22-§. Meva va sabzavotlarni yig‘ishtirib olishning
innovatsion texnologiyalari
22.1-§. Meva va sabzavotlarni yig‘ishtirib olishning o‘ziga xos
xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali
foydalanish
Meva
va
uzum
hosilini
yig‘ib olishda qo‘llaniladigan asosiy
mexanizatsiyalash asosiga mevali daraxtlarni tebratish hisobiga uning shohida
osilib turgan mevalarga rezonans xodisasini qo‘llagan holda yig‘ishtirib olishdan
iborat.
64-rasm. Olma va uzum hosili
Hozirgi paytda meva va uzumlarni yig‘ib-terib olish ishlari quyidagi
mexanizatsiyalash usullaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
1-boshlang‘ich mexanizatsiyalash. Bunda yordamchi texnik vositalardan,
ya’ni shoti, maxsus sumkalar va boshqalardan foydalanib qo‘lda terish.
Tayanch iboralar:
meva, uzum va sabzavotlarni yig’ishtirish
usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi,
mashinaning ishchi qismlari, innovatsion texnologiyalar.
177
2-yarim mexanizatsiyalash. Turli agregat, platformalardan foydalanib
qo‘lda terish.
3-to‘liq mexanizatsiyalash. Meva terish mashina va kombaynlari yordamida
terib olish.
Meva va uzumlar hosilini yig‘ishtirib olish, ulardan foydalanish sharoitiga
qarab ikki usulda:
1) uzoq muddatga saqlanadigan mevalar asosan qo‘lda maxsus jihozlar yoki
meva yig‘adigan platformalardan foydalanilgan holda;
2) texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan
mevalar esa maxsus mashina va kombaynlar bilan yig‘ib olinadi.
Uzoq muddatga saqlanadigan mevalar maxsus platformalar yordamida
qo‘lda terib olinadi va konteynerlarga solinadi. Mevalar bilan to‘ldirilgan
konteynerlar transport vositalari yordamida tozalash va saralash punktlariga olib
boriladi.
Maxsus platformalar
turli qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, qator qilib
ekilgan past, o‘rta va baland bo‘yli mevazor bog‘larda ishlatishga mo‘ljallangan.
Bunday platformalar (3.6-rasm) ishchilar turadigan maxsus joylar va
mevalar solinadigan yashiklar turadigan platformalar bilan jihozlangan. Maxsus
joylar ikkita silindrlar bilan gorizontal holatda ko‘tarish yoki tushirish mumkin.
Platformaga gidrotizimli zanjirli konveyer o‘rnatilgan.
Meva to‘ldirilgan konteynerlar saqlash omborlariga tashiladi va tushirib
olinadi. Bo‘shagan konteynerlar qayta joylashtiriladi. So‘ngra ular dalaga olib
boriladi va mevazor bog‘lar qatorlari orasiga qo‘yib chiqiladi.
Texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan
mevalar
esa maxsus yig‘ish kombaynlari bilan yig‘ib olinadi.
To‘liq mexanizatsiyalash vositalari mevalarni terib olish usullariga qarab
ikki turga bo‘linadi: erga to‘kilgan va daraxt shoxidagi mevalarni yig‘ishtirib olish
usullaridan iborat.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |