishlatiladi.Irg‘ituvchi kovlagichlar (3.6b-rasm) tuganakli tuproqni tog‘orasimon lemex 2 bilan kovlaydi va uni aylanuvchan g‘alvirli rotorga 3 uzatadi. Rotor 3 qatlamni maydalaydi, tuproqni elaydi va tuganaklarni yer yuzasi tomon irg‘itadi.
Elagichli kovlagichlar(3.7 -rasm) tuganakli qatlamni kovlaydi, poyalarni ajratadi, tuproqni tebranuvchi-silkituvchi ishchi qismlar bilan elaydi. Elagich 4 va silkitgichlar 5 orqali tuganaklar elanib dala yuzasiga tashlab ketiladi..
Kartoshka yig‘gich kombaynlari kartoshkali qatorlarni kovlaydi, tuganaklarni tuproq va chiqindilardan ajratadi, kesaklarni maydalaydi, tuganaklarni poyasidan, begona o‘t qoldiqlari, toshlardan va kesaklardan ajratadi, tuganaklarni bunkerga yig‘adi yoki transport vositasiga yuklaydi.
Kombaynlar quyidagi agrotexnik talablarga javob berishi kerak: tuganaklar isrofgarchiligi ko‘pi bilan 5%, yig‘ilgan kartoshkaning tozaligi kamida 80%, tuganaklarni zahalanishi yer yuzasidan terishda ko‘pi bilan 5% va kovlashda 10% oshmasligi kerak.
Kartoshka yetishtiriladigan mintaqalarning tuproq-iqlim sharoiti, dalaning o‘lchami va shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda turli kombaynlardan foydalaniladi.
Kombaynlar bir-to‘rt qatorli, tirkama, yarim tirkami va o‘ziyurar turlarga bo‘lingan bo‘lib, yarim tirkama turi ko‘p tarqalgan.
Yarim tirkama kombaynning (3.8 -rasm) ish jarayoni quyidagidan iborat. Kombayn ishlaganda lemex 15, disklar 2 va shneklar 3 tuganakli qatlamni kovlaydi, yumshatadi va prutokli elevator 4 ga uzatadi, bu jarayonda tuproq va o‘simliklarning mayda chiqindilari elanadi.
Shneklar 5 va 6 saralash jarayonini tezlashtiradi, shu bilan birga ular aralashmani kasak ajratgichli elevator tomon suradi. Tuganakli aralashma elevatordan transportyor 7 tushadi va poya va barglardan ajratiladi.
Elevator 8, transportyor 12 va 14 larda tuganaklar tosh va chiqindilardan tozalanadi va chiqindilar esa shnek 11 orqali dalaga sochib ketiladi. Tozalangan tuganaklar qoshiqli 14 va yuklovchi 10 transportyorlar yordamida bunker 8 ga uzatiladi.
Kartoshkalarni yig‘ishtirib olishda rotorli (KTN-1A), elevatorli (KST-1,4 va KTN-2V) va o‘ziyurar KSK-4-1 kartoshka kovlagichlar hamda KKU-2A va KPK-3 kombaynlaridan foydalaniladi.
40. SABZAVODLARNI Yig’ish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayoni
Bir paytda yetilmaydigan sabzavotlarni terib olish uchun qo’llaniladigan agregat (3.9 -rasm) quyidagi qismlardan: ikki o’qli tirkamaga platform 6, o’tirg’ichlar 1 va ko’taruvchi transportyor 4 bilan jihozlangan ko’ndalang transportyor 3, yashik bilan ta’minlagich 7 ва yashik 5 dan iborat.
Ko’taruvchi va ko’ndalang transportyorlarni ish holatidan transport holatiga yoki aksinch holatga gidrosilindrlar yordamida ko’tarib-tushiriladi. Ish boshlanishidan oldin traktor va tirkamaning g’ildiraklari ekinlar qator orasiga mos holda rostlanadi, platformaga yshiklar joylanadi, terimchilar ish joyidagi o’tirg’ichlarga joylashadi.Аgregat past tezlikda harakat qiladi. Теrimchilar pishgan sabzavotlarni terib xaltalarga soladi. Хаltalar to’lgach yig’uvchi yashik 2 ga to’kiladi, so’ngra yashik (bunker) dagi sabzavotlar ko’ndalang transportyor 3 ga ag’darilib u bilan ko’taruvchi transportyor 4 ga yetkaziladi. Кo’taruvchi transportyor 4 o’z navbatida sabzavotlarni yashik 5 ga joylaydi. To’lgan yashiklar tirkama kuzoviga joylashtiriladi va dalaning oxirida yashiklar yerga tushirib taxlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |