163
ajratib olish kamerasiga kiradi. Bu erda shpindellar teskarisiga aylantiriladi va
ulardagi paxtalar ajratgichlar yordamida shpindeldan ajratib olinib, so‘ngra ular
qabul kamerasiga uzatiladi. Qabul kamerasiga tushgan paxtalar ventilyator 5
yordamida hosil qilingan havo oqimi bilan birga bunker 4 ga uzatiladi. Bunker
to‘lgach yig‘ilgan paxta transport vositalariga yuklanadi.
1- traktor; 2-rama; 3-terish apparati; 4-bunker; 5-ventilyator; 6-havo quvuri.
57-rasm. Mashinaning umumiy tuzilishi
Paxta terish mashinalari yuqori unum bilan ishlashi va paxtani erga to‘kib
yubormasligi uchun ularning har biri ishlab
chiqargan korxona tomonidan
tayyorlangan qo‘llanmaga ko‘ra ma’lum tartib va qoidalar asosida sozlanishi
lozim.
Tik shpindelli paxta terish mashinasini sozlashda quyidagilarga: terim
apparatini mashinaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan joylashishi, shpindellarni
shaxmatsimon o‘rnatilishi, paxtani shpindellardan to‘la
ajratib olish va ular
yuzasini yaxshi tozalash uchun ajratgichlar, texnologik qaytargichlar va apparat
164
eshikchalarini to‘g‘ri rostlanganligi, terim apparatlarining ish tirqishlarini to‘g‘ri
tanlash va o‘rnatish ishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Paxta hosilini mashinalarda terishda ularni ishga tushirishdan oldin barcha
qism va mexanizmlarini obdon ko‘zdan kechirish hamda
ularga kundalik texnik
xizmatni ko‘rsatish lozim.
Mashinani g‘o‘za qator orasiga kiritib sinab ko‘rish, ish sifatini ko‘z bilan
baholash, kerak bo‘lsa ishchi qismlardagi texnologik tirqishlarni tekshirish va
sozlash talab etiladi. Bunda asosiy e’tiborni terish apparatininger yuzasiga nisbatan
avtomatik ko‘tarib-tushirgichni to‘g‘ri sozlanganligiga va pastdagi chanoqlarda
paxta bo‘laklarini qolmasligiga qaratish zarur.
Respublikamizning shimoliy hududlarida paxta hosilini tik shpindelli
mashinalar bilan ikki marta terib olish tavsiya etiladi. Ko‘saklar 75...80 foiz
ochilganda
birinchi terim, 12-14 kun keyin qo‘shimcha 15-20 foiz ko‘saklar
ochilganda ikkinchi terim o‘tkaziladi.
Janubiy hududlarda paxta terimi ko‘saklar ochilishi 85...90 foiz bo‘lganda
boshlanib, paxta hosili bir marta terib olinadi. Bunday texnologiyalar noqulay ob-
havo boshlangunga qadar mashinalarda yuqori sifatli paxta terib olish imkonini
beradi.
Har ikkala holda ham terim to‘liqligi 90...95 foiz bo‘lishi, hosildorlik
o‘rtacha 30 s/ga bo‘lganda paxtaning erga to‘kilishi har bir metrda 15...20
grammdan oshmasligi kerak. Hosilning qolgan qismi paxta terilgandan 8...10 kun
o‘tgach mavjud mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida terib olinishi mumkin.
Bunda qolgan hosilni yig‘ib olish usulini tanlash fermer xo‘jaligining mazkur
yildagi iqtisodiy samarasi va texnik imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Terim paytida mashinalar harakati doimo chap tomonga buriladigan va o‘ng
g‘ildiragi paxtasi terib olingan qator orasidan yuradigan sxemada tashkil qilinadi.
YOndosh qatorlarni tutashtirib turgan ikki qatordagi paxtani bir yo‘la terib
olishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidaga rioya qilinmasa g‘o‘za tuplari
shikastlanadi va paxta ko‘plab erga to‘kiladi.
165
Paxta terish mashinalari va transport vositalarining soni o‘zaro
shunday
me’yorlanishi kerakki, bunda yig‘im-terim va paxtani tayyorlov punktlariga
topshirishning uzluksiz jarayoniga putur etkazmaslik kerak. Paxta terish
mashinalarining har guruhi uchun tirkamalar shunday miqdorda tanlanishi kerakka,
bunda paxta yuklangan tirkamalarni tayyorlov punktiga olib borib qaytib
kelguncha, daladagi tirkamalar soni mashinalar tergan
paxtani yuklash uchun
etarli bo‘lishi zarur.
Bu maqsadda:
- har bir paxta terish mashinasiga kamida 4 ta tirkama biriktirib qo‘yilishi
shart;
- tirkamalar soni har doim juft bo‘lishi kerak, zero tirkamalar soni toq
bo‘lganda yuk tashish jarayoni buziladi.
Vaqti-vaqti bilan (har kuni yoki kun ora) mashinaning ish sifati nazorat
qilinadi. Buning uchun bir necha (4-5) qatorda tasodifiy tartibda 3 m uzunlikdagi
5-6 ta bo‘laklar tanlanadi va erga to‘kilgan paxta terib olinadi. Bu paxtaning
massasi hosildorlikka qarab har bir metrda 15-30 grammdan oshmasligi lozim.
SHpindellarning ishchi yuzalari holati doimiy ravishda kuzatib boriladi,
ularga paxta o‘ralib qolishiga yo‘l quyilmaydi. G‘o‘za bargi yaxshi to‘kilmagan va
suvli begona o‘tlar bo‘lgan dalalarda shpindellarga ko‘p paxta o‘ralib qoladi.
Bunday dalalarda shpindellar va ularni namlantiruvchi
shchetkalarni tez-tez
tozalab turish kerak bo‘ladi. Mashinalarga samarali servis ko‘rsatish uchun ularni
guruhlarga jamlab, bir massivda kamida ikkitadan ishlatgan ma’qul. Hosilning
qoldiq qismi paxta terilganidan 8-10 kun o‘tgach mavjud mashinalar yoki qo‘l
kuchi yordamida terib olinishi mumkin (bu xo‘jalikning mazkur yildagi iqtisodiy
samarasi va texnik imkoniyati bilan belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: