170
erga sochib yoki uyumlab ketish ishlari bitta agregat (g‘alla kombayni) bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladi
60-rasm. G‘allani bir fazali usulda yig‘ishtirib olish jarayoni
Ikki fazali usulda
(62-rasm) g‘alla doni
dumbul pishib etilganda
(pishishdan 5-10 kun oldin) uni o‘rgich-uyumlagichlar bilan o‘riladi va dala
sharoitda quritiladi, qurigan uyumlar maxsus yig‘ishtirgich bilan jihozlangan
kombaynlar yordamida yig‘ishtirib olinadi, yanchiladi,
don va somoni ajratib
olinadi.
G‘allani o‘rish va uyumlab ketish
G‘alla uyumini yig‘ib olish va yanchish
62- rasm. G‘allani ikki fazali usulda yig‘ishtirib olish jarayoni
Uch fazali o‘rib-yig‘ib olish usulida
g‘allaning butun biologik massasi
o‘rib-yig‘ib olinadi va uni xirmonga tashiladi va sun’iy ravishda quritiladi, so‘ngra
171
muqim holatda yanchilib, doni va somoni alohida ajratib olinadi va
omborlarga
joylashtirishladi.
Respublikamizning turoq-iqlim sharoiti etishtirilgan boshoqli don hosilini
qisqa muddatlarda g‘alla kombaynlari bilan
bir fazali usulda
, ya’ni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yig‘ishtirib olish imkonini beradi.
G‘alla o‘rimiga kirishishdan oldin maydonlarni o‘rim-yig‘imga
sifatli
tayyorlash zarur. Dalalar begona o‘tlar, ayniqsa, g‘alla poyalariga o‘ralib o‘suvchi
va yo‘g‘on poyali begona o‘simliklardan tozalanishi, bir yillik va ko‘p yillik
begona o‘tlarga qarshi mavjud gerbitsidlar bilan oldindan ishlov berilishi lozim.
O‘rim-yig‘imni boshlashga 2...3 kun qolganda kombayn jatkasining qirqish
apparatiga tushishi qiyin bo‘lgan karta chetlarida joylashgan xosil qo‘lda o‘rilib
yonidagi tik turgan poyalarga suyab ketiladi. Dala boshidan, o‘rtasidan va oxiridan
o‘tgan o‘q ariqlar tekislanadi, dalaga kiradigan yo‘llar tayyorlanadi.
Daladagi hosilning 95 foizi to‘liq pishib etilganda va donning namligi
18...20 foiz bo‘lganda kombaynlar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishtirib olishga
kirishiladi.
Agrotexnik talablar:
Kombayn jatkasidagi
don nobudgarchiligi, ko‘pi bilan
0,5%, kombayn orqasidagi erga to‘kilgan don miqdori, ko‘pi bilan1,5%,
bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi,ko‘pi bilan 2%, bunkerdagi donning
tozaligi, eng kamida 95% ni tashkil etishi kerak.
G‘alla kombaynlari bilan birga don tozalash mashinalari,
texnik xizmat
ko‘rsatadigan va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari, transport mashinalarni yonilg‘i
va moylash materiallari bilan ta’minlaydigan vositalar tayyor turishi, shuningdek,
o‘rim-yig‘im davrida ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va issiq ovqat
bilan ta’minlash ishlari tashkillashtirilgan bo‘lishi shart.
Respublikamizda g‘alla hosilini yig‘ishtirib olishda jahonning etakchi
“Keys” va “Klass” firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli
kombaynlaridan foydalanilmoqda (rasm).
“Keys” firmasining aksial rotorli yanchish
qurilmasi bilan jihozlangan
kombaynlari begona o‘simliklardan, ayniqsa, g‘alla poyalariga o‘ralib o‘suvchi
172
(pechak) va yo‘g‘on poyali (qamish, g‘umay, ko‘k sho‘ra) kabi bir va ko‘p yillik
begona o‘tlardan tozalangan maydonlarda, “Klaas” firmasining barabanli yanchish
qurilmali kombaynlari esa turli darajada o‘t bosgan maydonlardagi g‘allani o‘rib
olishda yuqori samaradorlik bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Kombaynning ish tezligi o‘rib olinayotgan g‘allaning hosildorligi va uning
yotib qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda
boshqa omillarga qarab
tanlanadi. Dala o‘t bosmagan, hosildorlik 40-50 s/ga va poyalar yotib qolmagan
tekis dalalarda 4,6-5 km/soat ish tezligi “Klaas-Dominator-130” kombaynlari
uchun ham maqbul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: