Mashg‘ultoning maqsadi: Halqa toplogiyasi tuzilishi va tahlili Topologiya tushunchasining ko



Download 22,44 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2023
Hajmi22,44 Kb.
#917266
1   2
jismoniy topologiya - ya’ni kompyuterlarni o‘zaro joylashishi va kabellarni o‘tkazish sxemasi. Bu ma’noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko‘p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi;

  • mantiqiy topologiya - ya’ni kompyuterlar o‘zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilari. Bunday ta’rif topologiyaning ancha to‘g‘ri ta’rifidir;

  • axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi - bu alohida kompyuterlar o‘rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari;

  • axborot topologiyasi - bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo‘nalishidir.

    «Halqa» topologiyasi
    «Halqa» topologiyasi - bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mayjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
    Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to‘liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo‘ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo‘ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
    «Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko‘p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko‘p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo‘q («Shina» topologiyasida mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo‘q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
    Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o‘tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri), butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa yo‘llari o‘tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo‘ljallanadi.
    «Halqa» topologiyasining yirik yutug‘i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida bir necha o‘n kilometrgacha). Bu ma’noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
    «Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o‘tkazihshini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba’zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
    Xulosa
    „Halqa“ topologiyasiga ega boʻlgan tarmoqda barcha tugunlar aloqa kanallari orqali ma’lumotlar uzatiladigan ajralmas halqa (zanjir)ga ulanadi. Bir shaxsiy kompyuterning chiqishi boshqa shaxsiy kompyuterning kirishiga ulanadi. Bir nuqtadan boshlangan ma’lumotlar harakati oxir-oqibat uning boshiga tutashadi. Halqadagi ma’lumotlar har doim bir xil yoʻnalishda harakatlanadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.
    I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
    A.A. Abduqodirov, A.G‘. Hayitov, R.R. Shodiyev «Axborot texnologiyalari» T-2003.
    B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.
    Download 22,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish